Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Dilshod Abdushukurov
Menimcha biror boquvchisi yuq bulgan muxtoj oilani topib uy joyini qurishga yordam brrish kerak agar uyi yaxshi xolatda bulsa sut beradigan sigir olib berish kerak bolalariga sut qatiq bulardida
Bu vaziyatda hammani uylab bolmaydi afsuski. Hatton Usmonov began Pulham uncha kop emasdi agar yetib borgan bolsaa. Meni taklifim kam odamga yordam bering lekin osha kamchilikniyam hojati chiqishi kerak.
Kerakbolsa bitta Odamga yordam bering lekin shunday qilingki osha odam ozini eplab ketsin. Siz bergan pulni, siz toshkentga qaytgunizgacha yeb bitirmasin. Odamlarga hozir daromad keltish kerak ekin ekishiga komaklashaszmi. Bitta mol oberasizmi. Chunki agar hozir pul topishni boshlasa qishgacha oziga bir eshik qurib oladi. Maqolni esingizdan chiqarmang... odamga baliq emas qarmoq emas baliq tutishni orgatish kerak zero baliqni yeb qoyadi va yana saga qarab qoladi. Baliq tutishni balsa ortiq unga yordamning keragi yoq... koment yozadiganla bu meaning shaxsiy fikrim yoqmasa shanaki otib Ketinglar... negative yozish kerakmas.
Assalom alekum. Meni fikrim. Fuqaro boshiga emas Oila boshiga berish kerak shunda maqbul yechib bo'lardi. Ayrim Oilalar bitta oila 3 o'g'il farzand bu degani 3 ta oila. Shuning uchun Familiya va yashash manzil orqali qilinsa yaxshiroq bo'lardi.
R. Sh. Bahodirovna✌✌✌
⚡️⚡️
Кўп болали оилаларга ўша ерда қолганларга биттадан СУТ БЕРАДИГАН СИГИР олиб беринг. Мол холлари оқиб кетганку. Эркаклар иш топиш билан овора бўлишади аёллар сигири бўлса сут бериб боқиб турар. Уруш даврида сигир энг катта бойлик бўганку шу хаёлимга келди
Men ham shu fikrni maqullayman kup bolali ayniqsa yosh bolasi bor oilalar eng muhtoj hisoblansa kk,qay yul bn bulsada kup bolali oilalarga kumak kuproq zaruz hozir,bir yoshgacha bulgan bolalar ichadigan malyutkalar bn taminlash kerakmi,faqat bir yoshgacha bulgan gudaklarga,masalan meni uzim olti oylik chaqalogimga oyiga 500 ming sumlik qushimcha oziq suti olib ichiraman,oilada birinchi urinda chaqalogimiz uchun hech ikkilanmasdan ajratamiz shu summani,menimcha juda kup yosh bolali oilalarda ham shunday,gudagi bor oilalar hisobini olib bir ikki oyga yetadigan yoki undan kuproqqa yetadigan ozuqasi bn taminlash kk.
Davlatimiz barcha oilalarga moddiy tomonidan yordam bermoqda sizlar har bir oila uchun kitob jamlanmasi berganingiz maqul. Kitob eng yaxshi variant
Rustam Fayzullayev
Masjid qurilayapti deyildi lekin nechta qurilayapti? U hudud katta bo'lsa, 70 mingta odam.Masjid o'rtacha nechta odamni sig'dira oladi. 5 mingtadir, 7 mingtadir, davlat ko'p masjidlar qurarmikan? Menimcha yo'q. Yana bilmadim.
Masjid qurilsa, qiyomatgacha eng katta savob shunda. Aholi turmush tarzi deyilsa, avvalgi zamonda odamlar qanday yashaganini bilsangiz kerak. Asosiysi yeb-ichish, uy joyi zo'r bo'lishi emas, dunyoga kislorod yutib karbonat angidrid chiqarib, yeb ichib o'tib ketish uchun kelmaganmiz.Hududni o'rganib chiqib, Masjid qurish kerak.
.... ....,
Bilmadim bu fikr kimgadir yoqadi yoki yuq , mani fikrimcha 200mln pulga urtacha 2mlnlik telfondan 100ta olib kam taminlangan oila azolarig tarqatish kerak . Tugri bu arzimagan narsa bulishi mumkin lekin karantin qachon tugab darslar boshlanishini hech kim bilmaydi , buyogi darslar ham onlayn. Chunki qolgan sharoitlarni davlatimiz sekin sekin qilib beryapti.
Assalomu alaykum Xushnudbek aka mening taklifim shundan iboratki oilaviy ahvoli o'ta og'ir insonlar shunday ajratish kerak adolat bilan, ana shu oilalarga daromad olib keladigan ish qilish kerak. Misol qoramol berish mumkindir. Natijada qo'shimcha daromad oladi oilalarning o'zlari ham. Summa aholiga bo'lsak kam chiqadi deyilyapti ekan yoki aksiyani davom ettirish yoki shu pulga arziydigan ish qilish kerak deb o'ylayman. Fikrimdan foyda tegsa xursandman.
Wuncha odam jabr kurgani blan hammasiyam qiynalb qolgan imas bir kiwi ikki kiwi bulsayam haqiqiy muhtojni topib yuliga tuwirib yuborin
Бобур
Sardobani qurganlarga Bering!!!😠😠😠 Javobgarlar nima bo'ldi? UzAga zam bo'ldingiz Xushnud aka ko'tarmisizmi shu masalani? TVda
Иброҳимович
Бу пулларни хаммасига қўй сотиб олиб олишни маслахат бераман. Хаммасини битта фермада 1 йил боқилса ана барака. Хохлашса хар бир хонадон 2 тадан олишади. Нақд пул тарқатиш ўзини оқламиди. Сардоба тезроқ ўзини тиклашига тилакдошман.
Bolalar uyiga
Yoki futbolimizni rivojlantirishga hazil
ㅤㅤㅤ
Hamma foydalanadigan ko'pchilikka foydasi tegadigan kichikroq muassasa qurish kerak poliklinikami maktabmi, kutubxonami, mahalla guzarimi shunga o'xshagan
Қайси оилада контрактда ўқийдиган фарзанди бўлса ўшанга беринг.
Чунки ҳамма хайрия қиладиганларда бир йил ўқимай турса бўлаверади деган тушунча борлиги учун бундай оилаларга моддий ёрдам кириши қийин.
Лекин контрактда ўқияпган талаба эса бир йил ўқимасдан кейинги йил ўқишини тиклаши даргумон.
Hozir kopchilik birovni uyida mehmon sifatida yawayabti menimcha chorva mollari boqiwga va saqlawga waroit hali yetarli emas aholi òz uylariga kòchmaguncha
МУҲИДДИН
Xushnudbek Sardorga borib ko‘p aziyat chekkan muhtoj oilalarni o‘rganish kerak bo‘lsa bizda hozir ta‘til uyma-uy yurib aniqlashga tayyormiz o‘zimizni hisobimizdan, va bu sarflamoqchi bo‘lgan mablag‘ni o‘z egalariga Haq yo‘lida topshirishga toyyormiz.
Sardobani qurgan katta katta boboylarga bering 🙊🙊
Шулар орасидан энг ахволи оғир даражадаги оилаларга нақт пулда тарқатган мақул
Иброҳимович
Suhrob Sohibov
Hozir kopchilik birovni uyida mehmon sifatida yawayabti menimcha chorva mollari boqiwga va saqlawga waroit hali yetarli emas aholi òz uylariga kòchmaguncha
Шунинг учун хаммасини битта фермада боқишни ва янги уйларига кўчишганда хақларини олишларини эттим. Сардобаликлар то уй жой қилишгунча қўй қўзилар кўпайиб туради.
Show next 100 comments