Тиббиёт ОТМларидаги “ички перевод” масаласида

Тиббиёт олийгоҳларида ўқийдиган талабалардан ички “перевод” жавоблари қачон чиқади, деган саволлар кўплаб келиб тушмоқда.

Шуни алоҳида таъкидламоқчиманки, мазкур масала бўйича менда бирор маълумот йўқ. Соғлиқни сақлаш вазирлигининг масъулларига бир неча бор мурожаат қилганман, ҳозирча якуний жавоблар қачон чиқишини айтишмади.

ССВ матбуот хизмати берган хабарга кўра, ​transfer.edu.uz сайти орқали вазирлик тизимидаги 11 та тиббиёт ОТМга талабалар ўқишини кўчириш бўйича 2 968 та ариза келиб тушган.

Жумладан, мос ва турдош йўналишлар бўйича 1 442 та, нотурдош йўналишлар бўйича 382 та ва бошқа ОТМлардан 1 048 та ариза келиб тушган.

“Жорий йил тиббиёт олийгоҳларига талабалар ўқишини кўчириш бўйича жуда кўп мурожаат келиб тушган. Шу боис мазкур аризаларни кўриб чиқиш жараёни бироз вақт талаб қилмоқда. Ушбу амалиёт натижалари яқин кунларда эълон қилинади”, - дейилади ССВ хабарида.


👉 @xushnudbek 👈

182 comments

Show 27 more comments
Assalamu aleykum xushnudbek aka.Super kantrakka ariza yoziw muddati tugadiku.Nega xali xamon Javobi ciqmadi qabul qilingan yoki qilinmagani
Komilova Halima
Iltimos pervotni tezroq aytishsin qancha vaqtdan buyon kutamiz vaqt otib boryabdi shuni kutib boshqa rejalarni toxtatib qoyishga majbur b.b otiribmiz.
Mazza qilib kutyaomiz
Soz boyligimiz tugadi ularni maqtayverib 😂
Xushnudbek akaga savolim bor edida qanday Murojat qilsam bo'ladi. Biladiganlar bormi
Канча яна кутушкере 3 ой кутвоммиз , энди бизага бизмиман диеш нотугри
Хушнудбек ака ман тиббиёт отмга перевод ёзудим халигача жавоб йук
Zebo Malikova
Assalomu alaykum Hushnudbek men vaksina haqida soramiqchiydim, nima uchun vaksina olish muddatini 1noyabrgacha qilishdi shunga tushunmayapmiz.Maqsad nima? Meni ikkita farzandim hitoy vaksinasini 9 sentyabrda olishgan osha vaqtda boshqa vaksina yoq edi, hitoynikini 3 marta olish kerak va biz 1 noyabrgacha ulgurmaymiz.Endi bizga 10% chegirma qilishmaydimi.Iltimos shu masalani kotaring muddatni chozib berishsin
Assalomu alaykum Xushnudbekaka. Men Samarqand Davlat Universiteti yuridik fakulteti Yurisprudensiya yoʻnalishidan Namangan Davlat Universiteti yuridik fakulteti Yurisprudensiya yoʻnalishiga oʻqishimni koʻchiryapman. Oʻzim Fargʻonalikman. Fargʻonada bu yoʻnalishga mos va turdosh yoʻnalish yoʻq. NamDU Yuridik fakulteti dekanati Namangan viloyatidan boʻlmaganligim sababli super kontrakt toʻlashim kerakligini aytmoqda.Nizomda shunday deyilgan deb aytmoqda.Mening moddiy imkoniyatim va sogʻligʻim Samarqandda oʻqishga imkon bermayapti. Oilada ikki kishi kontraktda oʻqiymiz. Surunkali gepatit va allergiyaga qarshi davolanib turaman. Shuning uchun oʻqishimni Namanganga koʻchirmoqchiman. Abduvali Xoliqov bilan suxbatda shunga oʻxshash savol berganingizda xududning yaqinligini inobatga olib super kontraktsiz oddiy kontrakt bilan oʻqishini koʻchirish mumkin degandilar. Xaqiqattan men oʻqishimni Namanganga super kontraktsiz oʻqishimni koʻchirishim mumkinmi yoki yoʻq? Iltimos, shu savolimga javob bersangiz. Oliy taʼlim vazirligiga umuman ulanib boʻlmayapti. Oldindan rahmat!
Assalomu alaykum. Mening kabinetimda ham tepadagidek. Demak tibbiyotniki bilan bir vaqtda chiqarkanda. UZJOKU dan yuridikka qilganman. Oxirgi o'zgarish 4.09 2021. Olim ta'lim vazirligiga borib so'ragandim 15.10 gacha kuting deyishdi. Tezroq javobi chiqsa yaxshi bo'lardi.
Narziyeva Dilshoda
Assalomu alaykum Xushnudbek.Farmaseftika institutiga ikkinchi mutaxassislik uchun texnologiya institutini energetika fakultetiga o'qiganlar ham o'qiy oladimi?Javob uchun oldindan raxmat.
Mustafo
Асаломуалекум Хушнутбек ака шу масала бойича каерга мурожат килсак болади хозир торисини айтсам каерга мурожат килишни билмаяпмиз илтимос шу саволга ёрдам берсангиз
Assalomu alaykum Xushnudbek aka ichki pervod masalasi hamon bazi joylarda dolzarbligicha qolmoqda. Chunonchi SAMDU kunduzgiga TDPU dan pervod olgandim kechgidan boshlangichga kunduzgiga joy yoq deb qabul qilishmayapdi. Nahotki shunday katta UNVERSITUTDA 10TA TALABAGA JOY TOPILMASA . Shu adolatdanmi. Shu MASALANI ham korib bering ILTIMOS
Javibni kutish mayliku, perevodchilarimizni tashvizga solayotgan yana bir masala:

Oliy va oʻrta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov Xushnudbek Xudoyberdiyev bilan kanalida boʻlgan audio chatda boshqa viloyatga oʻqishga kirgan talabalarni oʻzini viloyatiga koʻchirib oʻtkazi bu muammosiz masala degandi, ularga moliyaviy tomondan qiyin boʻlyapti degandi va bunga oʻsha ovozli chatning oʻzida aynan tibbiyot oʻquvchisini misol qilib keltirishgandi.

Bundan tashqari oʻzini viloyatida Tibbiyot oliygohi boʻlmasa qoʻshni viloyatdagi Tibbiyot oliygohiga koʻchirsa boʻladi deb aytishgan aynan ana shu ovozli chatda. Endi oʻzini viloyatida Tibbiyot oliygohi boʻlmasa talabani aybi emasku.

Lekin talabalarimiz SSVga borishganda va ularga telefon orqali bogʻlanishganda, ular "oʻzini hududiga koʻchirib oʻtkazish sabab boʻla olmaydi, biz boshqa vazirlikmiz" degan javobni ham olishgan.
Baʼzi bir hodimlari esa" ha, boʻladi bu haqida prezident qarori bor" deyishgan.

Nega javoblar ikki hil va nega aynan ovozli chatda boʻladi deyilgan vaziyatga endi boʻlmaydi deyilayotgan javob?

Qiziqda, SSVni hodimlarini gaplari har hil boʻlishiga qaraganda, ular boshqa vazirlikmiz deb muammodan qochishmoqdami yoki qonunni bilmydigon hodimlarni atroflariga toʻplab olishganmi ?!

Nima SSV tasarrufidagi talabalar, uzoqda qiynalishmas ekanmi? Moliyaviy ahvoli zoʻr? Yoki shuncha yil oʻtib kelgan, bu yil perevod uchun ham superkantrakt degan narsa chiqqanidan keyin "oʻzini hududiga koʻchirib oʻtkazish degan istisno sabab" sabab boʻlmay qoldimi?

Bu vazirlikdagilarni maqsadi talabalrni qiynashmi yoki shunchaki soqqa qilishmi???
Xushnud aka shu tibbiyot yunalishini perevodini qachon chiqishi bo'yicha Oliy talim vazirligi bilan gablashib aniqlik kirgizsangiz yaxshi bo'lar edida bu Sog'likni Saqlash vazirligiga farqi yo'q chiqarmay ham qo'yaveradi . Chiqishi yoki chiqmasligini aytsin tamom qish keldi uzi yozda ariza topshirgandik
Alhamdulillah
Assalomu Aleykum men Ter du moliya yo'nalishi sirtqi ta'limdan kunduzgi moliya yo'nalishiga perevod uchun ariza yozgandim lekin haliyam javob chiqmadi sababini bilmayapman ichki perevod edi
Saidxo'jayeva Nargiza
Super kantrakka 10 foiz chegirma berilsa nega 1-kurslarga berilmaydi shu mantiqdanmi shunga javob bering
Yondirib yuboraylikmi SSV ning binosini shu qadar gazabdamiz
Aziz Abdullayev
Assalomu alaykum, Xuahnudbek aka! Bitta holatga aniqlik kiritib berishingizni iltimos qilaman! Bir tanishim Sirdaryo davlat universiteti filologiya yo‘nalishidan (to‘lov-shartnoma asosida o‘qiydi) Milliy Universitet filologiya yo‘nalishiga perevod qilish uchun hujjat topshirgan ekan. Perevod qilishi uchun katta miqdorda bir martalik to‘lov qilishi kerakligini aytishibdi (tanishimning aytishicha, super kontrakt narxi miqdorida). Perevod uchun aslida pul to‘lanadimi? To‘lansa, qancha miqdorda to‘lanishi kerak? Iltimos, shu masalaga aniqlik kiritib bering.
So‘raganimning yana bir sababi, jiyanim bu yil Iqtisodiyot Universitetining To‘rtko‘l filialiga 1-kursga qabul qilindi. Yashash joyi Toshkent viloyatida. Keyingi yil, ya'ni 2-kursdan Iqtosodiyot Universitetiga yoki boshqa OTMning iqtisodiyot yo‘nalishiga perevod qilish niyati bor. Shuning uchun ham qiziqib so‘ragan edim.
Show next 100 comments