Тиббиёт ОТМларидаги “ички перевод” масаласида

Тиббиёт олийгоҳларида ўқийдиган талабалардан ички “перевод” жавоблари қачон чиқади, деган саволлар кўплаб келиб тушмоқда.

Шуни алоҳида таъкидламоқчиманки, мазкур масала бўйича менда бирор маълумот йўқ. Соғлиқни сақлаш вазирлигининг масъулларига бир неча бор мурожаат қилганман, ҳозирча якуний жавоблар қачон чиқишини айтишмади.

ССВ матбуот хизмати берган хабарга кўра, ​transfer.edu.uz сайти орқали вазирлик тизимидаги 11 та тиббиёт ОТМга талабалар ўқишини кўчириш бўйича 2 968 та ариза келиб тушган.

Жумладан, мос ва турдош йўналишлар бўйича 1 442 та, нотурдош йўналишлар бўйича 382 та ва бошқа ОТМлардан 1 048 та ариза келиб тушган.

“Жорий йил тиббиёт олийгоҳларига талабалар ўқишини кўчириш бўйича жуда кўп мурожаат келиб тушган. Шу боис мазкур аризаларни кўриб чиқиш жараёни бироз вақт талаб қилмоқда. Ушбу амалиёт натижалари яқин кунларда эълон қилинади”, - дейилади ССВ хабарида.


👉 @xushnudbek 👈

182 comments

Show 21 more comments
Мумина
Ассалому алайкум.
Хушнудбек ака, хорижий давлат университет филиаллари талабаларига качон стипендия берилади?
Президент айтиб утдиларку ахир,ижроси качон булади?
Ish notug'ri bularni nima qilayotganini uzlari bilmaydi shuncha vaqt o'tib ketdi perevodlar hali xam chalkashib yotibdi shuncha student nima qilishini bilmaydi chiqmasa chiqmiydi deb aytsinda katagiga qamalib olib jimgina o'tiravermay tuxum bosib yotganga uxshamay birorta tekshiradigan masul tashkilot yuqmikan bularni ustidan nima qiliyabsan deb
... ...
Ассалому алайкум Хушнудбек ака. Хориждан пиривот килмокчи едим балим йетмаганди. Супер кантрактни канча булиши курип чикилдими. Илтимос хабариз буса айтоласизми
Dilshodbek Davronov
Ichki perevorlarning barchasiga rad javobi berilyapti. Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri o'rinbosari barcha rektorlarga og'zaki tarzda ta'kidlagan. Mosiga ham turdoshiga ham ruxsat berishmayapti.
шоира Абдуллаева
Ассалому алейку Хушнудбек хориждан укишни кучириш буйича сурамокчи эдик.тест натижаси паст чиккан суппер кантракт тулашга имкон йук хорижга кетишга хам имкон йук шу буйича талим вазирлигига ариза бергандик утиш буйича халигача малумот йук . Шу тугрисиба билсанггиз атиб юборинг .Узи ариза билан кабул клармиканла .
Assalamu aleykum xushnudbek aka.Super kantrakka ariza yoziw muddati tugadiku.Nega xali xamon Javobi ciqmadi qabul qilingan yoki qilinmagani
Komilova Halima
Iltimos pervotni tezroq aytishsin qancha vaqtdan buyon kutamiz vaqt otib boryabdi shuni kutib boshqa rejalarni toxtatib qoyishga majbur b.b otiribmiz.
Mazza qilib kutyaomiz
Soz boyligimiz tugadi ularni maqtayverib 😂
Xushnudbek akaga savolim bor edida qanday Murojat qilsam bo'ladi. Biladiganlar bormi
Канча яна кутушкере 3 ой кутвоммиз , энди бизага бизмиман диеш нотугри
Хушнудбек ака ман тиббиёт отмга перевод ёзудим халигача жавоб йук
Zebo Malikova
Assalomu alaykum Hushnudbek men vaksina haqida soramiqchiydim, nima uchun vaksina olish muddatini 1noyabrgacha qilishdi shunga tushunmayapmiz.Maqsad nima? Meni ikkita farzandim hitoy vaksinasini 9 sentyabrda olishgan osha vaqtda boshqa vaksina yoq edi, hitoynikini 3 marta olish kerak va biz 1 noyabrgacha ulgurmaymiz.Endi bizga 10% chegirma qilishmaydimi.Iltimos shu masalani kotaring muddatni chozib berishsin
Assalomu alaykum Xushnudbekaka. Men Samarqand Davlat Universiteti yuridik fakulteti Yurisprudensiya yoʻnalishidan Namangan Davlat Universiteti yuridik fakulteti Yurisprudensiya yoʻnalishiga oʻqishimni koʻchiryapman. Oʻzim Fargʻonalikman. Fargʻonada bu yoʻnalishga mos va turdosh yoʻnalish yoʻq. NamDU Yuridik fakulteti dekanati Namangan viloyatidan boʻlmaganligim sababli super kontrakt toʻlashim kerakligini aytmoqda.Nizomda shunday deyilgan deb aytmoqda.Mening moddiy imkoniyatim va sogʻligʻim Samarqandda oʻqishga imkon bermayapti. Oilada ikki kishi kontraktda oʻqiymiz. Surunkali gepatit va allergiyaga qarshi davolanib turaman. Shuning uchun oʻqishimni Namanganga koʻchirmoqchiman. Abduvali Xoliqov bilan suxbatda shunga oʻxshash savol berganingizda xududning yaqinligini inobatga olib super kontraktsiz oddiy kontrakt bilan oʻqishini koʻchirish mumkin degandilar. Xaqiqattan men oʻqishimni Namanganga super kontraktsiz oʻqishimni koʻchirishim mumkinmi yoki yoʻq? Iltimos, shu savolimga javob bersangiz. Oliy taʼlim vazirligiga umuman ulanib boʻlmayapti. Oldindan rahmat!
Assalomu alaykum. Mening kabinetimda ham tepadagidek. Demak tibbiyotniki bilan bir vaqtda chiqarkanda. UZJOKU dan yuridikka qilganman. Oxirgi o'zgarish 4.09 2021. Olim ta'lim vazirligiga borib so'ragandim 15.10 gacha kuting deyishdi. Tezroq javobi chiqsa yaxshi bo'lardi.
Narziyeva Dilshoda
Assalomu alaykum Xushnudbek.Farmaseftika institutiga ikkinchi mutaxassislik uchun texnologiya institutini energetika fakultetiga o'qiganlar ham o'qiy oladimi?Javob uchun oldindan raxmat.
Mustafo
Асаломуалекум Хушнутбек ака шу масала бойича каерга мурожат килсак болади хозир торисини айтсам каерга мурожат килишни билмаяпмиз илтимос шу саволга ёрдам берсангиз
Assalomu alaykum Xushnudbek aka ichki pervod masalasi hamon bazi joylarda dolzarbligicha qolmoqda. Chunonchi SAMDU kunduzgiga TDPU dan pervod olgandim kechgidan boshlangichga kunduzgiga joy yoq deb qabul qilishmayapdi. Nahotki shunday katta UNVERSITUTDA 10TA TALABAGA JOY TOPILMASA . Shu adolatdanmi. Shu MASALANI ham korib bering ILTIMOS
Show next 100 comments