Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum. Bu yigilgan mablagni boquvchisini yuqotgan qaramog'ida nogironligi bor insonlarga kop bolali oilalarga berish lozim deb uylayman
Yana bir taklif mtm yoki maxalla guzarlari tashkil etish taklifiyam yaxshi
Gavhar Salomova
Salom.Eng ko‘p Jabirlangan va axvoli og‘ir 20 ta xonadonga bering. Yanaham o‘ziz bundan ham yaxshisini bilasiz.
Assalomu aleykum meni fikrimcha bu pullarga talofat kurgan hududda ishsizlar uchun bironta dòkon ochib sarmoya kiritish kerak kimdir ishli buladi ham pul tijoratda uzidan kupayadi . Dòkin ochilsa 2 yoki 3kishi ishchi sifatida oylik olib ishlashi ham mumkin.
Sardoba aholisi uchun kitoblar mutolasi uchun imkonyat yaratilsa albatta bu narsa o'z samarasini beradi. Tashkil etilgan o'quv markaz haqiqatdan kam taminlanganlarni bepul o'qitib berishni ham o'z zimmasiga oladi.
Assalomu alaykum. Oʻsha hududdagi kontrakda oʻqiyaotgan talabalarni kontraktini toʻlab berilsa ham boʻladi. Qolganini ehtiyojmand oilalarga bering.
Sardoba aholisi uchun umumumiy narsa qurib berish kerak yoki tamirlab maktabmi yoki sport zal
Polcona
Кечирасизу турмуш даражаси яхшиланмай туриб калласига та'лим кирадими
Kechirasiz turmush darajasi yaxshilashsa o'qiydi deysizmi.?
Hindistonni, Xitoyni va yana bir nechta davlatlarda ham qashshoq yashaydigan xalq bor, ularni ta'lim olishga umidi so'nmagan.
Xavfli yo'llardan o'qishga borib kelishadi.
Bizni davlatumiz bu joyda hech narsa emas.!
Ta'lim uchun juda qulay muhit yaratilgan.!
НОРБЕК РАЖАБОВ
Ассалом алайкум.
Бу йиғилган пулларни давлатимиз томонидан Сардобага ажратиладиган маблағлар шаклланган хисоб рақамга ўтқазиш керак.
Талофат кўрган аҳолини ҳеч бири давлатимиз томонидан кўрсатилаётган ёрдамдан четта қолмайди.
Ҳар ким ўз билганича ёрдам қиладиган бўлса, йиғилган пуллар тўғри тақсимланмайди.
Хукуматимиз томонидан Сардобада кўрилган талофатлар тўлиқ ўрганиб чиқилган молялаштирилган ва лойхалаштирилган.
Оддий мисол: Биз ўз билганимизча бирор қурилиш қиладиган бўлсак лойха ўзгаради, лойха ўзгарса
маблағлар шаклланиши ўзгаради.
Агарда бошлаган қурилишимиз маблағ сабаб якунланмай қолса яна қолган маблағни давлат бюжетидан олишимиз лозим қолиши мумкин.
Бу хисоб китобда муоммолар олиб келиш мумкин.
Энг тўғри қарор менимча Сардобага ажратилаётган маблағлар хисоб рақамига ўтқазиш керак.
Assalomu alekum Xushnudbek
Sardobadagi jabirlanganlarga DAVLAT xar bir oila uchun 40 millondan pul ajiratgan ularning sharoiti yaxshi uylari qurub berilyapti meni fikrim suv toshqinda boquchisini yoqotgan oilalarga yordam berish kerak ertanixam òylagan xolda
Qilayotgan ishlaringizni
OLLOX BAROKATLI QILSIN
Xushnudbek aka mani fikrimcha bu pullarni Sardoba jamoat fondi tuzib o‘sha fondga o‘tgazgan ma'qul. Keladigan foydadan esa Sardobaliklarni ijtimoiy ahvolini yaxshilashga foydalangan yaxshi. To‘g‘ri bu ozmuncha vaqtda bo‘lib qolmaydi. Lekin natijasi uzoq yillar mobaynida Sardoba aholisiga foydali va savobli xizmat qilishiga ishonaman. (Ulug‘bekov Humoyun)
SARDOBADAGI ABITURIENTLARNI KONTRAKT PULINI TOLAB BERISH KERAK......OZIQ OVQAT TOPILADI....O'QISH PULINI TO'LAB BERSA YIG'ILGAN XAYRIYA PULLARI MAQSADLI SARFLANADI...
Assalomu aleykum . Men ham ushbu xayrli ishiz uchun ozmni shaxsiy fikrimni bildirmoqchiman. Hammamizga ma'lumki Sardobada asosan qiwloq xojalik tarmoqlari rivojlangan. Shu sababli ham ekin maydonlari uchun ushbu mablag'ning sarflanishi togri bolar Edi. Bu orqali biz aholining bandligini ham taminlar edik. Chunki Sardoba xalqi mehnatkash xalq . Ularning yer maydonlariga mehr berib oldingi Sardobani tiklay olishlari aniq. Mirzakarimova Mohinur bõlajak talabaman. Taklifimni korib chiqasiz degan umiddaman.
Hasanboy
Assalomu alaykum aka mani maslahatim ana shu yerdagi masjidni taʼmirlab yoki boshqa qurilishiga yordam berilsa yaxshi boʻlardi deb oʻyleman chunki masjidlarni obod qilishga hozir ularni sharoitlari yoʻq deb. Shunda ancha hamma birdek xursand boʻlardi!!!
Assalomu alaykum
Och qoringa na bilim na oyin kulgu na bir ish yoqadi .
Avval ishonchli shaxslardan 3tami yo 5tami ishchi guruh tuzish kerak kam taminlangan nochor oilalarni tochni aniqlash uchun nimagaki hozir mahalladagi , kambagallikni qisqartirish bo'limidagi malumotga ishonish qiyin.( Yaqinda bitta saxovat tadbiri doirasida bir honadonga bordik,kirsak ishoning 2 qavatli uy ,uyida 2-qavatida ustalar ishlayapti yana kam taminlangan nochor ular)
Saxovatni iloji boricha sharoitidan kelib chiqib aktiv sifatida berish kerak.Yani ishlov berilsa ,rivojlantirilsa ko'payadigan tarzda.
Bu bir taklif.
Xalqqa xizmat qilsin nima bulishidan qatiy nazar demoqchimanki undan butun sardobaliklar foydalansin.
Jo'RaXoN
Assalomu alaykum Xushnudbek aka. Mening fikrimcha osha hududdagi Mavjud masjidlarga bolib bersa juda yaxshi boladi. Ham pul berganlar savobga qoladi ham osha yer aholisi yaxshi sharoitlarda ibodat qilishiga imkon yaratiladi.
Abdujalil Pardayev
Assalom aleykum menimcha eng ahvoli og'ir kishilarga ko'maklashish kerak
Veronica
Sardobaliklar uchun kerakli bòlgan bironta korxona yoki zavod qurib,Sardobaliklar uchun yangi iw òrni yaratiw kk.Yoki hamma uchun birgalikda foydalaniladigan elektr transformatr bir sòz bn aytganda Sardobaliklarning hammasi foydalana oladigan biron bir foydali narsa qiliw kk
Assalomu alekum. Do'stlar hamma komentariyani ko'rib chiqolmadm.
Man fikrimcha odamlarga ijtimoiy tomonlama yordam sifatida ishlatilsa.
Yana elektr energiya gaz bo'lsa gaz shunga oxshagan kommunal xizmatlarni qulay sharoitda yaratib berishni tafsiya qilardim
Iloji boricha ko'proq emas yaxshiroq ish o'rinlari yaratganingiz maqul
Show next 100 comments