⚡️ Магистратура учун чет тилидан тест синовлари 28-29 август кунлари бўлади

📆 2021-2022-ўқув йили учун давлат ОТМларининг магистратура мутахассисликларига кириш имтиҳонларининг 2-босқичи, яъни, чет тили бўйича тест синовлари 2021 йил 28-29 август кунлари 3 сменада ўтказилади.

✅ Тест синовлари:

1️⃣-сменада 08:00 дан 09:00 га қадар;
2️⃣-сменада 17:30 дан 18:30 га қадар;
3️⃣-сменада 20:00 дан 21:00 га қадар бўлиб ўтади.

⏳ Бунда талабгорларга рўйхатдан ўтиш вақтида ўзлари танлаган чет тили фанидан 30 та тест топшириғи берилади ва 1 соат вақт ажратилади.

📌 Чет тилидан максимал балл 50 баллни ташкил этади.

👨🏻💻 Талабгорлар тест синовида иштирок этиш учун рухсатномани magistr.dtm.uz сайтидан олишлари мумкин.

❕ Талабгорлардан тест синови ўтказиладиган ҳудудга шахсини тасдиқловчи ҳужжат ва тест синовида иштирок этиш учун рухсатнома билан белгиланган вақтдан камида ярим соат олдин келишлари сўралади.


👉 @xushnudbek 👈

582 comments

Show 100 more comments
O't tushsin oliy talimiga
🎓Dilnoza🎓
Bazi OTMlarda kvota to‘lmagan yani 55baldan yuqori olganlar kam.Hech yo‘q to‘lmagan kvotalar uchun joriy qilinsayam
Fargʻona Politexnika Instituti da mutahassislikdan keyingi natijalarni 56 dan past olganlarni oʻchirib tashlab chiqarishgandi🤣🤣🤣🤣
Khodjimatova Z
IELTS yoki Chet tili sertifikati borlar qatnashishi shart enasmi? Shungayam aniqlik kiritib yuboring.
🎓Dilnoza🎓
DTMga faqat mutaxasislikdan o‘tganlar ro‘yxati berilganda bunaqa bo‘masdi.Kvota to‘lmagan yo‘nlishlar uchun saralash qilinsa ana uni Adolat desa bo‘lardi
Khodjimatova Z
Joylashtirganimcha turiptiku shundoq
Imtiyozlar degan joyida chet tilidan IELTS ni ko'rsatadi tasdiqlagani shu, agar tasdiqlamagan bo'lsa demak imtixonga kirishiz kerak bo'ladi
Mahliyo Kubayeva
Qachon haqiqat bo‘gan endi bo‘lsa. G‘irt ahmoqgarchilik o‘tgan yili 55 dan pastlarni yaqinlashtirishmagandiyam. Shu yil ham birinchi 55 dan yuqorilarini olsin. Boshqa payt nizom nizom deb boshni qotirishni bilishadiku
O'tgan yili 55 dan past olganlar bu yil 1-kursni bitirishdi lekin 😅😅😅
Latofat Cho'lliyeva
Xuddi xola-xola o'ynayotganga o'xshimiz, bir yil amal qilgan qoidani, endi o'ynamiman deb darrov o'zgartirib yuboryapmiz!
Yashasin, Betayiniston!!!
🎓Dilnoza🎓
Kelilar yaxshi gumonda bo‘laylikchi.Balki avval mutaxasislikdan o‘tganlar saralanib,to‘lmagan kvotalar uchun yana saralab olinar
Mahliyo Kubayeva
Iltimos iloji bo‘lsa shu masalani qaytadan ko‘rib chiqishsin. Qachongacha endi bunaqa bo‘ladi
🎓Dilnoza🎓
Boshqalarni men bilmadimu men qonun,nizom,qaror degan tushunchalarni boshqacha tushunardim
Show next 100 comments