⚡️ Магистратура учун чет тилидан тест синовлари 28-29 август кунлари бўлади

📆 2021-2022-ўқув йили учун давлат ОТМларининг магистратура мутахассисликларига кириш имтиҳонларининг 2-босқичи, яъни, чет тили бўйича тест синовлари 2021 йил 28-29 август кунлари 3 сменада ўтказилади.

✅ Тест синовлари:

1️⃣-сменада 08:00 дан 09:00 га қадар;
2️⃣-сменада 17:30 дан 18:30 га қадар;
3️⃣-сменада 20:00 дан 21:00 га қадар бўлиб ўтади.

⏳ Бунда талабгорларга рўйхатдан ўтиш вақтида ўзлари танлаган чет тили фанидан 30 та тест топшириғи берилади ва 1 соат вақт ажратилади.

📌 Чет тилидан максимал балл 50 баллни ташкил этади.

👨🏻💻 Талабгорлар тест синовида иштирок этиш учун рухсатномани magistr.dtm.uz сайтидан олишлари мумкин.

❕ Талабгорлардан тест синови ўтказиладиган ҳудудга шахсини тасдиқловчи ҳужжат ва тест синовида иштирок этиш учун рухсатнома билан белгиланган вақтдан камида ярим соат олдин келишлари сўралади.


👉 @xushnudbek 👈

582 comments

Show 100 more comments
Dilmurod Mamarasulov
Magistraturaga qabul qilish aniq mezonlari bormi o'zi yo'qmi .O'tgan yili 56 baldan yuqorisi olingan edi. Bu yil mezoni qanaqa
Mahliyo Kubayeva
Nilufar Anvarjonova
Assalomu alaykum men 1yildan so'ng magistraturaga topshiraman tanlagan chet tili boʻyicha deyilibdi Arab tilini tanlasam ham boladimi
1 yilni gapirasiz bulaga qo‘yib bersangiz 1 sekundda o‘zgartirib tashlashadi. O‘zlarini foydasiga bo‘lsa bo‘ldi
Dilmurod Mamarasulov
Magistraturaga qabul qilish aniq mezonlari bormi o'zi yo'qmi .O'tgan yili 56 baldan yuqorisi olingan edi. Bu yil mezoni qanaqa
6. Belgilansinki:
a) 2021/2022 o‘quv yili qabulida:
davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura (klinik ordinatura) mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Bunda, birinchi bosqichda davlat oliy ta’lim muassasasi tomonidan tanlangan mutaxassislikka mos fanlar bo‘yicha kirish imtihonlari, ikkinchi bosqichda Davlat test markazi tomonidan chet tili bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi;
magistratura (klinik ordinaturaga) o‘qishga qabul qilishda chet tili bo‘yicha tegishli darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar ikkinchi bosqichda chet tilidan test sinovini topshirishdan ozod qilinadi va ularga mazkur fan bo‘yicha maksimal ball beriladi;
magistratura (klinik ordinatura) mutaxassisligiga mos fanlar bo‘yicha imtihonlar natijalari imtihon o‘tkazilganidan keyin uch kun muddatda davlat oliy ta’lim muassasasi tomonidan idoralararo elektron axborot almashinuv tizimi orqali Davlat test markaziga taqdim etiladi hamda mazkur muassasaning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi;
abituriyentning chet tili bo‘yicha test sinovidan to‘plagan ballari to‘g‘risida ma’lumot test sinovlari o‘tkazilgan kunning ertasiga hamda magistratura (klinik ordinatura) qabuli bo‘yicha tanlov natijalari test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi;
Malohat Qodirova
Assalomu aleykum aniq qilib ayta olasizmi imtihon natijalari qachon e'lon qilinadi.
хеч кандай узгариш булмаган.. шунчаги дтмга бор базаларини беришган. все.. 56 дан паст туплаганлар кириш ихтиёрий.. тажриба орттиришади.. шунчаки 56 дан тепадагиларни саралашмаган
Муминжан
Xushnudbek aka mandatda nima gaplar biron yangili yo'qmi
Malohat Qodirova
300ta odam oladigan joyga 420 chi bölib turgan bölsa teparoqqa kötarilish imkoni bormi
sherali .
Assalamu aleykum imtixonga istalgan smenada borish mumkinmi yoki har bir talabgor uchun belgilangan smena mavjudmi?
么『Anvar』么
Mandat haqida malumot berila
Шахзода Махмудовна
Ruhsatnomani yuklab bòmayaptiyu🤦‍♀️🤦‍♀️🤦‍♀️
🎓Dilnoza🎓
OLIY TALIM NIMA BO‘LYAPTI ILTIMOS IZOH BERILA!
Nodirbek
Salom savolimga bilsangiz javob qivorila iltimos!!! O'tgan yili mutaxasislik bo'yicha 56 dan past ball olganlar qolgan fanlar va reyting jamlanishi bilan yuqori ball olgan bo'lsa ham qabuldan yiqilgan edi, bu yil mutaxasislik dan 48 ball olgan lekin chet tili ruxsatnomasi berilibdi. Tartib o'zgardimi
SHOMURODOV JASURBEK
Salom yaxshi bo'lipti hamma kirishi kerak sababiki sizlar gapirasilar qaysilaringdir o'zlaringham sipes fandan balan qildirgansilar tekshirish yaxshi bo'lmadi bu haqiqan yoki hamma o'zi to'pladimi shu ballarni
Salom hammaga. Oldingi bosqichda ruxsatnoma chiqarganlar TESTGA yana ruxsatnoma chiqarishi kkmi
Nodirbek Tolipov
Kimdir oʻqiydimi oʻzi bularni
Show next 100 comments