⚡️ Магистратура учун чет тилидан тест синовлари 28-29 август кунлари бўлади

📆 2021-2022-ўқув йили учун давлат ОТМларининг магистратура мутахассисликларига кириш имтиҳонларининг 2-босқичи, яъни, чет тили бўйича тест синовлари 2021 йил 28-29 август кунлари 3 сменада ўтказилади.

✅ Тест синовлари:

1️⃣-сменада 08:00 дан 09:00 га қадар;
2️⃣-сменада 17:30 дан 18:30 га қадар;
3️⃣-сменада 20:00 дан 21:00 га қадар бўлиб ўтади.

⏳ Бунда талабгорларга рўйхатдан ўтиш вақтида ўзлари танлаган чет тили фанидан 30 та тест топшириғи берилади ва 1 соат вақт ажратилади.

📌 Чет тилидан максимал балл 50 баллни ташкил этади.

👨🏻💻 Талабгорлар тест синовида иштирок этиш учун рухсатномани magistr.dtm.uz сайтидан олишлари мумкин.

❕ Талабгорлардан тест синови ўтказиладиган ҳудудга шахсини тасдиқловчи ҳужжат ва тест синовида иштирок этиш учун рухсатнома билан белгиланган вақтдан камида ярим соат олдин келишлари сўралади.


👉 @xushnudbek 👈

582 comments

Show 100 more comments
Mahliyo Kubayeva
Qachon haqiqat bo‘gan endi bo‘lsa. G‘irt ahmoqgarchilik o‘tgan yili 55 dan pastlarni yaqinlashtirishmagandiyam. Shu yil ham birinchi 55 dan yuqorilarini olsin. Boshqa payt nizom nizom deb boshni qotirishni bilishadiku
O'tgan yili 55 dan past olganlar bu yil 1-kursni bitirishdi lekin 😅😅😅
Latofat Cho'lliyeva
Xuddi xola-xola o'ynayotganga o'xshimiz, bir yil amal qilgan qoidani, endi o'ynamiman deb darrov o'zgartirib yuboryapmiz!
Yashasin, Betayiniston!!!
🎓Dilnoza🎓
Kelilar yaxshi gumonda bo‘laylikchi.Balki avval mutaxasislikdan o‘tganlar saralanib,to‘lmagan kvotalar uchun yana saralab olinar
Mahliyo Kubayeva
Iltimos iloji bo‘lsa shu masalani qaytadan ko‘rib chiqishsin. Qachongacha endi bunaqa bo‘ladi
🎓Dilnoza🎓
Boshqalarni men bilmadimu men qonun,nizom,qaror degan tushunchalarni boshqacha tushunardim
Mahliyo Kubayeva
🎓Dilnoza🎓
Kelilar yaxshi gumonda bo‘laylikchi.Balki avval mutaxasislikdan o‘tganlar saralanib,to‘lmagan kvotalar uchun yana saralab olinar
Hozir o‘qishdan telefon qilib so‘ragandim umumiy ball bo‘yicha saralaymiz deydi. Manimcha ularni cho‘ntagidagi kvota to‘lmagan
🌻Nargiz🌻
Salom sertifikati borlar imtihonda qatnashishi , ruxsatnoma olishi shartmi?
🌼Moonlight🌼
🌻Nargiz🌻
Salom sertifikati borlar imtihonda qatnashishi , ruxsatnoma olishi shartmi?
Uzi ieltsi borlaga, chiqmaykan ruxsatnoma ular qatnashmaydi
🎓Dilnoza🎓
4yil adolat qidirib jig‘ibiyron bo‘lganing kam,sen emaklab qiynalib 4yopasan jangalda sho‘rva ichishga o‘rganib qolganlar mazza qilishadi,imtihonda yana sho‘rva qaynaydi,arang manzilga yettim deganingda yana o‘shaa holaaat...
Қайсидур замминистрни боласи 56 балдан ошира олмаган бу мантиқсиз қарор.
🌼Moonlight🌼
ㅤㅤㅤㅤ ㅤㅤㅤㅤ
Photo
Yashang ,ham aytib,ham qaytadi bula
Санжар Маннонов
Assalomu alaykum Xorijdan perevod qiladiganlar uchun xam qayta test qoyib beringla iltimos uzurli sabablarga kòra borolmaganlar bor. Shaxsan man soat 4da borib kutib òtirdim uzoqdan kelganligim sababli yonimda qòl telefonim bor edi shunda men va menga uxshaganlarni kiritishmadi. Milliy gvardiya xodimi tomonidan kamanda berildi. Kamandada shunday deyilgandi《Xozir ischi guruh kelib kalit soat qól telefonlarizni yiģib oladi keyin kirasila 》dedi shu bilan ichshi guruh kelmadi bizlar kech qoldik va DTM rahbarlari tomonidan bizlarni kech qolganga ayblay test sinovlariga kiritishmadi. Iltimos shu masalani xal qilib bering. Bizlar ushbu kunni 1yil kutgandik endi orzuyimizga erishamiz deganimizda Milliy gvardiya xodimini aybi deb bizlar test sinovlarida ishtirok etomadik.
Ассалому алайкум, Хушнудбек ака келаётган байрамлариз билан 56 балдан паст олганлар ҳам киритилаётгани бўйича муносабат билдиринг.
Show next 100 comments