⚡️ Магистратура учун чет тилидан тест синовлари 28-29 август кунлари бўлади

📆 2021-2022-ўқув йили учун давлат ОТМларининг магистратура мутахассисликларига кириш имтиҳонларининг 2-босқичи, яъни, чет тили бўйича тест синовлари 2021 йил 28-29 август кунлари 3 сменада ўтказилади.

✅ Тест синовлари:

1️⃣-сменада 08:00 дан 09:00 га қадар;
2️⃣-сменада 17:30 дан 18:30 га қадар;
3️⃣-сменада 20:00 дан 21:00 га қадар бўлиб ўтади.

⏳ Бунда талабгорларга рўйхатдан ўтиш вақтида ўзлари танлаган чет тили фанидан 30 та тест топшириғи берилади ва 1 соат вақт ажратилади.

📌 Чет тилидан максимал балл 50 баллни ташкил этади.

👨🏻💻 Талабгорлар тест синовида иштирок этиш учун рухсатномани magistr.dtm.uz сайтидан олишлари мумкин.

❕ Талабгорлардан тест синови ўтказиладиган ҳудудга шахсини тасдиқловчи ҳужжат ва тест синовида иштирок этиш учун рухсатнома билан белгиланган вақтдан камида ярим соат олдин келишлари сўралади.


👉 @xushnudbek 👈

582 comments

Show 100 more comments
🎓Dilnoza🎓
DTMga faqat mutaxasislikdan o‘tganlar ro‘yxati berilganda bunaqa bo‘masdi.Kvota to‘lmagan yo‘nlishlar uchun saralash qilinsa ana uni Adolat desa bo‘lardi
Khodjimatova Z
Joylashtirganimcha turiptiku shundoq
Imtiyozlar degan joyida chet tilidan IELTS ni ko'rsatadi tasdiqlagani shu, agar tasdiqlamagan bo'lsa demak imtixonga kirishiz kerak bo'ladi
Mahliyo Kubayeva
Qachon haqiqat bo‘gan endi bo‘lsa. G‘irt ahmoqgarchilik o‘tgan yili 55 dan pastlarni yaqinlashtirishmagandiyam. Shu yil ham birinchi 55 dan yuqorilarini olsin. Boshqa payt nizom nizom deb boshni qotirishni bilishadiku
O'tgan yili 55 dan past olganlar bu yil 1-kursni bitirishdi lekin 😅😅😅
Latofat Cho'lliyeva
Xuddi xola-xola o'ynayotganga o'xshimiz, bir yil amal qilgan qoidani, endi o'ynamiman deb darrov o'zgartirib yuboryapmiz!
Yashasin, Betayiniston!!!
🎓Dilnoza🎓
Kelilar yaxshi gumonda bo‘laylikchi.Balki avval mutaxasislikdan o‘tganlar saralanib,to‘lmagan kvotalar uchun yana saralab olinar
Mahliyo Kubayeva
Iltimos iloji bo‘lsa shu masalani qaytadan ko‘rib chiqishsin. Qachongacha endi bunaqa bo‘ladi
🎓Dilnoza🎓
Boshqalarni men bilmadimu men qonun,nizom,qaror degan tushunchalarni boshqacha tushunardim
Mahliyo Kubayeva
🎓Dilnoza🎓
Kelilar yaxshi gumonda bo‘laylikchi.Balki avval mutaxasislikdan o‘tganlar saralanib,to‘lmagan kvotalar uchun yana saralab olinar
Hozir o‘qishdan telefon qilib so‘ragandim umumiy ball bo‘yicha saralaymiz deydi. Manimcha ularni cho‘ntagidagi kvota to‘lmagan
🌻Nargiz🌻
Salom sertifikati borlar imtihonda qatnashishi , ruxsatnoma olishi shartmi?
🌼Moonlight🌼
🌻Nargiz🌻
Salom sertifikati borlar imtihonda qatnashishi , ruxsatnoma olishi shartmi?
Uzi ieltsi borlaga, chiqmaykan ruxsatnoma ular qatnashmaydi
🎓Dilnoza🎓
4yil adolat qidirib jig‘ibiyron bo‘lganing kam,sen emaklab qiynalib 4yopasan jangalda sho‘rva ichishga o‘rganib qolganlar mazza qilishadi,imtihonda yana sho‘rva qaynaydi,arang manzilga yettim deganingda yana o‘shaa holaaat...
Show next 100 comments