Қонун устивор бўлган мамлакатда яшаяпмиз, унутмайлик! Баҳс ё зўравонлик суд ва ҳуқуқ-тартибот идоралари орқали ҳал қилинади ё жазоланади. Терпила бўлиш - ҳуқуқни, тартибни ҳурмат қилиш дегани, ҳеч қандай ожизлик рамзи эмас. Разборка ва самосудлар, "терпила" ва "казёл" деган "тушунчалар" аслида қолоқлик нишонаси, ҳеч қандай эркаклик эмас. Бу каби турма қонунларидан фақат муттаҳамлар фойда кўради.
Хушнутбек чарчаман факат шундай мухим мавзуларни ёритиб боринг
Dilshodbek
Xar kuni avtoxalokat tufayli bir necha insonlarni xalok bolishi adolatdanmi? Avariyala tufayli odam olmagan bir kun boldimi shu bir necha oydan beri xar kuni kimdir olib ketvoti. Odamlar ozi qoidaga rioya qilib yurmas ekan bunaqa videoga olib chiqaradiganla kopayaversin. 5 minut tez boraman deb kimnidir xayotiga zomin bolish mumkin
Uzbekiston fuqarolari juda qiziqda gaini kursa xudoni eslaydi, tezlikni ham birovni hayotiga xavf solishidan emas, radardan qurqqani uchun oshirolmaydi. Yana radarga tushsa radar belgisi yuq deb shantaj qiladi. Belgilangan tezlikda va qoidaga amal qilsa qani kim sotqinlik qilarkan. Sotqinlik deb ataganlarni xudo kursatmasin yaqin qarindoshini moshina turtib ketsin qani qanday axvolga tusharkan.
Qonunlar ishlashini nazorat qilish bu har bir fuqoroning ishi. Qoida buzarni rasmga olib tashlagan odamga raxmat. U o'z ishini qilayabdi. Haydovchilar o'z ishini qilib yo'lda qoidalarni buzmasdan yursin bo'ldi. Hech qanada jarima ham to'lamaydi, hasad qiluvchilar tuzog'iga ham tushmaydi
Xalq omi bo'lmaymanglar bunaqa! Uch to'rtta odamdan tashqari hamma yomonlayabdi videoga oluvchilarni. Sal xudo bergan tafakkurni ishlatinglar! Nega qoidani buzgan odamni aybini ochish noto'g'ri bo'larkan, bu juda ham to'g'ri narsa! Xushnudbek aytgandek o'layotgan odamlarni o'rniga o'z yaqinlaringni qo'yib ko'ringlar, qanaqa tushunmagan odamsizlar! Qanaqasiga sotqin bo'ladi, aqlni ishlatinglar, ular qoidabuzarni aybini aytgani uchun aksincha vatanparvar deyilishi kerak aslida. Sotqin bo'lish uchun davlatimiz sirlarini boshqa davlatga sotishi kerak bo'ladi! Pul uchun qilyapti deysizlar, gailar ham har kuni shu faoliyat bilan shug'ullangani uchun oylik oladi va bu halolmi? Albatta halol! Videoga oluvchilarni shu orqali topgan pulini ham shaxsan men halol deb hisoblayman!
Хушнудбек ака ТАКЛИФ бор эди. Ҳайдовчилик гувоҳномасини олиш тартибини ҳаққонийлаштириш керак. Ўқиш ихтиёрий қилиб, имтихондан ўтса гувоҳнома бериш керак.
Bizda u narsalarni chaqimchi terpilla dip etishadi yevropada u narsani korib turib gapirmagan yoki kòzini yumgan odamni jamiyat dushmani hisoblashadi. Tòģri bizni mintalitetimizga xos bomagan narsa yevopadan boshqa narsalani moslashtiryapmizu manashunaqa jamiyat uchun kerak odatlaniyam mintalitetimizga kirgizishimiz kerak baribir
Yo'q, bunaqa qonun yo'q, bo'lsa, moddasi bn ayting, Konstitutsiyada davlat organlari va mansabdor shaxslar fuqarolarga o'zlariga bog'liq bo'lgan hujjatlar bn tanishishiga imkon berishga majburdirlar, deyilgan, ya'ni DXX ham akdemiyasiga o'qishga hujjatni qaytarsa ham sababini aytishga majbur, loxlargagina aytilmaydi
Masalan, sudda anig'ini bilmayman yo aytmayman , kimdir shu videoni olibdi, deyilmaydi, ayblanuvchi bunday dalilni inkor qilishga haqli. Uni montaj deyish mn, ikkinchi tomon bu montaj emas, desa, isbotini ko'rsat deyiladi, nima bo'lganda ham videoning istoriyasini ko'rsatishga majbur qilish mn lyuboy sudni
Hammaga salom. Xushnudbek aka shunday mavzularni yoritishda charchamang. Menda bitta savol bor. Qoidabuzarlarni videoga yoki rasmga olib yuborganlarga davlat qandaydir pul miqdorini beradimi yoki yo'qmi? Shu savoldan keyin menda ikkita fikr paydo bo'ldi. Birinchisi agar davlat qoidabuzarlarni videoga olib yuborganlarga hech qanday malum miqdorda pul bermasa va bu ishlarni shunchaki siz aytgandek qoidabuzarlikni oldini olish maqsadida yuborayotgan bo'lsa sizning fikringizga qo'shilaman. Ikkinchisi agar o'sha odam yuborgan videosiga malum miqdorda pul olib va bu ishlarni pul uchun qilayotgan bo'lsa sizning fikringizga qo'shilmayman. Chunki ular bugun bir ikki so'm evaziga sotqinlik qilayaptimi demak unda ertaga ko'proq pulga vatanini ham sotadi.
Ҳайдовчилик гувоҳномасини олиш тартибини ҳаққонийлаштириш керак. Ўқиш ихтиёрий қилиб, имтихондан ўтса гувоҳнома бериш керак.