🤩 Copernicus xalqaro olimpiadasi endi O‘zbekistonda!🏆 18-may kuni respublikamizning
12 ta hududida bir vaqtning o‘zida
matematika fanidan
oflayn tarzda
Copernicus xalqaro olimpiadasining saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi.
📌 Olimpiadaning
final bosqichi
iyul oyining oxirida
AQShning
Nyu-York shahrida joylashgan
Kolumbiya universitetida bo‘lib,
final bosqichida dunyoning
54 dan ortiq mamlakatlaridan saralangan o‘quvchilar ishtirok etadi. Olimpiadada
3-sinfdan 12-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar qatnashish imkoniyatiga ega, ammo istisno tarzida
O‘zbekistonlik 1–2-sinf o‘quvchilari uchun ham qatnashish imkoniyati berildi.
⚡️ Ushbu olimpiada — xalqaro darajada o‘zingizni sinab ko‘rish uchun katta imkoniyat! Shunday ekan, bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!‼️ Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!ℹ️ Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha video-qo‘llanma
➡️ keyingi ➡️ postda berilgan.
Natijasiga qarab. Hozircha 100 ta oʻquvchini final bosqichiga olib borish rejalashtirilmoqda. Balki, yana oʻzgarish boʻlib qolishi ham mumkin!
Qachon toʻlovni amalga oshirgan edingiz?
Har oyning 1 va 3-yakshanbasida anʼanaviy tarzda KHISO olimpiadasi boʻlib oʻtadi. Uni oʻzgartira olmaymiz! Copernicusga keladigan boʻlsak, 25-maygacha final bosqichiga boradigan oʻquvchilar roʻyxati elchixonaga topshirilishi kerak. Uni ham vaqtini oʻzgartirib boʻlmaydi.
4-maydagi KHISO olimpiadasida shu yili boʻlib oʻtgan Copernicus xalqaro olimpiadasi Dubay raundida tushgan savollardan foydalanilgan edi. Ertaga ham kanalimizda onlayn test boʻladi. Bu haqida ham xabar tashlangan yuqorida eʼtibor bilan kuzatsangiz.
1 soat vaqt, 25 ta savol. Har bir toʻgʻri javob uchun 4 ball, xato javob uchun 1 balldan jarima qoʻllaniladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va butun respublika boʻylab oʻtkaziladi oflayn tarzda. Kanalimizda bu haqida videolar qoʻyib borilmoqda. Obuna boʻling va yangiliklarni oʻtkazib yubormang! Ayniqsa, 25-apreldan buyon qoʻyib borilgan video va video ostidagi maʼlumotlar bilan yaxshilab tanishib chiqishingizni tavsiya qilamiz!
Hozircha faqat matematika fani boʻyicha oʻtkaziladi.
Videoda aytilgan 18-may kuni deb.
Copernicusolympiad.us saytiga kirsangiz, saralash bosqichi badal toʻlovi 25$ etib belgilangan. Ammo ular bilan kelishgan holda, Oʻzbekistonlik oʻquvchilar birinchi marta qatnashayotganligi hisobga olib, 200.000 dan boshlab, bosqichma-bosqich oshirib borishga kelishildi.