Tarovehni tugatib tashqariga chiqdim. Jiyanim amaki "morojniy" obering dedi. Eshikni tagida Andijon muzqaymoģi bor ekan. Navbatga turdik. Bizdan avvalgilar olib bòlgach navbat tegdi. Shu payt atrofni biroz kuzatdim. Qarasam 4 ta yosh bolalar navbatda turishibdi. Ularning faqat bittasini qòlida pul turibdi, yaxshilab qarasam 5 ming sòm, boshqa yòq. Bir-birining quloģiga nimadir deyapti, eshitilmadi. Biz muzqaymoqni olib bòldik, jiyanimni san boraver man yetib olaman deb jònatib yubordim. Kuzatsam faqat bittasi muzqaymoq olmoqda, qolgan 3 tasi esa intiq bòlib qaramoqda. Vaziyatni tushunganday bòlib, sotuvchiga asta imo qilib, muzqaymoqni 4 tasi 5000 sòm deb ayting, qolganini men beraman deb aytdim. U ham tushunganday bolalarga 4 ta muzqaymoq solib berdi. Bolalar hayron. Ularga namozni zòr òqiganlaring uchun sizlarga skidka qilib berishdi deb aytdim. Ular xursand. Men oradagi farqni tòlab, agar ular ertaga ham kelishsa beravering, men ertaga yana tòlab ketaman deb aytdim. Bolalarning yuzidagi quvonchni kòrsangiz edi.... tòģrisi taroveh namozidan ham kòproq zavq oldim... Aytmoqchi bòlganim, atrofimizga kòproq e'tiborlik bòlaylik, ayniqsa bolalarning kòngliga...
Ey, Allohim men diningni ana shunday tushunganman, meni johillardan qilib qòyma....
Musulmon qilib yaratgan allohga shukur 🙂