Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Мактаб ёки боғча ремонтига сарфлаш керак.
𝓡_𝓧𝓲𝓼𝓵𝓪𝓽𝓫𝓮𝓴
Asfaltga sarflash kerak ✊✊
XURSHID SCARPION
Meni fikrim xamma tumanlardi boğlaydigan yõl bõlishi kerak shu yõl qurulishiga sarflash kerak agar davlat qilmagan bõlsa agar davlat yõllar qurilishini qilgan bõlsa bolalar uchun stadionmi chunki bolalar xammasi qiziqish kuchaygan sportga lekin yõl qurgan odam qurgan yõli turguncha savob oladi
Assalamu aleykum.
Manimcha bu pulni ehson qilganlar savob umidida qilishgan. Shunday ekan, bu pulga u yerda yashayotgan aholini ilm olishiga, ta'lim olishiga yordam beradigan ishga sarflash kerak. Shunda pulni ehson qilganlarga ham savobi doimiy tegib turadi. O'qishga kirmoqchi bo'lganlarni kontraktini to'lab berish, o'qishga kirishga tayyorgarlik ko'rishiga yordam(repititorga to'lovlar).
Yoki umuman uy-joy taqsimotida adolatsizliklar haqida eshityammiz. Ularga uylarini tiklashda yordam qilish kerak.
Hozir ko'pchiliklari ishsiz. Qancha nochorlari bor. Shularga bittadan sigir olib berish kerak. Shu bilan vaqtinchalik bulsada tirikchilik qilishadi.
Assalomu alaykum. Men bevosita jarayonni ichida maʼlum bir muddat boʻldim. Va bugun jabrlanganlarga uy joy va zarur boshqa joxozlar boʻyicha yordam yetarli. Qolaversa suv bosgunga qadar uy joyini ahvoli qanday boʻlishidan qatʼiy nazar zamonaviy standartlarga muvofiq uylar qurilyapti. Qolaversa ish joy borasida ham yirik loyihalar mavjud va katta ish oʻrinlari yaratiladi.
Mening taklifim: men shuni kuzatdimki aholi asosan juda past rentabellik ishlar bilan shugʻullanishgan albatta shunga yarasha daromad ham juda past boʻlgan. Asosiy tirikchilik chorvachilik, dehqonchilik va mardikorlik ishlariga bogʻliq edi.
Endi ularni yashash tarzini oʻzgartirish kerak. Va bu oson boʻlmaydi. Shuning uchun ham tadbirkorlikka va farovon hayotga adaptatsiya markazi tashkil etish kerak. Yani ularga baliq ovlashni oʻrgatish lozim. Men pulni treninglar tashkil etishga sarflash samarali deb hisoblayman.
Assalomu alaykum Sherali fikringizga qushilaman va qullab quvvatlayman
Assalomu alaykum. Menimcha bu pullarni jabrlangan oilalar ichidan aynan qiz farzandlari ko'p bo'lganlariga naqt ko'rinishida berish kerak. Sababi qizi ko'p oilaning tashvishi va harajatlari ancha ko'p. To'y qilishi mumkin, qizini kontraktini to'lashi mumkin.
Manimcha yo'l va bogcha maktablarni tamirlawga iwlatiliwi lozim hamma birdek rohatini koradi har holda osib kelayotga kelajak avlod ciroyli va shinam joyda oqisa yanayam oziga nisbatan intilish boladi
☆Otabek☆°
Assalomu alaykum.Mening fikrim Bekatlar qurush kerak chunku juda kòp yullar qurulgani bilan birorta bekat yòq
Tadbirkorlik bilan shug'ullanishni hohlovchi Sardobaliklarga qarz (foizsiz kredit ko'rinishida) berish mumkin. Shunda u bir nechta mahalladoshini ish bilan ta'minlaydi. Va shu bilan birga bir necha yilda berilgan qarz mablag'lari yana qaytib keladi. Uni yana kimgadir berish mumkin bo'ladi.
Ya,Habibim
Менимча бирор тадбиркороикка ажратиш керак.Тикувчилик цехими ёки пиширик цехи.Керакли асбоб ускуналар ,жихозлар сотиб олинса.Ишсизлар иш билан таъминланган булар эди.
Sardor Xudoynazarov
Kitob sotib olib berish kerak ko'chirilgan aholi uchun qurilgan maktablarga shunda keyingi avlodlar uchun ham oqilona qadam bo'ladi.
Aytmoqchi bo'lgan taklifim yuqorida aytilibdi. Shunday bo'lsada qo'shimcha qilmoqchiman ya'ni maktab va bolalar bog'chalari ham uylar kabi birdek vayron bo'lganligi aniq. Menimcha ular davlat tomonidan ta'mirlanadi. Lekin ularga qo'shimcha ravishda ta'lim jarayonida kerakli bo'lgan(yetishmagan holatlarda) inventar, komputerlar yoki sinf xonalari uchun ko'rgazmali qurollar shaklida ko'mak berilsa menimcha maqsadga muvofiq bo'lardi.
Assalomu alaykum.
Ko’zda tutilayotgan aholi yashash joylariga yaqin joylardan umumiy foydalanish maskani yaratish kerak.

Yana bir taklif:
20 t oilaga lotoreya qilish kerak 10.000.000 dan tegarkan. Har qale bir nimali bup olsa buladi.
Мухаббат Абдирахмановна
Ахоли уртасида уз иш урнига эга инсонлар бор. Иложи булса ищи йук хозирги кунда хеч каерда ишлолмай даромади булмаган ахоли катламига таркатиш лозим. Ахир сардобаликларни хаммаси хам ишсизмаску. Ораларида Олий маълумотли иш урнига эга инсонлар бор. Улар рузгорига етмаетган нарсаларни секин асталик БН тулдиришади. Лекин ишсизларга кийин. Ахир удар уйдаги Хар Бир буюмини мискрллаб йиккан.
Assalamu alaykum.
Bu fojiyadan kopchilk aziyat chekan va qiynalgan, Ammo xozirda ularning orasida kopchiligi ozini tiklab olgan. Bazilar qarindoshlardan, Bazilar biznes orqali, bazilar Prizident komagi orqali,va h.k. yani ular ichida o'z kuchiga ishonb o'zini tiklab olayotgan saloxyatli ishchan odamlar kop. Biz endi ularning ichida yetim, oila boquvchisi yoq, qarib yolgiz qolgan chol va kampirlar, nogironlar, qolidan ish kelmaydiyagan insonlarni topib aynan ularga yordam berishimiz kerak.
Men uchun eng maqul yol shudr.
Aminjon Elmurodov
Бокувчиси йук ёш болали ёки бокувчисиз куп болали оилаларга таксимланса кандай буларкин. Уларнинг сони куп булмаса керак. Факат аник руйхат шакллантириш кк
Show next 65 comments