Маслаҳатингиз керак
Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция
ташкил қилгандик.
Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами
19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак,
203 млн сўм бўлади.
Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.
Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни
бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.
Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами
70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса
10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги
20 минг сўмдан тўғри келади.
❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак.
Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.
👉 @xushnudbek 👈
Sardobadagi AHVOL eng OG'IR bo'lgan NUQTAni bo'lgan joyni aniqlashtirib.JAMG'ARMANI o'sha yera yo'naltirgan maqul.
Bizga ma'lumki azal-azaldan Sardoba xalqi chorvachilik bilan shug'ullanadi,shunga qaragan holda o'sha pullarga hammasiga qo'y-qo'zichalar olib ,nechta xujalik bo'lsa teng taqsimlab balki bittadan to'gri kelar balkim undan kup . Bilamizki qo'y-qo'zilar eng tez ko'payadigan jonivorlardir. Agarda kishi boshiga hisoblab taqsimlasangiz usha siz aytgandek 20ming so'm bir soatga yetmaydi agarda o'sha qo'y qo'zilari ko'paysa kun kelib o'shalarni sotib balkim kichik biznes boshlar ,balkim to'y qilishar. Meni teklifim o'sha sahiy insonlar tomonidan yig'ilgan o'sha daromad bir kun kuniga yaramasin balkim uzoq muddat xizmat qilsin .Va hardoim xalqimiz birdamligini sinovli kunlarda birga bo'lganini o'chmas ifodasi bo'lib qolsin. To'g'ri ko'pchilik aytishyapti oldin qorni tuysin deb lekin davlatimiz ularni tawlab qo'yganlari yo'q .Ommaviy axborot vositalarida ham bu haqda tinmasdan xabar berib kelmoqda ,demak hozircha Sardoba xalqi oziq ovqat va pulga muhtojligi nisbatan kam. Siz esa sal keyinroq kuniga yaraydigan daromad kirg'azib qo'ysaiz yomon bo'lmasdi.
bu pullar sardobadagi jabr korganlar uchun yigilgan qaysidir qatlamga ajratib berish togri kelmaydi, garchi pul kam ekan umumiy foydalanadigan inshiat yani bogcha qurilishiga yoki maktab qurilishiga qisman bolsada qurilish materialini olib berish kerakdir kimdir aytish mumkin maktab bogcha davlat tasarufida ish deb lekin bu yerda hol quruq birga yondi bu meni fikrim
Aslida Sardoba ahli korgan ziyon ortig'i bilan davlat tomonidan qoplanishi kerak, hechkimga sir emaski u yerda ham koplab ko'z boyamachiliklar sodir bo'lmoqda. Qarorlar bor, amalda esa yoq.
Shu pulga 5-6ta yaxshi professional advokatlarnimi yoki qonunni yaxshi bilandigan va talab qiladigan shaxslarni yollash kerak va ularga qishloq aholisi muammosini qonuniy yol bilan xal qilishni taminlash kerak.
Buning kimga, qanday foydasi bor?
Foydasi shundaki - kimdir chindildan sizning muammolaringiz bilan qiziqayapti va uni yechish uchun harakat qilayapti. Aholi shuni xis qilsa, bu u uchun katta yordam bo'ladi.
200mln so'mga 10 nafar mutaxasis yollab 5 mln so'mdan oylik maosh to'lansa 4 oy ichida koplab muammolar balki o'z yechimini topar edi.