Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Xushnudbek aka iltimos menga yozing men ham sardobalikman zarar korganlardanman
Men aytaman qanaqa muommolar mavjudligini
996214765
Элер
Kónglingizga ollohning ózi eng tógri yolni solsin
Искандар
Курилаётган куп каватли уйлар учун гишт сотиб олиб боринг, ёки цемент шунга ухшаш бирор Бир курилиш материал олиб бориш керак
Salom hammaga. Mani fikrim oilasida nogironi bor,boquvchisi yòq,kam ta'minlanganlariga bólib bering pulni. Pul haqiqiy mihtojlarga berilsin,halol odam nazorat qilsin pul taqsimlanishini,iloji bòlsa Xushnud aka òziz bosh qosh bòling bu ishga...
Men ham qandaydir ishlab chiqarish korxonasi qurish yaxshi boladi degan fikrdaman. 1-dan ancha odam ish bn ta'minlanadi. 2-dan tushayotgan foydani kambag'al oilalarning bolalarini ilm olishi uchun doimiy sarflab tursa bo'ladi. Ya'ni repititor yoki hunar o'rganishi uchun har oy to'lab boriladi
Bilmadim mani fikrim qanchalik toʻgʻri menimcha hozirda oʻz uyini tamirlayotgan va qurilish qilib tiklash ishlarni olib borayotgan fuqarolarga yigʻilgan pulga qurilish materiallarini yetkazishni yoʻlga qoʻyilsa maqsadga muvofiq boʻlardi yaniki asosiy qurilish materiallari Gʻisht,siment,yogʻoch,shifir bularga pul ajratilib maxalla va qishloqlarga yetkazilsa ancha yordam boʻlardi. Yanayam shu hududda istiqomat qiloyatgan boshidan oʻtkazgan insonlarni fikrini tinglash va ular bilan maslaxatlashilsa judayam toʻgʻri boʻlardi Xushnudbek Aksiyani toʻxtatmang shoʻt raqamni yana qayta e'lon qilib boring siz yigʻilgan pullarni tiyin tiyinigacha ishlatib yetkazib bersangiz ishonch yana ortadi va qoʻlab quvvatlash ortadi. Boshlagan ishingizga omad va Sabir tilab qolaman toʻgʻri yoʻldan Yaratgan egam adashtirmasin.
Nodira Toxirjonovna 🌹🌹🌹🍇🍒🍓
Salom. Menimcha bu pulga imkon qadar o'ta nochor oilalarga( birovlarni molini boqi tiplitsa qurgandim deb zor yiglagan inson kabilarga) kichik bolsa ham tomarqasiga tiplitsa qurish kerak. Togri summa kop emas lekin yetganicha. Menga Namanganda qurilgan kichik tiplitsalar goyasi juda yoqdi. Tayyor tiplitsa yillar davomida krediti uziladi. Kam taminlangan oila farzandlariga berilyapdi. Balki siz bowlasangiz biror mard chiqib owa joyda qandaydir qayta iwlash zavodi qurar. Ertaga nima bolishini bilmaymizku
Pul koʻrinishida berishingizni tavsiya qilmayman biron bir inshoot quringki hammaga foydasi tegsin ixchamroq boʻlsa ham
Eng muxtoj oilalarga boshpana yoki qoramol olib berish kerak. Haqiqatda muxtoj yoki boquvchisi yo'q oilalarni topib berish kerak. Iloji boricha o'z koziz bilan ahvolini ko'ring. Mutasaddilar tanish bilishchilik qilib yuborishadi
Inshootni davlat ham qurib beradi,ishsiz ótirgan,uyda kasali bor,nafaqaxórlar,xaqiqiy pulga muhtoj odamlarni sanab òsha summani bòlib bering. Naqd pul kerak ularga,òzlari biladi nimaga sarflashni,ularni xaqqi òsha pullar.
Кўп болали оилаларга ўша ерда қолганларга биттадан СУТ БЕРАДИГАН СИГИР олиб беринг. Мол холлари оқиб кетганку. Эркаклар иш топиш билан овора бўлишади аёллар сигири бўлса сут бериб боқиб турар. Уруш даврида сигир энг катта бойлик бўганку шу хаёлимга келди
290800
Assalomu aleykum Alloh rozi busin qigan ishilardan ko'p aholiga 20 ming so"mdan berish manimcha pul bekorga sarflashga o'xshidi shuning uchun juda ko'p odamga bo'masayam og'irini yengillashtiradigan miqdorda berish kerak balki 500 ta odamgadir lekin ular sezsin biron ishi yengillashganini. To'g'ri hozir Sardobada deyarli hamma yordamga muhtoj lekin muhtojlar ichida muhtojrog'iga yordam qililar.Alloh xayrli qisin ajrini ulkan qib bersin.
Ozod Rustamov
Bogchalari buzilib ketgani un rasa yiglashgandi birorta kichikroq bogcha qurib bersayizche. Ushayerdagi aholini kamroq qismini bulsa ham ish bn taminlanardi ham bolajonlar bogchaga borardi keyinchalik uzlari kattalashtirib olardi. Ham yillar buyi xalqqa xizmat qilardi
....
Мактаб бохча курилишига бюджет узи пул ажратади сиз тупланган пулларни энг яхшиси уша туманни махаллий бюджетига обориб топширинг чунки улар пулни каерга сарфлашни узлари хал килади хозир йул курилишигаям мактаб бохчагаям етмийди бу пул энг тугри йул бу уша туман махаллий бюджетига обориб топшириш
Хааа халиям ишонувчан одамлар бор экан чиновникларга вокф фондиям яхши билади пулни канака килиб умаришни сиз бюджетга ишониб утирибсиз агар давлатимиз ажратган бюджетга пулни 50фоизи жой жойига ишлаганда хозир сиз бн биз бу пул хакида уйлаб утирмас эдик
Sherzodbek
Eng nochorlarini aniqlab bo‘lib berilsa to‘gri bo‘lsa kerak.
Bittadan qoramol olib tarqating yetganicha muhtoj oila ruyxatini tuzgan holda albatta
Amir Xon qilgan ishni qiling,1kgdan un tarqatvomman muhtojlar olsin desangiz òziga tóqrogi kemiydi,haqiqiy muhtoji keladi,unni ichida esa paketga solingan pul bóladi,masalan 5ta 100mingtalik.
Jamol Esanov
Assalomu aleykum Xushnud aka bu pullarni Sirdaryo Viloyati Xokimi bilan maslaxat qiling shu odam sizga tugri yul kursatadi iltimos.
Show next 100 comments