Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Eng yaxshisi chorani oʻsha yerdan izlash kerak hozir bu yerda unday bunday demasdan oddiy aholi orasiga kirib muammolarni tahlil qilib eng maqbulini tanlash kerak nazarimda!
Qosimov Ilyos
Asalomualeykum bu qilayotgan ishlaringizni albatta olloh tomonidan savobi ulkan rahmat barchangizga.Endi pulni taqsimlashga keladigan bòlsangiz men beradigan taklif shundan iboratki shu hudud aholisi umumiy foydalanadigan biror mayshiy xizmat kòrsatish obekti qurib berish. Ilyos Qosimov
Muzaffar
Manimcha quyi qatlamni aniqlab ularni er soliğinimi,elektordan qarzdorliginimi tulab berish kerak
Gulrux
assalomu aleykum meni fikrim hamma uchun birdek yordam berish kerak hamma jabrlandiku nega davom ettirsangiz bumaydimi aksiyani
Assalomu alaykum. Boquvchisini yo‘qtgan oilalarga. Beva ayollarga va yetim bollarga berilsa maqsadga moviq bo‘ladi
Shahriyor Isoqov
203 миллион пулни контракат ёки касалликни даволаш учун урвоқ хам бўлмайди.
Assalomu alaykum .Mani fikrimcha Sardobadagi aholi bilan suhbatlashib ko'rish kerak.Chunki ular bu voqealarni hammasini o'z ko'zlari bilan ko'rgan va ayni paytda ularga nima zarurligini faqat o'zlarigina bilishadi.
€ $
Salom. Suv toshqinida mani fikrimcha birinchi urinda uy va sim yogochlar ustunlar zara kuradi. U pul uy qurushga etmaydi, demak sim yogochlarni yangilashga etsa kerak. Hech bulmasa shu muommani usha pullar 70% hal qilishga etsa kk. Hushnud aka yana bir goya bor edi pandimiya orqali chiqqan muammo yani iqtisodni tiklash buyicha taklif bor edi. Halq ham davlat ham yakka va kichik tadbirkorlarga ham foydali. 906080800
Akobir Shamsiyev
Энг муҳтож оилаларнинг талаба йигит-қизларига контракт пулини тӯлаб берилса ҳам тӯғри бӯлади. Ҳам кӯмак ҳам келажак ёшлари учун инвестиция...
ASSALOMU ALAYKUM AGAR ILOJI BO'LSA XUSHNUDBEK AKA SIZ BILAN YUZMA YUZ GAPLASHSAK BO'LADIMI AGAR IMKONI BOLSA VAQT AJRATA OLSANGIZ MENI TELEGRAMIMGA YOZSANGIZ JUDA YAXSHI BOLARDI. MEN SIRDARYO VILOYATIDANMAN VAZIYATNI JUDA YAXSHI BILAN KERAGIDAN ORTIG'I BILAN ILTIMOS SIZDAN
🧚‍♂️🌷🌷🌷🌷🧚‍♂️
Assalomu alaykum mening fikrimcha kam taminlangan oilalarga chorvachilik bilanmi dehqonchilik bilanmi shug'ullanishi uchun moddiy ko'mak berish kerak.
Muzaffar
Ishlab chiqarishni yaratish uchun u summa yetmaydi hammaga bôlib bersaham hechnarsadan tegmaydi pul eng maquli menimcha axvoli og’ir bôgan oilaga 3 kishiga uy qurub berish kerak
Sumayya
Assalomu aleykum yuqoridagi fikrlarni hammasi to'g'ri,hammasiga qo'shilaman biroq bu yig'ilgan mablag' hamma jabrlangan oilalar uchun bu boquvchisini yo'qotgan i kontrakt maktab bog'cha o'z yo'lida jonlari sog' bo'lsa topiladi eng birinchi sog'liqlarini bersin o'sha fojia bo'lmasidan oldingi hayotlarini tiklab oldimi? Hozi kimdir ishsiz kimdir ishleydi,hammaga teng taqsimlanishi kerak uyiga 2ta non bo'lsa hammaga birdik berilishi kerak.Mehr ulashish kerak ko'nglini yorug' qilib hammasi un ehson qilingan bu narsa belgilangan cheklangan insonlar uchun emas xato noo'rin fikrlagan bo'lsam uzur...mening fikrim.
BibiSoliha MukhammadAmin Oyishabegim
Assalomu aleykum. Alloh boshlagan ishizni hayrli qilsin. Judayaam katta savob iw qibsiz. Mani uylashimcha uwa yerni aholisini hammasi foydalanishi mumkin bulgan biror bir iwga sarflasez yanada yahwi bulardi hamma birdek foydalanardi
O'sha hududda nechta maktab bolsa, maktablarga teng taqsimlagan holda, biror kerakli zamonaviy jihozlar olib bersa yaxshi bo'lardi, agarda maktab ma'sullari yo'q qilib yuborishmasa...
Yaxshi varinati
Maktab bog'chalarni tiklashga ishlatizlar!!!
Bozorlarni qayta tiklatizlar
Abbosbek Azamov
Assalomu alaykum Xushnudbek ota onadan yerim qolganlar bo‘lsa ushlarga berish kk yoki ota yoke onasi yo‘q kantraktda o‘qiydigan ahvoli og‘irroq talabalarni o‘qish pulini to‘lash kk.
Salom hammaga hayrli ish yaxshi fikri ojizimcha bu pulni roppa rosa 10nafar yosh va dunyoqarashi teran yigit qizlarga bo'lib berish lozim bunda nima kelib chiqadi ularga bir biznes boshlang va qolganlarni ishga olib keyinchalik davlatdan kredit olish orqali yanayam ishini kengaytirish kerak. Hamma joyda ham 10nafar biznesga tashna yigit qizlarni topish qiyin emas kupchilikka bumaydi lekin ular agar epplay olishsa kupchilikni boqa olishi mumkin demoqchiman balkiiii
Viu Viu
Necha puldan to'g'ri kelgan taqdirda ham hammaga barobar berilishi kerak
Shulardan bitasi uzim xechnarsa tegmadi mayli bunday oilalar qancha qolgan oilalar uyxam 40 milyonxam olishgan bular imkonibulmagankiy qurishga
Show next 100 comments