❓Талабалар ҳам абитуриент сифатида ўқишга ҳужжат топшира оладими? Ўқишга кира олмаса талабалар сафидан чиқарилмайдими?
#abituriyent
Овозли чатда бир талаба дўстимиз худди шу савол билан мурожаат қилди. Унга жавобимни юқоридаги аудиода эшитишингиз мумкин.
Жавоб: ҳозир Ўзбекистондаги ёки хориждаги исталган ОТМда талаба бўлиб ўқиётганлар ҳам абитуриент сифатида ДТМ сайтидан рўйхатдан ўтиб,
ҳужжат топшира олади. Ўқишга кирса ва ўша ерда ўқишни истаса, ҳозирги ОТМда ўз хоҳишига кўра, талабалар сафидан чиқади. Агар ўқишга кира олмаса, ҳозирги жойида
талабалар сафидан чиқарилмайди. Бунга ҳеч қандай ҳуқуқий асос йўқ.
Қўшимча изоҳ: Овозли чатда бир нарсани айтишни унутибман. Авваллари тестга кирган талабалар ўқишдан ҳайдалгани рост. Чунки улар ўқишга қалбаки ҳужжатлар билан ёки бировнинг ўрнига "паравоз" бўлиб киришар эди. Ўшанчун ҳайдалган. Тест пайтида бундай қинғир ниятли талабалар аниқланса,
ҳозир ҳам талабалар сафидан чиқарилади.👉 @xushnudbek 👈
Masalan talaba kantrakt asosida oʻqiydi 2-yoki 3- kursda, Hop u yana qaytadan abituriyent sifatida hujjat topshirib Budjet asosida oʻqishga kirdi, unda nima boʻladi oʻqiy oladimi yoki oliy taʼlim bunga ruxsat bermaydimi.
Chunki oʻqigan bilimli talabalar omadi kelmay kantrakt asosida oʻqishga kirdida va 1- kursni tamomlab, qayta hujjab topshirib Budjet asosida oʻqishga kiryatti, va 3 yil kantrakt emasu 4 yil budjetda oʻqiyatti, faqatgina 1 yil vaqti va 1 yillik kantrakt puli kuyatti. Shunga manimcha budjetda boʻlsa oliy taʼlim ruxsat bermasa kerak.
Shunga oydinlik kiritib oʻtsaiz.
ayniqsa kantraktda oʻqiyatgan talabalar uchun, masalan oʻqiyatgan yoʻnalishidan balandroq yoʻnalishga budjet asosida kirsa albatta oʻqiydida
Chunki oʻylab qaresez endigina 1-kursni tamomlagan kantraktda oʻqiyatgan bilimli talabalar juda koʻp.
Ulardan nima ketadi yana hujjat topshirib Budjet asosida oʻqishga kirsa faqatgina 1 yil vaqt va 1 yillik kantrakt puli, bu degani 3 yil kantrakt pulidan yutyattiku u.
Menimcha budjetga kirsa ruxsat yoʻq boʻlsa kerak.
Oddiygina savolga ham javob soʻrash shart emasku, aytyatikku kirsangiz ham hohlasangiz yangittan oʻqiysiz hohlasangiz oʻqishingizni kelgan joyidan davom ettirasiz deb