Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Aminjon Elmurodov
Бокувчиси йук ёш болали ёки бокувчисиз куп болали оилаларга таксимланса кандай буларкин. Уларнинг сони куп булмаса керак. Факат аник руйхат шакллантириш кк
Нозимжон
Ассалому алайкум. Мени фикримча ахолига комунал хизматларга сарифлаш керак. Узок йиллик хизмат килсин. Масалан: Янги ичимлик суви кавлаб чикариш керак бу куп йиллар хизмат килади ёки эскисини таъмирлаш керак.
Ассалому Алейкум. Мен жабр курган худуд Околтин туманиданман. Менда давлат томонидан берилган модиий ёрдам олмаган оилалар, хамда богча ва мактаблар учун кушимча зарур булган ёрдам руйхати бор,
Mening fikrimcha, o'sha yerdagi aholi orasida oldindan e'lon berilishi kerak va mazmun quyidagicah bo'ladi : faqat bir kun , muhtoj bo'lgan oilalarga 0.5 kg dan shakar tarqatiladi kimga kerak bo'lsa qaysidir do'konga murojaat qilsin. M'ano shundaki 0.5 kg shakarni olishga faqat muhtoj odam keladi. Do'konga kelib murojaat qilgan muhtojlarga beriladi.shakarni boshqa narsaga ham o'zgartirish mumkin.
Akmal Eshmurodov
Assalomu alaykum menimcha manashu 70 ming aholi ichidan bu Sardoba voqeasidan oldingi yordamga muhtoj oilalar roʻyxatida turuvchi 200 ta oilani topib boʻlib berish
Bobomurod Xudoyqulov
Qurilishi boshlangan masjidlar uchun sarflansa yaxshi bo‘lar edi.
Assalomu alaykum. Xayirli ishlariz bardavom bo'lsin.
Hamma foydalanadigan obektlarga. Masalan: Masjidlarga Bog'chalarga, maktablarga, Mahallalarga. Yoki kam taminlangan yoshlarni xalq tilida aytganda boshini ikkita qilish mumkin (uylantirish). Ko'priklarga va suv chiqarish ishlariga sarflasa yaxshi buladi.
Mahmudov Elmurod
Masjid yoki bolalar oromgohi qurib berilsa yaxshi boʻlardi deb oʻo'ylayman
Umumiy foydalaniladigan kommunikatsiya, suv, gaz aholi uchun oʻta zarur boʻlgan tizimlarni bitishi uchun sarflansa yaxshi boʻlar edi.
G.K.Q
Ассолому алайкум. Кайирли ишингиз учун Худо сизни ёрилкасин. Жабр курганларнинг хеч бирига хам осон эмас. Лекин шундай ишга сарфланг у хаммага бирдек хизмат келсин. Мактаб, балким ерларни кайта ишлашга.
Jabr ko'rgan aholi orasidan fikri teran, el orasida hurmati baland bo'lgan insonlar bilan maslahatlashib ko'rish kerakdir, balki. Har holda ular vaziyatni yaxshi biladi, kim nimaga nihoyatda muhtojligi, kimga qanday yordam kerakligini ular yaxshiroq biladi.
Assalomu alaykum jabr koʻrgan aholiga uylarini yashashga yaroqli qilib har bir honadonga bir bosh qoramol yoki qoʻy berish imkon qadar aholini ish bilan taminlash kerak
Bu yerda qoramol yoki qoʻy ertangi kunga ishonch
Javlon Raxmonov
Assalomu alaykum. Xayrli ishlaringiz davomli boʻlsin. Mani fikrim: maktab va bogʻchalar bu yaqin oylar davomida ishga tushmaydi shu sababli bugungi kunini bir amallab oʻtkazib ertaga oilamga qayerdan bitta non toparkinman deb oʻylab turgan nogiron, ishsiz, boquvchisi yoʻq kabi haqiqiy muhtoj insonlarga oziq-ovqat shaklida berish kerak. (PS. Ularning soni 10 mingta chiqmas) Axir bu yerda och nahor boʻlgan insonlar turganda yopiq boʻlgan maktab va bogʻchaga kompyuter, kitob nima kerak.
Шерали
Мактабни ремонт килиш керак
DilFuZa MALIKOVNA
Assalomu alaykum. Fikrimcha hozirgi u yerdagi vaziyatni chuqurroq organib, ayni damda ularning barchasiga umumiy foydalanadigan nima zarur shuni qilish kerak. Balki kommunal sohasiga balki shifoxona yoki ekin yerlariga kerakdir ...
Avvalambor assalomu aleykum.
Belgilangan miqdordagi pulga shaffoflikni ta'minlagan holda tanlov o'tkazib, zehnli va aqlli, vatanparvar yoshlarni saralab olib, yuridik shartnoma imzolagan holda 5 yil SARDOBA.ni gullab yashnashiga o'z hissasini qo'sha oladigan ( Masalan SARDOBAGA investitsiya olib kirib kela oladigan) sohalarda chet davlatga tahsil olishga yuborish kerak. 4 yillik chet davlat tajribasini organib kelgan yoshlar hoh iqtisodiy bolsin hoh maorif va ta'lim yo'nalishiga o'zgacha bir ruhni olib kira oladi.

Alisher Usmonov
Jahongir Ortiqxo'jayev
Ulug'bek Sotiboldiyev (bek klaster)
shu insonlar iqtisodiy erkinlik bilan birga o'z xalqini ham ish bilan ta'minlab kelishmoqda.
qaysidir o'rinlarda tajribasizlik qilgan bolsam UZR SORAYMAN.
Абдурашид.
Масжид курилишига беринг хаммасини
Assalomu aleykum menimcha bu pullarni sharoiti og'ir oilalarning farzandlarini oliy ta'lim muassasalarida o'qitish uchun sarflasangiz yaxshi bo'lardi yoki yangi ish o'rinlari tashkil etish uchun sarflagan ma‘qul.
Qishloq vrachlik punkti qilib bering bolsa agar. Jixozlar olib berilsa yaxshi bolsa kerak.
Show next 45 comments