Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum akaxon bu pullar hammaga foydasi tegishini hohlasz umumiy foydalanadigan joylariga yoki gaz ,suv olib kelinishiga sariflansa mening fikrimcha togri boladi. Chunki yurtimizning bazi bir joylarida bu resusrlarni yetishmovchiligidan yurtdoshlarimiz qiylanishadi.
Usm.ru
Xalqni o‘ylaganiz uchun katta rahmat.Ishlarizga omad ,martabangiz bundanda ulug‘ bo‘lsin.Menimcha aholini eng nochor,eng ko‘p zarar ko‘rgan ,ko‘p bolali qismiga yordam bergan yaxshi menimcha.3-4 oila bo‘lsa ham yordam eng keraklilariga.
Ассалому алайкум,
Менимча, пул аҳолига етмаса, ўша ҳудудни тиклашга сарфлаш керак (м-н: дарахтлар экиш, масжидни қайта қўриш, спорт майдончаси қўриш ва ҳ.к.).
Shahriyor Isoqov
1 майдан Сардобада туғилган чақалоқни хисобига 100 ўтказиш керак,чақалоқни эхтиёжларни таминлаб турарди.
M.A.R.D.
Salom Xushnud aka va boshqa komentchilar. Menimcha, bu mablag'ni kutubxonalarga badiiy kitoblar olib berishga sarflash kerak. Qanchadan qancha kutubxona va kitoblar ham yuq bo'lib ketdiku, axir. Hozir u yerda hamma bir xil ijtimoiy ahvolda menimcha.
Muradova Marhamat
Энг кам таминланганларига уй жой киб бериш керакдир
203 million = 1 milliondan 203 ta eng eng eng (balki nogiron, balki boquvchisi yo'q, balki betob va ha.k.) muhtojlarga tarqatib berish kerak... qolgan ko'pchilik hayot tarzini tiklap olmoqda...
Бу пулларга шу сардобалик болалар учун 2 та school bas сотиб беринг. Улар қўшни мактабларга узоқ йўл босиб юрмасин. Мактаблари узоқ бўлса агар айни керак транспорт воситаси бўлади.
Hurmatli admin Xushnudbek meni sizga aytadigan maslaxatim. Hozir sardobada hamma joylar bolalar bogʻchasi xam maktablar xam boshqa koʻngilochar joylar xam qurilishiga boshqalar aytgandek elektr tokiga transformator degan variantlarni xam qoʻllab quvvatlayman. Ammo bundan qurilish ishlarini davlatni oʻzi qurib ishga topshirishiga ishonchim komil. Bu pullarni yangi qurilayotgan maktab kollej litseylarning qoʻshimcha amaliyot dars oʻtishiga koʻmak beruvchi materiallar olib berishingizni qoʻllab quvvatlayman. Zero eng yaxshi sarmoya bilim va ilmga tikilgan sarmoyadir
Kontrakt TO'LOVINI qilib berish unchalik to'g'ri emas chunki hali farzandlari yosh lekin anchagina jabr ko'rgan OILALAR ham bor.
Sardobadagi AHVOL eng OG'IR bo'lgan NUQTAni bo'lgan joyni aniqlashtirib.JAMG'ARMANI o'sha yera yo'naltirgan maqul.
Oilada ko'pchilik bo'lib yashaydigan va oilaning biror azosi hech qayerda ishlamaydigan muhtoj oilalarga bo'lib berilsa ham ancha yaxshi bo'ladi
Assalomu alaykum.o'sha joyga borib haqiqatdan ham yordamga muhtoj insonlarga yordam berish kerak nazarimda.aholi orasiga bormasdan bu pullarni sarflash noto'g'ri meni fikrimcha
IAMQUIT
Сардор Айнидинов 3-"Г"
Ha toʻgʻri aytdingiz. Ammo gapingizning bir joyiga yaxshi tushunmadim. Namoz va boshqa amallarni uyda va ASOSIYSI KOʻNGILDA BAJARSAYAM boʻladi degan joyiga. Ibodatni qanday qilib koʻngilda qilish mumkin. Buni men imtihonga tayyorgarlik koʻrib, testga kirganda "meni bilimim miyamda, testni yechmsam ham boʻladi",- deb aytgn insonga oʻxshatdim. Agar ranjitgam bolsam uzur!
ТЕСТНИ ВАЛДИРАБ ХАММАГА ХАЛАҚИТ БЕРИБМАС, ЖИМГИНА БАЖАРИШ ДЕГАНИ. ЯЪНИ ОХИРАТ АМАЛИ НИМА-САВОБЛИ ИШ ҚИЛИШМИ, ШУНИ ПОК КЎНГИЛ БИЛАН БАЖАРИШ ДЕГАННИ НАЗАРДА ТУТДИМ.
MENIMCHA FOJIYADAN ENG KO‘P ZARAR KO‘RGANLARGA BERISH KERAK
Атажанов Журабек
Нечта МФЙ булса уша МФЙ оксоколларига маслахатлашинг биринчи навбатда ээннгг зарури энг мухими нималигини 101% билишади
Ziyoda
Assalomu aleykum Xushnud aka avvalom bor boshlagan savobli ishlariz hayirli bulsin.
Bizga ma'lumki azal-azaldan Sardoba xalqi chorvachilik bilan shug'ullanadi,shunga qaragan holda o'sha pullarga hammasiga qo'y-qo'zichalar olib ,nechta xujalik bo'lsa teng taqsimlab balki bittadan to'gri kelar balkim undan kup . Bilamizki qo'y-qo'zilar eng tez ko'payadigan jonivorlardir. Agarda kishi boshiga hisoblab taqsimlasangiz usha siz aytgandek 20ming so'm bir soatga yetmaydi agarda o'sha qo'y qo'zilari ko'paysa kun kelib o'shalarni sotib balkim kichik biznes boshlar ,balkim to'y qilishar. Meni teklifim o'sha sahiy insonlar tomonidan yig'ilgan o'sha daromad bir kun kuniga yaramasin balkim uzoq muddat xizmat qilsin .Va hardoim xalqimiz birdamligini sinovli kunlarda birga bo'lganini o'chmas ifodasi bo'lib qolsin. To'g'ri ko'pchilik aytishyapti oldin qorni tuysin deb lekin davlatimiz ularni tawlab qo'yganlari yo'q .Ommaviy axborot vositalarida ham bu haqda tinmasdan xabar berib kelmoqda ,demak hozircha Sardoba xalqi oziq ovqat va pulga muhtojligi nisbatan kam. Siz esa sal keyinroq kuniga yaraydigan daromad kirg'azib qo'ysaiz yomon bo'lmasdi.
$$$$$
Сув или дарак утказиш. Хеч болмаганда Бир дона насос кудуг казиш керег
Assalomu alaykum. Bu pullarni suv toshqinidan zarar ko'rgan hudud aholisi ehtiyojidan kelib chiqqan holda suv nasoslari yordamida yer ostidan suv chiqarish moslamalariga sarflansa yaxshiroq bo'lsa kerak. Agar shunday qilinsa hudud aholisi ham ichimlik suvi bilan ta'minlanadi, ham ekinlarni sug'orish uchun qo'shimcha imkoniyatga ega bo'lishadi.
Assalomu aleykum Xushnudbek aka mening fikrimcha bu pulni fondga òtkazgandan yoki pul kòrinishda tarqatgandan aniq bir maqsadga erishib bòlmaydi p:s. Aniq maqtanadigan ish chiqmaydi. Fikrim. Ushbu xududagi kam tamnilangan boquvchisini yòqotgan oiladagi farzandining operatsiyasi yoki malum toifadagi oĝir kasalikdan aziyat chekayotganlarga dori darmon sotib olish faqat sardobo tumaniga. Malum kasalik deyilganda kam uchraydigan kasalik, ularga dori darmon yetkazib berish kerak agar shungayam korupsiya aralashma dorilar aptekaga sotilibbketmasa
Dilnavoz
Assalomu alaykum! Xayrli ishingizni Allohim dargohida qabul qilsin ilohim! Yeg'ilgan pulga bolalar uchun sport maktabi qurilsa ham yaxshi bo'ladi mening fikrimcha, yanayam bilmadim
Show next 100 comments