Audio
❓Талабалар ҳам абитуриент сифатида ўқишга ҳужжат топшира оладими? Ўқишга кира олмаса талабалар сафидан чиқарилмайдими?
#abituriyent

Овозли чатда бир талаба дўстимиз худди шу савол билан мурожаат қилди. Унга жавобимни юқоридаги аудиода эшитишингиз мумкин.

Жавоб: ҳозир Ўзбекистондаги ёки хориждаги исталган ОТМда талаба бўлиб ўқиётганлар ҳам абитуриент сифатида ДТМ сайтидан рўйхатдан ўтиб, ҳужжат топшира олади. Ўқишга кирса ва ўша ерда ўқишни истаса, ҳозирги ОТМда ўз хоҳишига кўра, талабалар сафидан чиқади. Агар ўқишга кира олмаса, ҳозирги жойида талабалар сафидан чиқарилмайди. Бунга ҳеч қандай ҳуқуқий асос йўқ.

Қўшимча изоҳ: Овозли чатда бир нарсани айтишни унутибман. Авваллари тестга кирган талабалар ўқишдан ҳайдалгани рост. Чунки улар ўқишга қалбаки ҳужжатлар билан ёки бировнинг ўрнига "паравоз" бўлиб киришар эди. Ўшанчун ҳайдалган. Тест пайтида бундай қинғир ниятли талабалар аниқланса, ҳозир ҳам талабалар сафидан чиқарилади.


👉 @xushnudbek 👈

330 comments

Show 74 more comments
🌍🌎🌏 ⁰¹²
Жисмоний тарбияни нармавиви чиктими ким билад????
Ikkita hujjat b.n boshqa, boshqa joylarga topshirsa ham b.dimi
Imtiyozlar ham o'tadimi
Javob ham toʻliq boʻlmapti Xushnudbek aka
Masalan talaba kantrakt asosida oʻqiydi 2-yoki 3- kursda, Hop u yana qaytadan abituriyent sifatida hujjat topshirib Budjet asosida oʻqishga kirdi, unda nima boʻladi oʻqiy oladimi yoki oliy taʼlim bunga ruxsat bermaydimi.
Chunki oʻqigan bilimli talabalar omadi kelmay kantrakt asosida oʻqishga kirdida va 1- kursni tamomlab, qayta hujjab topshirib Budjet asosida oʻqishga kiryatti, va 3 yil kantrakt emasu 4 yil budjetda oʻqiyatti, faqatgina 1 yil vaqti va 1 yillik kantrakt puli kuyatti. Shunga manimcha budjetda boʻlsa oliy taʼlim ruxsat bermasa kerak.
Shunga oydinlik kiritib oʻtsaiz.
Assalom alaykum Xushnudbek gulDu sirtqidan SamDu kunduzgi talimga kuchirsa buladimi iqtisoddan iqtisodga
Naim Qobilov
Хушнуд ака яхшимисиз ўтган йили дтм.уз сайтида ҳар кунлик қабул қилинган ҳужжатлар тўғрисида ОТМларда йўналишлар кесимида маълумотлар бериб бориларди, шу йил шундай маълумотларни тополмаяпман, қаердан билсак бўлади шу маълумотларни?
Assalom alekum Xushnudbek men perevod qimoqchiman shunga hujjat topshiryapman lekin sayt qotib qolgan topshirishni iloji bo'lmayapti o'zi sayt ishlaydimi kiyinroq bosa ham
Sh_e_R_z_O_D
Xushnudbek aka Savolimdan wundan iborat 1 kurs talabasiman xarbiy imtiyoz bilan uqishka kirdim agar qaytadan topshirsam yana Shu xarbiy imtiyozim utadimii
Murodjon 🌙
Òtgan yili hujjat topshirmoqchi bòlgqn edim hamma ma'lumotlarimni kiritganimda ba'zada topilmaganligini aytgan edi, talaba bóla turib yana hujjat topshirmoqcgi bòlgan edim
No Name
Assalomu alaykum,Men xorijiy oliygoh talabasiman.Savolim shundan iboratki Oʻzbekistonga ham abituriyent sifatida ham xorijdan oʻqishini koʻchirayotgan talaba sifatida hujjat topshirsam boʻladimi,muammo yoki qonunbuzarliklar boʻlmaydimi
Mashhura Ernazarova
Assalomu alaykum men hozirda talabaman va kantrakda òqiyman agar yana hujjat topshirsam yana kantranktga kirsam òqishimni kelgan joyidan davom ettirsam bòladimi
Show next 100 comments