​​Қорақалпоғистон ва Тошкент вилоятида 2 нафар божхоначида коронавирус аниқланди

🔺 2020 йил 25 май соат 10:00 ҳолатига кўра, Ўзбекистонда коронавирус инфекцияси қайд этилганлар сони 3180 (+16) нафарни ташкил этмоқда.

⚠️Янги касалланиш ҳолатларининг 4 нафари Қорақалпоғистон Республикасида аниқланиб, улардан 3 нафари хориждан келган халқаро юк ташувчи автомобил ҳайдовчилари (улардан 2 нафари украиналик), 1 нафари чегара божхона пости ходими.

5 нафари эса Самарқанд вилоятида аниқланган. Уларнинг 4 нафари касалликка чалинганлар билан мулоқотда бўлиб юқтирган. 1 нафари эса аҳоли орасидан аниқланган.

Ҳозирда эпидемиологик суруштирув ишлари олиб борилмоқда.

Яна 1 нафар Тошкент вилоятида чегара божхона пости ходимида аниқланган. Қолган 6 нафари Карантин марказидаги фуқаролар орасида қайд этилди.

❗️Айни пайтда юртимизда 2565 нафар коронавирус инфекциясига чалинган фуқаролар бутунлай соғайган. Ҳозирда мамлакатимизда 602 нафар бемор даволанмоқда.

3 нафар беморнинг аҳволи оғир.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Жамоатчилик билан алоқалар бўлими.


👉 @xushnudbek 👈

173 comments

Show 38 more comments
Дилафруз
Бир хисобдан одамлар узлари карантинни к,уришса булади, одамлар соглиги узларига керак, карантинга риоя килиш учун, шартми уларга чора тадбир ку́риш, ахир хар бир инсон узи харакат килиши керак эмасми?
KhamiD αδgγxαฟนð 🦁
Samarqandi kuchli karantinga olishdi
Xaa olishmasayam bolmasdi afsuski axolini orasidan kopayib ketti
qaysi tuman qaysi viloyatni aytgandan nima foyda? shu bilan kasallik kamayarmidi?
Bir savol Buxoroda 3-4 kun boʻldi hamma sogʻaygan. Endi biz sariq hududmi yashilmi qizilmi? Agar sariq yo yashil boʻlsak unda nega 20:00 dan keyin avtomobillar harakatiga toʻsqinlik davom etmoqda???
Samarqandda Qizil hududdan odamlarni umuman chiqarmaslik kerak edi. Postlar qo‘yilgan bilan ko‘pchilik tanish bilish qilib o‘tib ketayapti
Furachilan toxtatiw kere cegaradan hckmi otkzmasa yaxw bob ketad
Дамир Артиков
Биз Кунград туманига кийин булди. Хали бери кизилдан чик маймизми дейман шу Каракалпакия постидан утувчи фуралар сабаб.
Hammaga assalomu alaykum. To'g'ri hozir deyarli hamma moddiy ta'minot tanqisligi, fuqarolar faoliyat erkinligi qisman cheklanishi, inson hordiq chiqaradigan va erkin faoliyat yuritadigan bir qancha xizmatlar cheklangan og'ir davrni boshimizdan kechirmoqdamiz. Vakolatli organlariga ham karantin qoidalarini kuchaytirish havas emas menimcha. Galochka yoki rag'bat olish uchun OAV va televidiniyalarda UYDA QOLING, GIGIYENA QOIDALARIGA AMAL QILING deb bekorga ta'kidlashmayapti axir. So'nggi 3 - 4 kun mobaynida shiddat bilan yengilayotgan Tojdor virus oxirgi kunlardagi nafsimizni jilovlamasligimiz, Maskalarimizni taqmasliginiz hamda karantinni MENSIMASLIGIMIZ oqibatida yana ko'paymoqda. Koronavirusdan tuzalish ko'rsatkichi 1 -2%ga pasaydi(deyarli 1hafta oldin kam kundalik ko'rsatkichi kamida 4-5-%ga yaxshilanayotgan edi) Bunga chet eldan kelayotgan vatandoshlarimiz yoki shifoxonalarda yotgan bemorlarimiz sabab emas, Balki HAR BIRIMIZ JAVOBGARMIZ. Yuqoridagi holatlarga amal qilmayotganimizdir, manmanlik, kaltafahmligimizdandir. Hozir bu holatlarga yo'l qo'yadigan davr emas. Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida bu Karantinni mardonavar yengmoqdamiz VA TEZ FURSATLARDA 101% YENGAMIZ. Faqatgina barchamiz, 34 milliondan ziyod xalqimiz birlashsak, karantin qoidalariga amal qilsak, bu Tojdor Virus kerak bo'lsa 1 kunda yo'qoladi. Zero 1-chi Prezdentimizning "befarqlik va loqaydlikka yo'l qo'ymasak bizni hech kim hech qachon yenga olmaydi" degan so'zlariga har onda amal qilishimiz zarur.
Urgut tumanini ham yopib quyishdi
O‘zi samarkanda qanday qilib nima sababdan axoli orasidan chiqqan tushunarsiz. Axir u kasallikni kimdir yuqtirib olib kelmasa birdan paydo bo‘lmaydiku. Nima u yerda xafsizlik taminlamaganmidi yani chetdan kimdir kelganuv karantinda o‘tirmasdan axoli orasiga kirib ketganmi
To'g'risi karantinni ham qizig'i qolmadi. Besh qo'l barobar emas ekan. Bir joyda tugasa, boshqa joyda chiqib kelyapti. Butun dunyoda tugamaguncha biz ham tinchimaymiz. Qachon o'sha yashirib qo'ygan vaksinasini yo dorisini chiqaradi keyin to'xtaydi... Lekin men oddiy talabaman. Darslarni, ustozlarni sog'indim. Baribir yuz issiq, bir-birimizni ko'rib dars o'tganga nima yetsin. Men karantin tugatish uchun yana karantin joriy qilishini ya'ni 15-20 kun davomida hamma joyni yopib qat'iy choralar ko'rish kerakligini aytgan bo'lardim.
Maruf Tojiyev
Biz ham Samarqand viloyatida turamiz qip qizil hududdamiz lekin qaysi mahalladan chiqqani yoki qishloqdan chiqqanini aytishmeydi. Hattoki tumanimizda uzi bitta bolnitsa bor usha yerda ham chiqqan deyishadi 3 kun dizenfeksiya qilib lekin shifokorlarni ishga chaqirib ishda olib utribdi, bitta ikkita ishchilardan gumonlanib karantinga olingan lekin 2 hafta buladi hademay na chiqdi deydi na chiqmadi deydi. Kamiga aholi orasida ham chiqqani aytmeydi rasmiy malumotda. Biz uyda karantinda utribmiz Onam shifokor bulib ishleydi. Bosh vrach esa beparvo qolgan joylarda poliklinikalar 2 haftalik karantinga olinadi bilmadim bizni tumanimizda umuman ishi yuq. Onam va unga uxshagan shifokorlar yuragini hovuchlab ishga borib kelepti. Uyda ham biz bilan masofa saqlab gaplashepti. Iltimosim Xushnudbek aka yashirmasdan ushbu kasallik malumotlarini ochiq oydin aytishsin. Hattoki Onam ishleydigan bolnitsada na dizenfeksiyalovchi xona bor kirib chiqishda bozorimizda bor. faqat temperatura ulchaydi.
chunki samarqandda qonunga unchalikxam amal qilishmaydi, mana nima uchun samarqandda ko‘p.
Iltimos poyezd va avia qatnovlarni bekor qilishsin. Bulmasa respublika buyicha yana avj oladi
Doniyorbek_1C
Bobur Akmalov va Jamoldin Bobojonov ishi bo'yicha fikr bildiring. O'zbekiston 24 bo'yicha tanqidlari uchun ishdan xaydaldi degan xabarlar chiqyapti.
Show next 100 comments