Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Хозирги вазиятда худуддаги тиббий хизматни яхшилаш учун йуналтириш Айни пайтда пуллар самарали сарфланган булади хамда хар бир сардоба ахлига тегишли булади. Таклиф куп л.н уринлиси шу манимча
1. Maktab Qurish
2. Klinika qurish
3. Muhtoj bo'lgan ayollarga tarqatish
4. Biron daromad keltiradigan business ga pulni tikib, daromadidan 1,2,3-kategoriyalardagiga har oy oz-ozdan bo'lsa ham berib turish
5. Iqtidorli bolalarni imtihon bilan tanlab olib o'qitish.
6. Toshkentdan 1-xonali kvartira sotib olib turistlarga yoki mahalliy odamlarga ijaraga berish. Har oylik pulidan 1,2,3, 5- kategaroyalarga pul berib turish. Shunda davomiy yordam bo'lib turadi.
Anvar
Ассалому алекум Хушнутбек ака Мени фкримча ахоли орасидан боқучисини йўқотган, Кўп болали камбағал, ногуронлиги бор, кантракт пулига жуда мутож бўлган оилалардан танлаб олиниб уларга бериш керак.ёки жамгарма ташкил қилиб Йгилган пулни омонатга қуйиб 10-15 оилага ойлик пасоба олиб туришни ташкил қилса хам бўлади
Салом.
Менинг фикримча давлат тамонидан умуман ёрдам олмаган яни уйи кадастр қилинмаган фуқораларга берсангиз.
Улар сони кўп бўлмаса керак
Assalomu aleykum Xushnudbek aka yaxshi ishga bel bog'labsiz inshoolloh xayrli bolsin.
Menimcha agar pul miqdori kamroq bolsa unda aholi uchun ayni vaqtda zarur bo'lgan biror biznes yoki ish uchun sarmoya qilsa yaxshi bolardi. Aholini ishlash uchun imkon yaratish samarani bir necha barobar oshiradi. Masalan aholiga chorva uchun 1mln sarflasak ular 1 mln chorva va har oylik 200 ming daromad olish imkoniyati yaratiladi. Albatta ishlash uchun sharoit qilib berilsa uzoqroq muddatli ta'minot bo'lar edi. Albatta ertaroq qilingan sarmoya ertaroq natija beradi.
Eng maqul yo'l shu jabrlanganlar orasida studentlari bor oilalar bo'lishi mumkin sharoitdan kelib chiqqan holda ular orasidan qiynalgan oilalarni aniqlab 20 ta bolani kontrakt puligan 10 mln dan bolib otkazib berish kk zero bilim olishga kiritilgan sarmoya eng maqul yo'l ekanligi hammaga ma'lum. Shular kelajakda shu pulni 200 mln$ qilib topsa ajabmas!
Br necta firma ochib ularni iw bn taminlaw kk.
Rrr .......
Assalom alaykum Xushnudbek aka. Bu jamg'armangiz o'sha yerdagi jabrlangan 70 ming fuqaro uchun to'plangan mablag',bunda o'sha insonlarning har birining haqqi bor. O'sha hududda 10ta MFY talofat ko'rgan. Manashu 10ta MFY hududidagi har bir MFY binolarini oldida bittadan bisetka quriladigan bo'lsa, bu o'sha yerdagi fuqarolarga ko'p yillar xizmat qilar edi.
Eng tog'risi maktab, maktabgacha talim kasal xona va yol tamiriga oz miqdordan bo'lsa ham berib chiqish lozm deb bilaman shundagina sanoqli fuqoraga emas balki umumiy fuqarolarga yordam qilingan bo'lardi...
А, bu kanalda Qadrli kanalimiz hayotiy🤔, по voqealarga asoslangan😢,🤣 hikoyalar kulgili, shu bilan birga status, profile uchun🎆 fotolar, musiqalar🎶 joylanadi.
Kanalimizdan uzoqlashmang.



Biz bilan bog 👇👇👇
@Magic1814
https://t.me/hikoyam_814
Eng kambag‘alroq bo‘lganlariga tarqatish kerak.
Yoki umumiy ish, masalan suv, gaz, elektr uzatish ishlarida foydalansa ham bo‘lsa kerak.
Osha joydagi transformatirlar buzilib qolagani aniq, shuni tamirlashmi yoki yangisini olishgami sarflash kerak, shunda hammasiga birdek nafi tekkan bolardi
Shokir Ro‘zmetovich
Shu hududdan biron maktab yoki bog‘chani ta‘mirlang hammaga ketadi savobi. Boringki kelajak uchun ham xizmat qiladi.
Quroni Karim sovgʻa qilish kerak. Zero Qurʼon bor uyda yaxshilik boʻladi. Oʻzbekcha tarjimali boʻlsa balki oʻqib ilmli boʻlar.
https://t.me/magistrlar_2020 magistrga topshirmoqchi bolgan abitrenlar diqqatiga kanalga az bolila yagona kanal hamda guruh
Maktab, bog‘cha, Masjid
Menimcha siz o‘sha zararlangan hududlarni ko‘zdan kechirsangiz, o‘sha hududlarni yaxshi o‘rgansangiz va o‘sha hududda bo‘lsangiz bu savolga eng yaxshi yechimlarni topasiz degan umiddaman, InshaAlloh
Islombek
Menimch 1 navbatda toza ichimlik suvini tiklashga yordam berish kerak keyin boqcha, maktab, masjid
So'rab surishtirilib 70000 aholidan eng iqtidorli sharoiti og'ir 10 ta abutrentga amaliy yordam berish kerak.Bali yuqori institutlarga larga kontrakt kirgankariga to'lab berilsa,yaxshi bo'lardi.Chunki kelajakda ular oilasiga yaxshi sharoit yaratib zanjir xosil qiladi.
Nazarimda ushbu pullarni jamoat binolari qurilishiga, ya'ni hududda istiqomat qilayotgan barcha aholi manfaatlariga xizmat qiluvchi binolar qurilishi va jihozlanishi uchun sarflagan ma'qul. Misol uchun, masjidlar, ta'lim muassaslari, shifoxonalar.
Show next 16 comments