Маслаҳатингиз керак
Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция
ташкил қилгандик.
Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами
19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак,
203 млн сўм бўлади.
Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.
Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни
бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.
Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами
70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса
10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги
20 минг сўмдан тўғри келади.
❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак.
Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.
👉 @xushnudbek 👈
Mening taklifim: men shuni kuzatdimki aholi asosan juda past rentabellik ishlar bilan shugʻullanishgan albatta shunga yarasha daromad ham juda past boʻlgan. Asosiy tirikchilik chorvachilik, dehqonchilik va mardikorlik ishlariga bogʻliq edi.
Endi ularni yashash tarzini oʻzgartirish kerak. Va bu oson boʻlmaydi. Shuning uchun ham tadbirkorlikka va farovon hayotga adaptatsiya markazi tashkil etish kerak. Yani ularga baliq ovlashni oʻrgatish lozim. Men pulni treninglar tashkil etishga sarflash samarali deb hisoblayman.
Ko’zda tutilayotgan aholi yashash joylariga yaqin joylardan umumiy foydalanish maskani yaratish kerak.
Yana bir taklif:
20 t oilaga lotoreya qilish kerak 10.000.000 dan tegarkan. Har qale bir nimali bup olsa buladi.
Bu fojiyadan kopchilk aziyat chekan va qiynalgan, Ammo xozirda ularning orasida kopchiligi ozini tiklab olgan. Bazilar qarindoshlardan, Bazilar biznes orqali, bazilar Prizident komagi orqali,va h.k. yani ular ichida o'z kuchiga ishonb o'zini tiklab olayotgan saloxyatli ishchan odamlar kop. Biz endi ularning ichida yetim, oila boquvchisi yoq, qarib yolgiz qolgan chol va kampirlar, nogironlar, qolidan ish kelmaydiyagan insonlarni topib aynan ularga yordam berishimiz kerak.
Men uchun eng maqul yol shudr.
Ammo oz fikrmda qolaman.
Hamma foydalanadigan obektlarga. Masalan: Masjidlarga Bog'chalarga, maktablarga, Mahallalarga. Yoki kam taminlangan yoshlarni xalq tilida aytganda boshini ikkita qilish mumkin (uylantirish). Ko'priklarga va suv chiqarish ishlariga sarflasa yaxshi buladi.