Барча коидалар инсонларни хавфсизлигини уйлаб ишлаб чикарилган, агар коидага риоя килиб автомобил хайдашни билмасангиз пиёда юринг! Бу соткинлик эмас ! Кейинги сафар коида амал килиш учун даъват бу!
Masalan, bir marta bir tanishimizni GAI ushlab, terpela tushirgan videoni ko'rsatib, polosani bosganini aytdi. U mendan yordam so'radi. Men aytdim, to'laysan jarimani, tamom, chunki qoidani buzgansan, men faqat sotqin kimligini aniqlashni o'rgatishim mumkin, dedim. Qanaqasiga, dedi u. Sud bo'layotganda, nagli video qaysi telefonda, kim tomondan olinganini aytishlarini talab qil, undan chekinma , dedim. Ular aytishga majbut, yolg'on aytyapti, deb o'ylasang, yolg'on emasmi, men ekspertiza o'tkazdirsam bo'ladimi, deb ayt, dedim. Yolg'on gapirolmay qolishadi, chunki video kimdan kimga shareit qilingan, kim originalini olgan, tarixini bilsa bo'ladi. GAI yolg'on aytsa, yolg'on guvohligi uchun jarima to'laydi, kamida. Shunday qilib, terpela uning qo'shnisi bo'lib chiqqan, o'sha qo'shni buni xasad bilan qilgan. Xullas, hamma o'z ishini qilsin.
Қонун устивор бўлган мамлакатда яшаяпмиз, унутмайлик! Баҳс ё зўравонлик суд ва ҳуқуқ-тартибот идоралари орқали ҳал қилинади ё жазоланади. Терпила бўлиш - ҳуқуқни, тартибни ҳурмат қилиш дегани, ҳеч қандай ожизлик рамзи эмас. Разборка ва самосудлар, "терпила" ва "казёл" деган "тушунчалар" аслида қолоқлик нишонаси, ҳеч қандай эркаклик эмас. Бу каби турма қонунларидан фақат муттаҳамлар фойда кўради.
Хушнутбек чарчаман факат шундай мухим мавзуларни ёритиб боринг
Dilshodbek
Xar kuni avtoxalokat tufayli bir necha insonlarni xalok bolishi adolatdanmi? Avariyala tufayli odam olmagan bir kun boldimi shu bir necha oydan beri xar kuni kimdir olib ketvoti. Odamlar ozi qoidaga rioya qilib yurmas ekan bunaqa videoga olib chiqaradiganla kopayaversin. 5 minut tez boraman deb kimnidir xayotiga zomin bolish mumkin
Uzbekiston fuqarolari juda qiziqda gaini kursa xudoni eslaydi, tezlikni ham birovni hayotiga xavf solishidan emas, radardan qurqqani uchun oshirolmaydi. Yana radarga tushsa radar belgisi yuq deb shantaj qiladi. Belgilangan tezlikda va qoidaga amal qilsa qani kim sotqinlik qilarkan. Sotqinlik deb ataganlarni xudo kursatmasin yaqin qarindoshini moshina turtib ketsin qani qanday axvolga tusharkan.
Qonunlar ishlashini nazorat qilish bu har bir fuqoroning ishi. Qoida buzarni rasmga olib tashlagan odamga raxmat. U o'z ishini qilayabdi. Haydovchilar o'z ishini qilib yo'lda qoidalarni buzmasdan yursin bo'ldi. Hech qanada jarima ham to'lamaydi, hasad qiluvchilar tuzog'iga ham tushmaydi
Xalq omi bo'lmaymanglar bunaqa! Uch to'rtta odamdan tashqari hamma yomonlayabdi videoga oluvchilarni. Sal xudo bergan tafakkurni ishlatinglar! Nega qoidani buzgan odamni aybini ochish noto'g'ri bo'larkan, bu juda ham to'g'ri narsa! Xushnudbek aytgandek o'layotgan odamlarni o'rniga o'z yaqinlaringni qo'yib ko'ringlar, qanaqa tushunmagan odamsizlar! Qanaqasiga sotqin bo'ladi, aqlni ishlatinglar, ular qoidabuzarni aybini aytgani uchun aksincha vatanparvar deyilishi kerak aslida. Sotqin bo'lish uchun davlatimiz sirlarini boshqa davlatga sotishi kerak bo'ladi! Pul uchun qilyapti deysizlar, gailar ham har kuni shu faoliyat bilan shug'ullangani uchun oylik oladi va bu halolmi? Albatta halol! Videoga oluvchilarni shu orqali topgan pulini ham shaxsan men halol deb hisoblayman!
Хушнудбек ака ТАКЛИФ бор эди. Ҳайдовчилик гувоҳномасини олиш тартибини ҳаққонийлаштириш керак. Ўқиш ихтиёрий қилиб, имтихондан ўтса гувоҳнома бериш керак.
Хиса купайса керак
Ҳайдовчилик гувоҳномасини олиш тартибини ҳаққонийлаштириш керак. Ўқиш ихтиёрий қилиб, имтихондан ўтса гувоҳнома бериш керак.