Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Rrr .......
Assalom alaykum Xushnudbek aka. Bu jamg'armangiz o'sha yerdagi jabrlangan 70 ming fuqaro uchun to'plangan mablag',bunda o'sha insonlarning har birining haqqi bor. O'sha hududda 10ta MFY talofat ko'rgan. Manashu 10ta MFY hududidagi har bir MFY binolarini oldida bittadan bisetka quriladigan bo'lsa, bu o'sha yerdagi fuqarolarga ko'p yillar xizmat qilar edi.
Eng tog'risi maktab, maktabgacha talim kasal xona va yol tamiriga oz miqdordan bo'lsa ham berib chiqish lozm deb bilaman shundagina sanoqli fuqoraga emas balki umumiy fuqarolarga yordam qilingan bo'lardi...
А, bu kanalda Qadrli kanalimiz hayotiy🤔, по voqealarga asoslangan😢,🤣 hikoyalar kulgili, shu bilan birga status, profile uchun🎆 fotolar, musiqalar🎶 joylanadi.
Kanalimizdan uzoqlashmang.



Biz bilan bog 👇👇👇
@Magic1814
https://t.me/hikoyam_814
Eng kambag‘alroq bo‘lganlariga tarqatish kerak.
Yoki umumiy ish, masalan suv, gaz, elektr uzatish ishlarida foydalansa ham bo‘lsa kerak.
Osha joydagi transformatirlar buzilib qolagani aniq, shuni tamirlashmi yoki yangisini olishgami sarflash kerak, shunda hammasiga birdek nafi tekkan bolardi
Shokir Ro‘zmetovich
Shu hududdan biron maktab yoki bog‘chani ta‘mirlang hammaga ketadi savobi. Boringki kelajak uchun ham xizmat qiladi.
Quroni Karim sovgʻa qilish kerak. Zero Qurʼon bor uyda yaxshilik boʻladi. Oʻzbekcha tarjimali boʻlsa balki oʻqib ilmli boʻlar.
https://t.me/magistrlar_2020 magistrga topshirmoqchi bolgan abitrenlar diqqatiga kanalga az bolila yagona kanal hamda guruh
Maktab, bog‘cha, Masjid
Menimcha siz o‘sha zararlangan hududlarni ko‘zdan kechirsangiz, o‘sha hududlarni yaxshi o‘rgansangiz va o‘sha hududda bo‘lsangiz bu savolga eng yaxshi yechimlarni topasiz degan umiddaman, InshaAlloh
Islombek
Menimch 1 navbatda toza ichimlik suvini tiklashga yordam berish kerak keyin boqcha, maktab, masjid
So'rab surishtirilib 70000 aholidan eng iqtidorli sharoiti og'ir 10 ta abutrentga amaliy yordam berish kerak.Bali yuqori institutlarga larga kontrakt kirgankariga to'lab berilsa,yaxshi bo'lardi.Chunki kelajakda ular oilasiga yaxshi sharoit yaratib zanjir xosil qiladi.
Nazarimda ushbu pullarni jamoat binolari qurilishiga, ya'ni hududda istiqomat qilayotgan barcha aholi manfaatlariga xizmat qiluvchi binolar qurilishi va jihozlanishi uchun sarflagan ma'qul. Misol uchun, masjidlar, ta'lim muassaslari, shifoxonalar.
Doston @ .
Oʻsha hududdagi ogʻir kasallikka chalingan bemorlarga berish kerak
Doston @ .
Doston @ .
Oʻsha hududdagi ogʻir kasallikka chalingan bemorlarga berish kerak
Inson hamma narsaga chidaydi lekin yaqin jigari kasal boʻlsa qayeridir ogʻrisa bunga chidashi qiyinroq.
Odamlarga tarqatmasdan Sardoba obodonchiligi uchun qoʻshish kerak. Masalan yoʻl qurilish, transformator, simciroqlar, ...
Муҳаммад Юсуф
Энг яхши инвестиция бу таълимга тикилган инвестициядир. Таълимга сарфлаш керак. Албатта бу инвестиция эмасдир лекин барибир таълимга сарфлаш керак. Шунда ўша сув омборни қурган чаласаводлар бўмайди
Насиба Абдугаппаровна
Огир бемори бор хлнадонларга бериш лозим
Менинг маслахатим Сардоба худудидаги 6та йирик мактаблар кошида прогресс тайёрлов марказларини ташкил этинг. Масалан: Мактаб+укиш+карера (7-синфдан 11-синфгача, ОТМ ва сохаси буйича иш)марказларини очиш керак ва албатта вазирлик билан келишган холда, худуднинг энг(билимдон ёшларини саралаб танлаган сохаларининг асл эгалари булишига кумаклашиш)
Чунки 100 камровни бу маблаг билан иложи йук. Тайёрлов марказлари тажрибада утган узини оклаган усул, марказ факат ОТМ киргунча эмас карерагача уз кадрларини химоялаш, кумаклашишини кузда тутиш керак
Show next 9 comments