Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum .Mani fikrimcha Sardobadagi aholi bilan suhbatlashib ko'rish kerak.Chunki ular bu voqealarni hammasini o'z ko'zlari bilan ko'rgan va ayni paytda ularga nima zarurligini faqat o'zlarigina bilishadi.
€ $
Salom. Suv toshqinida mani fikrimcha birinchi urinda uy va sim yogochlar ustunlar zara kuradi. U pul uy qurushga etmaydi, demak sim yogochlarni yangilashga etsa kerak. Hech bulmasa shu muommani usha pullar 70% hal qilishga etsa kk. Hushnud aka yana bir goya bor edi pandimiya orqali chiqqan muammo yani iqtisodni tiklash buyicha taklif bor edi. Halq ham davlat ham yakka va kichik tadbirkorlarga ham foydali. 906080800
Akobir Shamsiyev
Энг муҳтож оилаларнинг талаба йигит-қизларига контракт пулини тӯлаб берилса ҳам тӯғри бӯлади. Ҳам кӯмак ҳам келажак ёшлари учун инвестиция...
ASSALOMU ALAYKUM AGAR ILOJI BO'LSA XUSHNUDBEK AKA SIZ BILAN YUZMA YUZ GAPLASHSAK BO'LADIMI AGAR IMKONI BOLSA VAQT AJRATA OLSANGIZ MENI TELEGRAMIMGA YOZSANGIZ JUDA YAXSHI BOLARDI. MEN SIRDARYO VILOYATIDANMAN VAZIYATNI JUDA YAXSHI BILAN KERAGIDAN ORTIG'I BILAN ILTIMOS SIZDAN
🧚‍♂️🌷🌷🌷🌷🧚‍♂️
Assalomu alaykum mening fikrimcha kam taminlangan oilalarga chorvachilik bilanmi dehqonchilik bilanmi shug'ullanishi uchun moddiy ko'mak berish kerak.
Muzaffar
Ishlab chiqarishni yaratish uchun u summa yetmaydi hammaga bôlib bersaham hechnarsadan tegmaydi pul eng maquli menimcha axvoli og’ir bôgan oilaga 3 kishiga uy qurub berish kerak
Sumayya
Assalomu aleykum yuqoridagi fikrlarni hammasi to'g'ri,hammasiga qo'shilaman biroq bu yig'ilgan mablag' hamma jabrlangan oilalar uchun bu boquvchisini yo'qotgan i kontrakt maktab bog'cha o'z yo'lida jonlari sog' bo'lsa topiladi eng birinchi sog'liqlarini bersin o'sha fojia bo'lmasidan oldingi hayotlarini tiklab oldimi? Hozi kimdir ishsiz kimdir ishleydi,hammaga teng taqsimlanishi kerak uyiga 2ta non bo'lsa hammaga birdik berilishi kerak.Mehr ulashish kerak ko'nglini yorug' qilib hammasi un ehson qilingan bu narsa belgilangan cheklangan insonlar uchun emas xato noo'rin fikrlagan bo'lsam uzur...mening fikrim.
BibiSoliha MukhammadAmin Oyishabegim
Assalomu aleykum. Alloh boshlagan ishizni hayrli qilsin. Judayaam katta savob iw qibsiz. Mani uylashimcha uwa yerni aholisini hammasi foydalanishi mumkin bulgan biror bir iwga sarflasez yanada yahwi bulardi hamma birdek foydalanardi
O'sha hududda nechta maktab bolsa, maktablarga teng taqsimlagan holda, biror kerakli zamonaviy jihozlar olib bersa yaxshi bo'lardi, agarda maktab ma'sullari yo'q qilib yuborishmasa...
Yaxshi varinati
Maktab bog'chalarni tiklashga ishlatizlar!!!
Bozorlarni qayta tiklatizlar
Abbosbek Azamov
Assalomu alaykum Xushnudbek ota onadan yerim qolganlar bo‘lsa ushlarga berish kk yoki ota yoke onasi yo‘q kantraktda o‘qiydigan ahvoli og‘irroq talabalarni o‘qish pulini to‘lash kk.
Salom hammaga hayrli ish yaxshi fikri ojizimcha bu pulni roppa rosa 10nafar yosh va dunyoqarashi teran yigit qizlarga bo'lib berish lozim bunda nima kelib chiqadi ularga bir biznes boshlang va qolganlarni ishga olib keyinchalik davlatdan kredit olish orqali yanayam ishini kengaytirish kerak. Hamma joyda ham 10nafar biznesga tashna yigit qizlarni topish qiyin emas kupchilikka bumaydi lekin ular agar epplay olishsa kupchilikni boqa olishi mumkin demoqchiman balkiiii
Viu Viu
Necha puldan to'g'ri kelgan taqdirda ham hammaga barobar berilishi kerak
Shulardan bitasi uzim xechnarsa tegmadi mayli bunday oilalar qancha qolgan oilalar uyxam 40 milyonxam olishgan bular imkonibulmagankiy qurishga
Biror maktab yoki bog'chani tamirlashga ishlating
Biz ham maktablar ga mazkur pullarni maqsadli yo'naltirishga qo'shilamiz
Salohiddin Kurbonov
203 млн сўм яхшигина маблағ, аммо бирон бир каттароқ иш қилишга озлик қилади. Ювилган йўллар, кўприклар, аҳоли уй-жойлари, боғча, мактаб ва поликлиникалар қуриш ишлари олиб борилмоқда. Шу сабабли, ушбу маблағларни Миллий гвардиянинг ҳалок бўлган ходимларига бериш мақсадга мувофиқ деб ҳисоблайман. Яна бир таклиф: сув босган ҳудудлардан бирида масжидни таъмирлаб берсангиз ҳам бўлади. Қишлоқлар сув остидалик пайти илк сув босган қишлоқлардан "Қўрғонтепа" ҚФЙ нинг маҳаллий аҳоли билан гаплашганимда "фақатгина Аллоҳ бизни жонимизни асраб қолди. Агар ярим кечаси очилиб кетганда биронтамиз тирик қолмас эдик",- деб айтган эди ва Аллоҳдан чексиз миннатдорлигини айтган эди. Шунинг учун Аллоҳ уйини Унга шукроналик рамзи сифатида ҳамда аҳоли жонини сақлаб қолгани учун таъмирлаб берсангиз жуда катта савоб бўлар эди. Яна бир нарса соҳа раҳбарлари "Сардоба" фожиасидан тўғри хулоса чиқаришгани йўқ. "Эски ҳаммом эски тоз". "Ура-ура" лар ҳамон бўлиб турибди...
XUSHNUDBEK AKA MEN SHAXSAN OZIM OSHA YERDAGI UYLARDA XASHARDA ISHTIROK ETDIM. AGAR BIZ BU PULLARNI KALLANI ISHLATIB SARFLASAK ZOR NATIJA BERADI. ILTIMOS MALOL KELMASA MENI TELEGRAMIMGA YOZSANGIZ +99894 910 00 22
Шовкат Ирназаров
Iltimos, bir- birimizni fikrlarimizni ko'rib chiqib, yaxshi fikrlar bo'lsa muhokama qilaylik. Ajratib olishga oson bo'ladi.🤔🤔🤔🤔
Assalomu akaykum, Xushnudbek aka. Alloh sizdan rozi bo'lsin! Bu masalada iymonli imom xatiblardan maslahat olganingiz yaxshiroq. Aslida qilinayotgan kichikkina yaxshilik ham ulkan savoblarni beradi. Pulni to'g'ri taqsimlash va to'g'ri sarflash uchun kattalar bilan,Allohni tanigan insoflilar bilan maslahatlashing.
Bu pullarni kishi boshiga emas. Balki eng nochor va ushbu pulga muhtoj bolgan 10 ta oilaga berilsa maqsadga muvofiq bolar edi.
Show next 100 comments