Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Xayrulloxon Qoraboyev
Manimcha eng togri yol talofatda qiynalgan oila farzandlarini kantrak pullariga yordam qilish kerak
Маргуба
Хушнудбек,асло чарчаманг.Бу пулларга интернетни яхшилаб,интернет кутубхона ташкил қилиш керак
Ассаламу алейкум
Хушнудбек! Хой Хушнудбек! Тухтанг! Мени ешитинг!

Биринчидан! Сардобадаги жабрланганларга хукумат узи яхшилаб ердам беради, бу уларнинг мажбурияти(чунки президент назарига тушган..)

Иккинчидан! Хаммага ердам бера олмайсиз, буни узингиз хам езибзиз, яхши.

Учинчидан! Бунақа вазиятта бу пулларни умуман боқувчиси йуқ, еки дардман инсонларга берганингиз маъқул. Чунки уларга давлат ердам бермайди.

Туртинчидан. Ха туғри, бу пулни узи сардобадикларга йиғдик, енди бошқага бериб нима қиламиз дейишингиз мумкин, аммо, улар жаа уладиган даражада емас(узиз тушундингиз деб уйлайман, расмиятчиликнинг хожати йуқ!..)

Бешинчидан!! Баъзи бир "user"лар хозир босиииб коммент езади(аниқ). Шуларга айтарим: "Бу менинг холис фикрим, еқмаса айланиб утинг, узингизнинг мавзу буйича фикрингизни қолдиринг бировникини тахлил қилмасдан"

Енг яхшиси, сизларга нима керак деб сардобаликлардан сураш керак..)
I. A.
Assalomu aleykum usha biror bir maxallada talofat kurgan . bolalar maydonchasi qurip berish kerak .bu ajoyip xalqni xursand qiladigan va foydali unumli pul yetadigan samarali ish bulardi .bu vaziyatda ayniqsa bolalar kunglini olishimiz kerak mani fikrimcha .
Iltimos shu taklifimni chuqurroq uylap kuring .raxmat
Assalomu alaykum
Bir kichik beznes boshlab yoshlarni ishga olish kere.
Bu mablag' aylanib , kopayib kengayib borardi.....
Sizga raxmat kanalingiz ajoyib
Adolatli
Bu pullarni eng abgor holdagi fuqarolarga berish kerak.
Avvolo assalomu alaykum hurmatli vatandoshlar va Xushnudbek aka yuqoridagi postlari barchasini o'qib chiqdim . Ochig'i o'ylanib qoldim yuqoridagi takliflarni barchasi to'g'ri fikir mulohazalar lekin sardobada 20 kun xasharda bo'lgan inson sifatida aytmoqchimanku u yerda ichimlik suv muomosi juda achinarli iloji bo'lsa bu pullarni ichimlik suv tanimotiga sariflash kere.
Yoki davlatimiz tomonidan har bir oila tomorqasiga mo'jazgina issiq xonalar qurib berilyapti ushbu issiqxonalardan unumli foydalanish uchun yani sug'orish uchun suv yo'llari ( kanal, ariqlar) yo'q. Ushbu mablag'larga suv yo'llarini yaxshilansa aholi issiqxonalardan unumli foydalanib avvolo o'zlari doimiy ish bilan taminlaydi, bozorlarimizni sifatli dehqonchilik mahsulotlar bilan boyitadilar.
OLIY TALIMDA o'qiyotgan va Sardoba fojiyasi tufayli kontrak mablag'larini to'lay olmagan talaba yoshlar mavjud bo'lsa o'sha yoshlarni bo'lajak SARDOBALIK oliy malumotli kadrlarni to'lov kontraklari uchun o'tkazib berish kere.
Hurmat bilan Qo'qon davlat pedagoki instituti 1 bosqish talabasi Nosirjonov Nizomiddin
Assalomu aleykum Xushnud aka men " Buxoro Maktabi" o'quv markazi raxbariman. Agar maqul topsanglar man o'sha yerda o'quv markaz va kutubxona tashkil qilsam o'z hisobimdan, sizda yig'ilgan pulni esa faqat faqat kitoblar xarid qilsak Sardobalik yoshlar kelib mutolaa qilsa bundan foydalasi bo'lmasa kerak. Albatta tashkil qila olaman, sizdagi pul kutubxonam jovonlarini to'ldiradi xolos. Aholining ziyoli qatlami, sizning ishtirokingizda kitoblar xarid qilinadi.
Assalomu alaykum Xushnud aka. Ochig'i hozirgi taklifimni aytishga biroz tortinib turibmanu ammo, bilaman siz buni to'g'ri qabul qilasiz. Yoshim 25 da. Ismim Asliyeva Dilnora Kobiljonovna. Hozirda NavDPI da "Ta’lim muassasalarini boshqarish mutaxassisligi" 2-bosqich magistrantiman. Taklifim quyidagicha, biz bo'lajak turmush o'rtog'im bilan ta'lim yo'nalishida ajoyib reja qilgandik. Ya'ni o'quv markazi ochish. Agarda yo'q demasangiz Sirdaryoliklar uchun Innavatsion dizayndagi o'quv markaz tashkil etsak.Biz hozirda faoliyatimizni online tartibda olib boryapmiz. Ammo muqim bir joyga joylashib ish boshlamadik. Hozirgi kundagi online markazimiz nomi "Sanjarbek-Grand" maxsus tayyorlov o'quv markazi.Buni 3tomon uchun ham imkoniyat deb tushunasiz deb o'ylayman.(biz uchun, Sirdaryolik bolalar uchun, hamda ish bilan ta'minlanadigan ustozlar uchun) Sizga xabar qoldirishda o'ylab o'ylab shu qarorga keldim.Markaz faoliyati asosan ingliz tili, matematika, tanqidiy fikrlash, (prezident maktabi imtihon fanlari kurslari) qolaversa, mental arifmetika, bolajonlarni boshlang'ich sinflarga tayyorlash hamda mening bakalavr mutaxassisligimdan kelib chiqib psixologik xizmat va treninglar tashkil etilishini yo'lga qo'yishdan iborat bo’ladi. Bu hali bizning rejamiz. Va qila olishimizga ishonamiz. Takliflar va o'zgartirishlar bo'lsa, albatta birgalikda maslahatlashamiz. Bundan" sizlar o'z manfaatini yo'lida foydalanayapsiz" dersiz, ammo bu haqiqat. Lekin shu orqali ta’lim yo'nalishida yuksalamiz, Sirdaryoliklar, bolajonlar ham ularning ota-onalari ham bundan xursand bo'lishardi. Qolaversa, ta'lim tizimidagi biznesimiz, nafaqat biz va bolajonlar uchun balki kadrlarning ish bilan ta’minlanishi uchun ham eng muhim yo'ldir. O'ylaymanki,taklifimizni ham o'ylab ko'rasiz,ijobiy javoblar bo'lsa albatta bundan xursand bo'lamiz.
E'TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR
Telefonlarimiz:
+998973675533
+998934642105
Assalomu alaykum. Bu yigilgan mablagni boquvchisini yuqotgan qaramog'ida nogironligi bor insonlarga kop bolali oilalarga berish lozim deb uylayman
Yana bir taklif mtm yoki maxalla guzarlari tashkil etish taklifiyam yaxshi
Gavhar Salomova
Salom.Eng ko‘p Jabirlangan va axvoli og‘ir 20 ta xonadonga bering. Yanaham o‘ziz bundan ham yaxshisini bilasiz.
Assalomu aleykum meni fikrimcha bu pullarga talofat kurgan hududda ishsizlar uchun bironta dòkon ochib sarmoya kiritish kerak kimdir ishli buladi ham pul tijoratda uzidan kupayadi . Dòkin ochilsa 2 yoki 3kishi ishchi sifatida oylik olib ishlashi ham mumkin.
Sardoba aholisi uchun kitoblar mutolasi uchun imkonyat yaratilsa albatta bu narsa o'z samarasini beradi. Tashkil etilgan o'quv markaz haqiqatdan kam taminlanganlarni bepul o'qitib berishni ham o'z zimmasiga oladi.
Assalomu alaykum. Oʻsha hududdagi kontrakda oʻqiyaotgan talabalarni kontraktini toʻlab berilsa ham boʻladi. Qolganini ehtiyojmand oilalarga bering.
Sardoba aholisi uchun umumumiy narsa qurib berish kerak yoki tamirlab maktabmi yoki sport zal
Polcona
Кечирасизу турмуш даражаси яхшиланмай туриб калласига та'лим кирадими
Kechirasiz turmush darajasi yaxshilashsa o'qiydi deysizmi.?
Hindistonni, Xitoyni va yana bir nechta davlatlarda ham qashshoq yashaydigan xalq bor, ularni ta'lim olishga umidi so'nmagan.
Xavfli yo'llardan o'qishga borib kelishadi.
Bizni davlatumiz bu joyda hech narsa emas.!
Ta'lim uchun juda qulay muhit yaratilgan.!
НОРБЕК РАЖАБОВ
Ассалом алайкум.
Бу йиғилган пулларни давлатимиз томонидан Сардобага ажратиладиган маблағлар шаклланган хисоб рақамга ўтқазиш керак.
Талофат кўрган аҳолини ҳеч бири давлатимиз томонидан кўрсатилаётган ёрдамдан четта қолмайди.
Ҳар ким ўз билганича ёрдам қиладиган бўлса, йиғилган пуллар тўғри тақсимланмайди.
Хукуматимиз томонидан Сардобада кўрилган талофатлар тўлиқ ўрганиб чиқилган молялаштирилган ва лойхалаштирилган.
Оддий мисол: Биз ўз билганимизча бирор қурилиш қиладиган бўлсак лойха ўзгаради, лойха ўзгарса
маблағлар шаклланиши ўзгаради.
Агарда бошлаган қурилишимиз маблағ сабаб якунланмай қолса яна қолган маблағни давлат бюжетидан олишимиз лозим қолиши мумкин.
Бу хисоб китобда муоммолар олиб келиш мумкин.
Энг тўғри қарор менимча Сардобага ажратилаётган маблағлар хисоб рақамига ўтқазиш керак.
Assalomu alekum Xushnudbek
Sardobadagi jabirlanganlarga DAVLAT xar bir oila uchun 40 millondan pul ajiratgan ularning sharoiti yaxshi uylari qurub berilyapti meni fikrim suv toshqinda boquchisini yoqotgan oilalarga yordam berish kerak ertanixam òylagan xolda
Qilayotgan ishlaringizni
OLLOX BAROKATLI QILSIN
Xushnudbek aka mani fikrimcha bu pullarni Sardoba jamoat fondi tuzib o‘sha fondga o‘tgazgan ma'qul. Keladigan foydadan esa Sardobaliklarni ijtimoiy ahvolini yaxshilashga foydalangan yaxshi. To‘g‘ri bu ozmuncha vaqtda bo‘lib qolmaydi. Lekin natijasi uzoq yillar mobaynida Sardoba aholisiga foydali va savobli xizmat qilishiga ishonaman. (Ulug‘bekov Humoyun)
Show next 100 comments