Ajib holat.

Tarovehni tugatib tashqariga chiqdim. Jiyanim amaki "morojniy" obering dedi. Eshikni tagida Andijon muzqaymoģi bor ekan. Navbatga turdik. Bizdan avvalgilar olib bòlgach navbat tegdi. Shu payt atrofni biroz kuzatdim. Qarasam 4 ta yosh bolalar navbatda turishibdi. Ularning faqat bittasini qòlida pul turibdi, yaxshilab qarasam 5 ming sòm, boshqa yòq. Bir-birining quloģiga nimadir deyapti, eshitilmadi.
Biz muzqaymoqni olib bòldik, jiyanimni san boraver man yetib olaman deb jònatib yubordim. Kuzatsam faqat bittasi muzqaymoq olmoqda, qolgan 3 tasi esa intiq bòlib qaramoqda. Vaziyatni tushunganday bòlib, sotuvchiga asta imo qilib, muzqaymoqni 4 tasi 5000 sòm deb ayting, qolganini men beraman deb aytdim. U ham tushunganday bolalarga 4 ta muzqaymoq solib berdi. Bolalar hayron. Ularga namozni zòr òqiganlaring uchun sizlarga skidka qilib berishdi deb aytdim. Ular xursand. Men oradagi farqni tòlab, agar ular ertaga ham kelishsa beravering, men ertaga yana tòlab ketaman deb aytdim. Bolalarning yuzidagi quvonchni kòrsangiz edi.... tòģrisi taroveh namozidan ham kòproq zavq oldim...
Aytmoqchi bòlganim, atrofimizga kòproq e'tiborlik bòlaylik, ayniqsa bolalarning kòngliga...

Ey, Allohim men diningni ana shunday tushunganman, meni johillardan qilib qòyma....

31 comments

Show 18 more comments
محمد صديق
Ma Shaa Alloh!
Har tomonlama órnak boldingiz ustoz
Mavlonova
Allohim õzi rozi bolsin,
Osmondagi bolalarda adashmasam sharbat deyilgandi🤔
⚜boy⚜
To'g'risi bunday hayratlanish un odam atrofni ko'ra bilishi kk biz esa aksi
Салохиддин
Dilshod
Osmondagi bolalarda adashmasam sharbat deyilgandi🤔
Yoq bu boshqa voqea , bolsa kerakda menimcha
Alhamdulillah juda ajoyib🥺
Musulmon qilib yaratgan allohga shukur 🙂
☆MuminA☆
Бу хикояни хам укиб йиглаб олдим. Маша Аллох 😥😥.
Bo'lgan bo'lmagani muhimmas. Muhimi xulosa. Xulosasi juda dolzarb. Ajoyib xulosa uchun rahmat muallifga