🤩 Copernicus xalqaro olimpiadasi endi O‘zbekistonda!🏆 18-may kuni respublikamizning
12 ta hududida bir vaqtning o‘zida
matematika fanidan
oflayn tarzda
Copernicus xalqaro olimpiadasining saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi.
📌 Olimpiadaning
final bosqichi
iyul oyining oxirida
AQShning
Nyu-York shahrida joylashgan
Kolumbiya universitetida bo‘lib,
final bosqichida dunyoning
54 dan ortiq mamlakatlaridan saralangan o‘quvchilar ishtirok etadi. Olimpiadada
3-sinfdan 12-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar qatnashish imkoniyatiga ega, ammo istisno tarzida
O‘zbekistonlik 1–2-sinf o‘quvchilari uchun ham qatnashish imkoniyati berildi.
⚡️ Ushbu olimpiada — xalqaro darajada o‘zingizni sinab ko‘rish uchun katta imkoniyat! Shunday ekan, bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!‼️ Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!ℹ️ Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha video-qo‘llanma
➡️ keyingi ➡️ postda berilgan.
KHISO olimpiada kanalida 25-apreldan beri 18-mayda boʻladigan Copernicus xalqaro olimpiadasi final oldi saralash bosqichi haqida videolar va videolar ostida maʼlumotlar joylab kelayapmiz. Shular bilan yaxshilab tanishib chiqishingizni tavsiya qilamiz! Shunda tushunib olasiz roʻyxatdan oʻtishni. Roʻyxatdan oʻtish uchun alohida video qoʻllanma ham tayyorlab, joylashtirilgan shu kanalimizga.
Avvalo soat 09:00 da KHISO olimpiadasi, undan soʻng esa soat 11:00 da Copernicus xalqaro olimpiadasi final oldi saralash bosqichi boʻlib oʻtadi.
Avvalo soat 09:00 da KHISO olimpiadasi, undan soʻng esa soat 11:00 da Copernicus xalqaro olimpiadasi final oldi saralash bosqichi boʻlib oʻtadi.
KHISO olimpiada kanalida ayrim videolar ostida viloyatlar rasmiy kanali uchun havola berilgan. Shu havola orqali oʻz hududingiz kanaliga oʻtasiz va oʻsha yerdan olimpiada boʻlib oʻtadigan manzil haqida bilib olishingiz mumkin.
Bugun deganda qaysi paytni nazarda tutayapsiz? Bugun olimpiada boʻlmayapti-ku!
1-oʻrin 10%, 2-oʻrin 5% chegirmaga ega boʻladi Amerikadagi final bosqichida qatnashish xarajatlari boʻyicha. Iqtidori va bilimi yuqori boʻlgan ayrim oʻquvchilarni moliyalashtirish masalasi koʻrib chiqilmoqda.
Shaxsiy xabardan maʼlumotlar yuborib qoʻyamiz!
Natijasiga qarab. Hozircha 100 ta oʻquvchini final bosqichiga olib borish rejalashtirilmoqda. Balki, yana oʻzgarish boʻlib qolishi ham mumkin!
Qachon toʻlovni amalga oshirgan edingiz?
Har oyning 1 va 3-yakshanbasida anʼanaviy tarzda KHISO olimpiadasi boʻlib oʻtadi. Uni oʻzgartira olmaymiz! Copernicusga keladigan boʻlsak, 25-maygacha final bosqichiga boradigan oʻquvchilar roʻyxati elchixonaga topshirilishi kerak. Uni ham vaqtini oʻzgartirib boʻlmaydi.
4-maydagi KHISO olimpiadasida shu yili boʻlib oʻtgan Copernicus xalqaro olimpiadasi Dubay raundida tushgan savollardan foydalanilgan edi. Ertaga ham kanalimizda onlayn test boʻladi. Bu haqida ham xabar tashlangan yuqorida eʼtibor bilan kuzatsangiz.