Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
👑✔Arslonbek✔👑
Assalom Aleykum Men kecha Sardobadan keldim qaytatamirlanayotgan uylarni elektrik kasini qildim togrisini aytsam men u odamlarga bir sum ham bermasdm deyarli kopchiligi juda noshukur ekan bekorga suv bosmabdi qancha rozilgini olay desang shunchnorizo boladi davlatimiz shuncha yordam berayotgan bir paytda bundankura bermagani yaxshidi diganlar ham boldi sizlardan iltimos ularga rahmila kemasin shunga lloyiq odamlar ekan pulni undan kora Sardobadagi yetimxonani shotiga utqazish kerak hammaga raxmat men bu gaplani ollox uchun aytim ☝
Axolini xamasi xam unday emas. Men xam eshitm.( Bizga sardobliklar bir maxalani kollejimzga kochrib kelishdi, Yangam ayollardan xabar olgani oldilariga kirsa ayyolar nos chekib birov korb qolmasn deb buxankani ichi tuflawyapti ekan) Biroz achig'im keldi. Ammo 5 qol baravar emas. Xamma joyda yaxshi xam yomon xam borda. Shunday bir ikki kishini deb xamaga yomon muomala qilolmaymiz.
Ular xam yurtimz, Vatandoshimiz qanday vaziyat bolmasin, ularga qoldan kelgancha yordam berishimiz kk.
Мухтожликни урганиб чикиш керак. Таркатаман диса хаммага керак пул, аммо имконсизлик даражаси юкори булганларни ажратиб олиб кн. Эхтиедини эшитиб ердам килиш керак.
Ассалому алайкум.Мени шахсий фикрим, боқувчисини йўқотган(яни-турмуш ўртоғини оламдан ўтган бўлса!!!!! ажрашганига эмас!!!) ёлғиз аёлларга болаларини келажаги учун сарфлангани яхшимиди? Ёш болалари бўлса боласини номига ҳисоб рақам очилсами? келажакда ишлатиши учун ёки олий ўқув юртига кирадиган ёшда бўлса ўқишига ёрдам бериш керакми? ёки бирорта ишлаб чиқариш қуриб бериш керакми? Келажакда отасини бу дунёда йўқ эканлигига афсусланмасин!!!! Бу менинг шахсий фикрим. Нотўғри фикр билдирган бўлсам олдиндан узур.
Shohrux Avlokulov
Boquvchisini yuqotgan nochor oilalarning farzandlari uchun sarflansa juda urinli bulardi. Aksariyat qiyinchilik kurgan oila farzandlaridan yurt koriga yaragan insonlarni guvohi buldim. Yanayam shahsiy fikrim...
Shoira Karimqulova
o'ta nochor,nogironligi bor,boquvchisini yo'qotgan oilalarga yordam qilish kerak yoki Sardoba axolisini fikrini o'tganib umumiy xamma foydalansa bo'ladigan
biror maskan qurish kerak
Menimcha u yerda hozir kop aholini sharoiti yaxshimas bu pul kopchilikka yetmaydi shu uchun buni maktabga yoki maktabgacha talim muassasasiga yo bolmasam polinikiga sarflash kerak
Student
Men ko'pchilikni fikriga qo'shilaman Moddiy yordam bergan bilan u hech qanchaga yetmiydi Yani agar 1 milion yo 2 milliondan bo'lib bersayiz bu pulni ular uzog'i 1 oyda tugatishadi Lekin Manaviy yordam bir umrga yetadi Fikrimcha hozir o'sha boquvchisini yo'qotgan kam taminlangan oilalar ro'yhatini tuzib Ularni o'rganish kk Albatta ularni ichida insitutda o'qishni orzu qiladigan 16 17 15 18 yoshlilarni ajratib olib ularni ichidan iqtidorlilari un jamg'armadan pul ajratish kk Yani ularni chet tiliga Yani Aits ga tayorlash kk Hozir Ailts Bali yaxshi bo'lsa O'zbekistondayam Horijdayam bu talabalarni grantga qabul qiladi Aytaylik 400 ta boquvchisini yo'qotgan oilani farzandi bo'sa bularni ichidan 50 ta yaxshi bilimli ilmga chanqoq yoshlar ajratib olinsa Har biriga 1 shart bilan Yani 1 yil ichida ingliz tilini kamida 5.5 aits oladigan darajasida o'zlashtirish sharti qo'yilib ularga 4 milliondan bo'lib berilsa juda yaxshi bo'ladi Albatta bunga korrupsiya aralashishiga yo'l qo'ymaslik kk Agar 4 million olib Ailts Dan 5.5 ham ololmasa 4 millionni qayta jamg'armaga topshirish kk Albatta buning un Sardobalik fidoiy halol jonkuyar insonlarni topish kk Agar shulardan hech bo'lmasa 10 nafari berilgan mablag'ni oqlab Chet davlatlarda o'qisa butun umr bu yaxshiligizni unuta olishmaydi Va yurtimiz un Sardobaliklar un butun umr hizmat qiladigan Yetuk insonlar bb yetishishadi Agar hozir hisoblaydigan bo'lsak juda ko'p yoshlar horijda o'qishgan va o'sha yerda ishlashyapti Qani aytingchi necha foizi Vatani un Jon kuydiryapti Albatta bu gaplarim jamg'armaga vijdonan pul o'tkazgan horijlik Vatandoshlarimizga tegishli emas Men aytadigan ishlar albatta qiyin ln harakat qilsa hamma narsaga erishish mumkin Bu pullarni shunchaki kam taminlangan oilalarga bb berib ish bitmaydi Ular bu pullarni darrov ishlatib yuborishadi Meni fikrlarim shu Imloviy xatolarim un uzr
Хозирги вазиятда худуддаги тиббий хизматни яхшилаш учун йуналтириш Айни пайтда пуллар самарали сарфланган булади хамда хар бир сардоба ахлига тегишли булади. Таклиф куп л.н уринлиси шу манимча
1. Maktab Qurish
2. Klinika qurish
3. Muhtoj bo'lgan ayollarga tarqatish
4. Biron daromad keltiradigan business ga pulni tikib, daromadidan 1,2,3-kategoriyalardagiga har oy oz-ozdan bo'lsa ham berib turish
5. Iqtidorli bolalarni imtihon bilan tanlab olib o'qitish.
6. Toshkentdan 1-xonali kvartira sotib olib turistlarga yoki mahalliy odamlarga ijaraga berish. Har oylik pulidan 1,2,3, 5- kategaroyalarga pul berib turish. Shunda davomiy yordam bo'lib turadi.
Anvar
Ассалому алекум Хушнутбек ака Мени фкримча ахоли орасидан боқучисини йўқотган, Кўп болали камбағал, ногуронлиги бор, кантракт пулига жуда мутож бўлган оилалардан танлаб олиниб уларга бериш керак.ёки жамгарма ташкил қилиб Йгилган пулни омонатга қуйиб 10-15 оилага ойлик пасоба олиб туришни ташкил қилса хам бўлади
Салом.
Менинг фикримча давлат тамонидан умуман ёрдам олмаган яни уйи кадастр қилинмаган фуқораларга берсангиз.
Улар сони кўп бўлмаса керак
Assalomu aleykum Xushnudbek aka yaxshi ishga bel bog'labsiz inshoolloh xayrli bolsin.
Menimcha agar pul miqdori kamroq bolsa unda aholi uchun ayni vaqtda zarur bo'lgan biror biznes yoki ish uchun sarmoya qilsa yaxshi bolardi. Aholini ishlash uchun imkon yaratish samarani bir necha barobar oshiradi. Masalan aholiga chorva uchun 1mln sarflasak ular 1 mln chorva va har oylik 200 ming daromad olish imkoniyati yaratiladi. Albatta ishlash uchun sharoit qilib berilsa uzoqroq muddatli ta'minot bo'lar edi. Albatta ertaroq qilingan sarmoya ertaroq natija beradi.
Eng maqul yo'l shu jabrlanganlar orasida studentlari bor oilalar bo'lishi mumkin sharoitdan kelib chiqqan holda ular orasidan qiynalgan oilalarni aniqlab 20 ta bolani kontrakt puligan 10 mln dan bolib otkazib berish kk zero bilim olishga kiritilgan sarmoya eng maqul yo'l ekanligi hammaga ma'lum. Shular kelajakda shu pulni 200 mln$ qilib topsa ajabmas!
Br necta firma ochib ularni iw bn taminlaw kk.
Rrr .......
Assalom alaykum Xushnudbek aka. Bu jamg'armangiz o'sha yerdagi jabrlangan 70 ming fuqaro uchun to'plangan mablag',bunda o'sha insonlarning har birining haqqi bor. O'sha hududda 10ta MFY talofat ko'rgan. Manashu 10ta MFY hududidagi har bir MFY binolarini oldida bittadan bisetka quriladigan bo'lsa, bu o'sha yerdagi fuqarolarga ko'p yillar xizmat qilar edi.
Eng tog'risi maktab, maktabgacha talim kasal xona va yol tamiriga oz miqdordan bo'lsa ham berib chiqish lozm deb bilaman shundagina sanoqli fuqoraga emas balki umumiy fuqarolarga yordam qilingan bo'lardi...
А, bu kanalda Qadrli kanalimiz hayotiy🤔, по voqealarga asoslangan😢,🤣 hikoyalar kulgili, shu bilan birga status, profile uchun🎆 fotolar, musiqalar🎶 joylanadi.
Kanalimizdan uzoqlashmang.



Biz bilan bog 👇👇👇
@Magic1814
https://t.me/hikoyam_814
Eng kambag‘alroq bo‘lganlariga tarqatish kerak.
Yoki umumiy ish, masalan suv, gaz, elektr uzatish ishlarida foydalansa ham bo‘lsa kerak.
Osha joydagi transformatirlar buzilib qolagani aniq, shuni tamirlashmi yoki yangisini olishgami sarflash kerak, shunda hammasiga birdek nafi tekkan bolardi
Show next 24 comments