Маслаҳатингиз керак
Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция
ташкил қилгандик.
Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами
19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак,
203 млн сўм бўлади.
Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.
Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни
бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.
Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами
70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса
10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги
20 минг сўмдан тўғри келади.
❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак.
Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.
👉 @xushnudbek 👈
Bu fojiyadan kopchilk aziyat chekan va qiynalgan, Ammo xozirda ularning orasida kopchiligi ozini tiklab olgan. Bazilar qarindoshlardan, Bazilar biznes orqali, bazilar Prizident komagi orqali,va h.k. yani ular ichida o'z kuchiga ishonb o'zini tiklab olayotgan saloxyatli ishchan odamlar kop. Biz endi ularning ichida yetim, oila boquvchisi yoq, qarib yolgiz qolgan chol va kampirlar, nogironlar, qolidan ish kelmaydiyagan insonlarni topib aynan ularga yordam berishimiz kerak.
Men uchun eng maqul yol shudr.
Ammo oz fikrmda qolaman.
Hamma foydalanadigan obektlarga. Masalan: Masjidlarga Bog'chalarga, maktablarga, Mahallalarga. Yoki kam taminlangan yoshlarni xalq tilida aytganda boshini ikkita qilish mumkin (uylantirish). Ko'priklarga va suv chiqarish ishlariga sarflasa yaxshi buladi.
Belgilangan miqdordagi pulga shaffoflikni ta'minlagan holda tanlov o'tkazib, zehnli va aqlli, vatanparvar yoshlarni saralab olib, yuridik shartnoma imzolagan holda 5 yil SARDOBA.ni gullab yashnashiga o'z hissasini qo'sha oladigan ( Masalan SARDOBAGA investitsiya olib kirib kela oladigan) sohalarda chet davlatga tahsil olishga yuborish kerak. 4 yillik chet davlat tajribasini organib kelgan yoshlar hoh iqtisodiy bolsin hoh maorif va ta'lim yo'nalishiga o'zgacha bir ruhni olib kira oladi.
Alisher Usmonov
Jahongir Ortiqxo'jayev
Ulug'bek Sotiboldiyev (bek klaster)
shu insonlar iqtisodiy erkinlik bilan birga o'z xalqini ham ish bilan ta'minlab kelishmoqda.
qaysidir o'rinlarda tajribasizlik qilgan bolsam UZR SORAYMAN.