Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Mohinur
Xa gaplaringda jon bor lekin xammadan xam kerakli narsa suv zarar korgan huduudlarda toza ichimlik suvi quvurlari tarmoqlari xam zarar korgan shu zararlangan tarmoqlarni tamirlab ichimlik suviga sariflasanggizlar xamma xalq foydalanadi meni fikrim shunday
2 та Нонвойхона куриб ёшларни иш билан таъминлаш ва арзон нархларда нон сотиш мумкин
Bu pulli iloji bo'sa yosh bolalar uchun sarflagan maqul, bolalar o'rtasida so'rovnoma o'tqizib nima xoxlashsa ushani olib berish kere
Ish siz aholiga berish kerak
Muhammad
Imkoniyatlar cheklanganligi bois 70 ming aholidan eng ehtiyojmandlarni saralab (50-100kishiga)shularga oziq-ovqat, dori-darmoniga sarflash kerak,chunki odamga bundanda zarulroq narsa yoq manimcha. Agar bu ishlarni davlat qilayotgan bolsa (dori-ovqat) bilan taminlashni unda pulni ham davlatga topshirish kerak. Ular ozi zaruriy tadbirlarga taqsimlaydi.
Ёшларга хунар ўргатадиган, маиший техникаларни тузатадиган кичик устахоналар қуриш мумкин.
kommunal xizmat kórsatish obyejtlarini qurish ta'mirlashga, masalan maktab, litsey va hokazo
1 та каттарок оила учун уй куриб беринг
Menimcha bu pullarni kam taminlangan oilalarga naqd pul shaklida emas balki ularning kamunal tòlovlariga òtkazib berish kere masalan:elektir energiyaga tòlansa yaxshi bòlar edi .Ayniqsa shu sinovli kunlarda ancha yordam bòlardi .Ham davlatga budjetiga pul tushib Undan ham qanchadan qancha odamlarga oylik qilib chiqarib berishar edi .shu kunlarda kamdan kam odam kamunal tòlovlarni amalga oshirmoqda
Assalomu alaykum. Avvalo bu hayriyada ishtirok etgan, shuning oʻz fikrlari bilan izoh qoldirayotgan barchaga rahmat.
Yigʻilgan bu mablagʻni toʻgʻri va oʻrinli ishlatish yanada muhim ish. Albatta yuqoridagi fikrlar toʻgʻri, lekin baʼzi bir jihatlarga eʼtibor berish kerak.
1. Kichik korxona, mini tsex tashkil etish kabi gʻoyalar uchun kamida 5-10 yillik ish reja, boshqaruvchi va ish yurituvchi hodimlar va albatta yana ham koʻproq pul kerak boʻladi. Sababi 19 900$ ga asbob-uskunadan tashqari hom ashyo, bino va h.k kabi harajatlar ham bor. Bundan tashqari bu korxonalar real daromad berib boshlashi uchun vaqt talab qiladi albatta. Daromadga erishdi ham deylik, 70 ming aholiga necha puldan tushadi? 1000 soʻmdanmi? Keyin korxona daromadi oʻzlashtirilib ketilishiga kafolat ham yoʻq. Hullas bu jarayon juda murakkab boʻlib, katta omma uchun ish bermaydi menimcha.
2. 70 ming aholi ichidan eng nochor va boquvchisini yoʻqotgan qatlamni topib sezilarli qilib hayriya ajratgan maʼqul.
3. Eng yaxshisi bu mablagʻni moddiy emas balki ijtimoiy hayriya qilgan maʼqul. Misol yoʻl qurilish, masjid, maktabning bir qismi, koʻprik va hokazo..
Assalomu alaykum yaxshimisiz Xushnudbek menimcha yigʻilgan bu pulga ularga turli xil oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatgan eng yaxshi variantlardan biri deb oʻylayman.Chunki hozirgi kunda bu narsalar ular uchun eng keraklisidir.
Menimcha kam ta'minlangan oiladagi talabalarning kontrakti uchun o'tkazib berish kerak. Sharti o'sha oila haqiqiy "kam ta'minlangan" bo'lsin!!!
кучат етиштирадиган, сотадиган кичик корхона очиш керак. Бу билан Сардобани кукаламзорлаштириш учун катта буюрмаларни олиш мумкин.
Ассаломуалайкум иложи бўлса шу йиғилган пулга қийналган оилаларни болажонлари учун яқинда мактаб бошланса дафтар ручка папка мактабига ёрдам қилинса зўр бўларди
Suv omboriga 200mln lik sement va armatura oberish kerak "tuya bo'lib ketgan"joylarini yamash uchun. ()
Mirzohid Mirbadalov
Assalom alekum o'zim pensiya jamg'armasida ishlayman shuni uchun har xil insonlar yonimga ko'p keladi murojaat qilishadi yuqorida bir fikrni o'qidim boquvchisini yuqotganlarga berish kerak degan manimcha ham boquvchisini yuqotgan bilan (bularni ham pensiya kam oladigan ijtimoiy ahvoli og'irlariga yosh bolasi ishlarga qobiliyati yo'qlariga) 1 guruh nogironlariga bergan maqul
Aholiga tekinga xizmat qiladigan sport maydonchasi qurish kerak
Ассалому алейкум !
Таклифим: эвакуация килинган 70 Минг ахолининг ичидан чин етим ва болаликдан ногирон,даволашга мухтож болалар булса албатта шуларни даволашга харажат килинса жуда савоб ишга Кул урилган булар эди. Омад тилайман. Аллох УЗИ тугри цул курсатсин ва куллаб куватласин.
💥A💥D💥l💥L💥O💥V💥
Suv omboriga 200mln lik sement va armatura oberish kerak "tuya bo'lib ketgan"joylarini yamash uchun. ()
омборни ямаса яна муаммо чикса Хушнудбек айбдор булиб колиши мумкин.
Нима килсангиз хам давлат бурнини сукмасин. Чунки коряпмиз канча хайрияларни максадсиз сарфланганини
Show next 100 comments