Миллий сертификат атрофидаги можаролар юзасидан муҳокама

Сўнгги кунларда ижтимоий тармоқларда Миллий тест тизими бўйича бериладиган сертификатлар кўплаб муҳокамаларга сабаб бўлмоқда. Тест саволларининг X-вариант сифатида тарқаб кетгани, айрим ўқув марказлари ва репетитор ўқитувчилар маълум ҳақ эвазига жавобларни пуллаётгани, натижада тестга кириб чиққанлар 90-100 фоиз натижа кўрсатаётгани ҳақида маълумотлар эълон қилинди.

Ўзим шу кунларда Тошкентда эмаслигим, интернетдан бироз узилиб қолганим (Edge чиқавериб жонга тегди) учун ушбу мавзуни батафсил ўрганишга имконим бўлмади. Бугун барча постларни диққат билан ўқиб чиқдим, менга келган хабарлар билан танишдим ва айрим мутахассислар билан суҳбатлашдим.

Ушбу мавзу моҳиятан жуда муҳимлиги, бунинг остида миллат келажаги масаласи ётганлиги учун бугун каналимизда овозли чат кўринишида суҳбат қиладиган бўлдик.

Овозли чатда ДТМ директори ўринбосари Сардор Ражабов ҳам иштирок этади.

Саволлар, эътирозлар, факт ва далилларни изоҳларда қолдиришингиз мумкин.

Овозли чат бугун соат 18:00 да бошланади.


👉 @xushnudbek 👈

736 comments

Show 54 more comments
Бахром Холбоев
Ассалому алайкум. Хушнудбек тўғриси анча кундан бери сиздан хафа бўлиб юрдим сабаби абитуриент масаласида доим биринчи бўлиб келгансиз, шунинг учун ушбу масалага жиддий эътибор қаратинг илтимос. ДТМ ўзини оқламасин биология 100 % Миллий сертификат тести чиқиб кетган кимёда қисман. Савол агар тест маркази адолат бўлишини истаса ўтказилган тестларни бекор қилиши мумкинми ёки талабгорлар ошиб кетиш ҳисобига яна бу йилги кириш тестини мураккаблаштирадими. Агар ундай бўладиган бўлса яна жабр тортадиган билимига ишонган оддий халқнинг фарзандлари бўлади. Ёки 2-вариант биология, кимё фанларидан Миллий сертификат тестини қайтадан ташкил этсин шунда адолат қарор топади.
Ilxamov Boxodir
Nima keragi bor shu milliy sertifikatni. Puli bor oldindan bemalol topshirvosinda. Puli yo‘q dehqon bolasi bir kunni kutib hayajonlanib test ishlasinmi. Bepul qilib qo‘y mard bo‘lsang
て
Iltimos shu narsani bekor qilaylik, bizdek kunni kun demay, tunni tun demay tinmay tayyorlanayotgan abituriyentlar bu narsaga norozi, nima puli borlar x variant sotvolib bemalol oʼqishga kirar ekan, oilaviy sharoiti yoʼqlar va tinmay tayyorlanayotganlar qolib ketadimi? undan koʼra chetda davom ettirgan yahshi oʼqishni.
Ukajon,qoraxalq un shunaqa,buni Yangi O'zbekiston deydilar,sizga akalik maslahatim,ingliz tilinimi yoki biron sharq tilinimi organingda chet elga keting,bu noinsof amaldorlardan hc yaxshilik kutib bolmaydi,bular pulga otasiniyam millatiniyam sotadi, biz oqigan davrda X variant dgab balo bolardi endi sertifikat,uzi sertifikatdan maqsad ham soqqa qiliw edi,Talimni soqqa qilish manbayi db biladgan hukumattan sz va biz yaxwilik kutiwga haqqimiz yoq,
hozir dtm urinbosari chiqadida matal toqiydi xalqni qulogiga ayb bizdamasidi savollar chiqmagan deb lekn aniq va tiniq savollar chiqqan
Ozbekistonda shunaqangi korrupsiyachi xxx bozlar bor ekan hali beri yuksala olmaymiz.Hop osha qinĝir qiyshiq yo'l bn sertifikatni 100%li natija bn oldi ham deylik kelajakda keyin osha shifokorlarga ozb fuqorolari murojat qilishadimi? Bu adolatsizliklarni qachon barxam berishilarni ozilar bilasizlar lekin osmonda,falakda bizga boqib turgan yaratgan ollohdan qo'rqaylik. Bu adolatsizliklarga barxam bergan insonni ham ollohni ozi rahmatiga olgan bolsin
Hullas bir gap bn aytganda zamon endi dollarlar$ ushlaganniki boldimi?
Nima oqigan lekin ota onasiga oğirligi tushmasligi uchun jim yurgan abituriyentlarga nisbatan adolat yo'qmi?
Bu bechoralarni umri yildan yilga o'tib ketyaptiku
Dtm qolaversa Xushnudbek aka bu muammolarga shu yaqin kunlarda oydinlik va barxam berasizlar degan umitdaman
Hurmat bn oddiy abuturiyent ISOMIDDIN USMANOVICH
Ilyos Texnika
Chatga biz ham qushilaylik savollarimizga qanday javob bera olishadi
Қанақа сиртефикат?
Bu yil aniq o'yin bo'ldi. Bekor qilinsin natijalar. Aybdorlar jazo olishi shart
Sardor Mamadiyorov
Укув марказларида .хамма абитуриентларда хавотир асосан химия биология чикиб кетган
Assalomu alaykum.Biz kutayotgandik aynan sizni munosabat bildirishingizni.Umid qilamizki ovozli chat hamma uchun foydali bo‘ladi.
Milliy sertifikat korrupsiyaga yangi eshik ochib berdi xolos
Ilyos Texnika
Nimaga komentariyalarimiz saralab olinyabdi shunchalik qurqasizmi xushnudbek.
Хомидов Н. Р.
Тест марказида олдин хам бўлган янгилик эмас
Qashqadaryodagi holat. Man Shahrisabzdan Qarshiga oʻquvchilarim bilan ingliz tilidan test topshirishga bordik. Jami boʻlib 151nafar oʻquvchi toʻplangan. Shulardan 77tasi Qarshi shahridahi oʻquv markazi oʻquvchilari. Shu oʻquvchilar va ularning ustozi imtihonning tashkiliy ishlari uchun masʼul ya'ni kolonka, qogʻoz, suv, hostes va hk mayda ishlarni ular oʻz boʻyniga olgan. Manda shubha uygʻondi demak ular savollar bilan ham tanish boʻlishi mumkin. Mana endi savollar tarqadi degan xabarlar chiqdi boshqa fandan boʻlsa ham. Xullas bu tizim ham korrupsiyaga botib ketdi. 4-5 yil oldin oʻqituvchilar 200-300$ evaziga sertifikat olishgandi Qashqadaryoda.
Ertaga qabulning birinchi kuni lekin qabul bayonnomasi aniqmas . Masalan, men ertaga hujjat topshirmoqchi bo‘lsam nima qilaman . Qabul komissiyasini sudga bersammikan deb turibman.
Ertaga hukumat ishtirokida videoselektor bo‘lar ekan shu masalada. Ertaroq qilish kerak edi. 4-5 kun oldin. Ertaga hujjat topshirish kuni boshlanadiku. Hamma narsa qonun-qoida bo‘yicha bo‘lishi kerak-da , Xushnudbek aka!
ABDULLA
Assalomu Alaykum.Men matematika fanidan molloy sertifikat javoblari 500$ dan sotilyapyti deb eshitdim
Nigora
Мен шу миллий тест тизимида воз кечиш таклифини киритаман. Бизникилар бунақа тизимни шаффофлигини ҳеч қачон таъминлай олмайди. Хушнудбек, неча йиллардан бери ўтказилаётган Халқаро имтиҳонларни қаранг, шу пайтгача ҳеч ким эътироз билдирмаган.Нега биз ээндигина бошлаган Миллий тестимиз дарровгина айрим иймонсизларга ҳаромдан пул топиш манбайига айланиб қолди. Аслида, керак эмас шу тизим. Билими бор абитуриент 1-август куни кириб ишлаб чиқаверсин тестни.
Make a Wish
Assalomu alaykum.
Ertangi ta'lim haqidagi video selektrda Xorijiy OTM lardan ham perevod qilib kelmoqchi bo'lganlarga nechta fandan test bo'lishi va nechi ball to'plash kerakligi ham aytib o'tilsin iltimos.
Show next 100 comments