⚡️ Магистратура учун чет тилидан тест синовлари 28-29 август кунлари бўлади
📆 2021-2022-ўқув йили учун давлат ОТМларининг магистратура мутахассисликларига кириш имтиҳонларининг 2-босқичи, яъни, чет тили бўйича тест синовлари
2021 йил 28-29 август кунлари 3 сменада
ўтказилади.
✅ Тест синовлари:
1️⃣-сменада 08:00 дан 09:00 га қадар;
2️⃣-сменада 17:30 дан 18:30 га қадар;
3️⃣-сменада 20:00 дан 21:00 га қадар бўлиб ўтади.
⏳ Бунда талабгорларга рўйхатдан ўтиш вақтида ўзлари танлаган чет тили фанидан
30 та тест топшириғи берилади ва
1 соат вақт ажратилади.
📌 Чет тилидан максимал балл 50 баллни ташкил этади.
👨🏻💻 Талабгорлар тест синовида иштирок этиш учун рухсатномани
magistr.dtm.uz сайтидан олишлари мумкин.
❕ Талабгорлардан тест синови ўтказиладиган ҳудудга шахсини тасдиқловчи ҳужжат ва тест синовида иштирок этиш учун рухсатнома билан белгиланган вақтдан
камида ярим соат олдин келишлари сўралади.
👉 @xushnudbek 👈
алоҳида қонун чиқариш керак
a) 2021/2022 o‘quv yili qabulida:
davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura (klinik ordinatura) mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Bunda, birinchi bosqichda davlat oliy ta’lim muassasasi tomonidan tanlangan mutaxassislikka mos fanlar bo‘yicha kirish imtihonlari, ikkinchi bosqichda Davlat test markazi tomonidan chet tili bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi;
magistratura (klinik ordinaturaga) o‘qishga qabul qilishda chet tili bo‘yicha tegishli darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar ikkinchi bosqichda chet tilidan test sinovini topshirishdan ozod qilinadi va ularga mazkur fan bo‘yicha maksimal ball beriladi;
magistratura (klinik ordinatura) mutaxassisligiga mos fanlar bo‘yicha imtihonlar natijalari imtihon o‘tkazilganidan keyin uch kun muddatda davlat oliy ta’lim muassasasi tomonidan idoralararo elektron axborot almashinuv tizimi orqali Davlat test markaziga taqdim etiladi hamda mazkur muassasaning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi;
abituriyentning chet tili bo‘yicha test sinovidan to‘plagan ballari to‘g‘risida ma’lumot test sinovlari o‘tkazilgan kunning ertasiga hamda magistratura (klinik ordinatura) qabuli bo‘yicha tanlov natijalari test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi;