Миллий сертификат атрофидаги можаролар юзасидан муҳокама

Сўнгги кунларда ижтимоий тармоқларда Миллий тест тизими бўйича бериладиган сертификатлар кўплаб муҳокамаларга сабаб бўлмоқда. Тест саволларининг X-вариант сифатида тарқаб кетгани, айрим ўқув марказлари ва репетитор ўқитувчилар маълум ҳақ эвазига жавобларни пуллаётгани, натижада тестга кириб чиққанлар 90-100 фоиз натижа кўрсатаётгани ҳақида маълумотлар эълон қилинди.

Ўзим шу кунларда Тошкентда эмаслигим, интернетдан бироз узилиб қолганим (Edge чиқавериб жонга тегди) учун ушбу мавзуни батафсил ўрганишга имконим бўлмади. Бугун барча постларни диққат билан ўқиб чиқдим, менга келган хабарлар билан танишдим ва айрим мутахассислар билан суҳбатлашдим.

Ушбу мавзу моҳиятан жуда муҳимлиги, бунинг остида миллат келажаги масаласи ётганлиги учун бугун каналимизда овозли чат кўринишида суҳбат қиладиган бўлдик.

Овозли чатда ДТМ директори ўринбосари Сардор Ражабов ҳам иштирок этади.

Саволлар, эътирозлар, факт ва далилларни изоҳларда қолдиришингиз мумкин.

Овозли чат бугун соат 18:00 да бошланади.


👉 @xushnudbek 👈

736 comments

Show 61 more comments
Bu yil aniq o'yin bo'ldi. Bekor qilinsin natijalar. Aybdorlar jazo olishi shart
Sardor Mamadiyorov
Укув марказларида .хамма абитуриентларда хавотир асосан химия биология чикиб кетган
Assalomu alaykum.Biz kutayotgandik aynan sizni munosabat bildirishingizni.Umid qilamizki ovozli chat hamma uchun foydali bo‘ladi.
Milliy sertifikat korrupsiyaga yangi eshik ochib berdi xolos
Ilyos Texnika
Nimaga komentariyalarimiz saralab olinyabdi shunchalik qurqasizmi xushnudbek.
Хомидов Н. Р.
Тест марказида олдин хам бўлган янгилик эмас
Qashqadaryodagi holat. Man Shahrisabzdan Qarshiga oʻquvchilarim bilan ingliz tilidan test topshirishga bordik. Jami boʻlib 151nafar oʻquvchi toʻplangan. Shulardan 77tasi Qarshi shahridahi oʻquv markazi oʻquvchilari. Shu oʻquvchilar va ularning ustozi imtihonning tashkiliy ishlari uchun masʼul ya'ni kolonka, qogʻoz, suv, hostes va hk mayda ishlarni ular oʻz boʻyniga olgan. Manda shubha uygʻondi demak ular savollar bilan ham tanish boʻlishi mumkin. Mana endi savollar tarqadi degan xabarlar chiqdi boshqa fandan boʻlsa ham. Xullas bu tizim ham korrupsiyaga botib ketdi. 4-5 yil oldin oʻqituvchilar 200-300$ evaziga sertifikat olishgandi Qashqadaryoda.
Ertaga qabulning birinchi kuni lekin qabul bayonnomasi aniqmas . Masalan, men ertaga hujjat topshirmoqchi bo‘lsam nima qilaman . Qabul komissiyasini sudga bersammikan deb turibman.
Ertaga hukumat ishtirokida videoselektor bo‘lar ekan shu masalada. Ertaroq qilish kerak edi. 4-5 kun oldin. Ertaga hujjat topshirish kuni boshlanadiku. Hamma narsa qonun-qoida bo‘yicha bo‘lishi kerak-da , Xushnudbek aka!
ABDULLA
Assalomu Alaykum.Men matematika fanidan molloy sertifikat javoblari 500$ dan sotilyapyti deb eshitdim
Nigora
Мен шу миллий тест тизимида воз кечиш таклифини киритаман. Бизникилар бунақа тизимни шаффофлигини ҳеч қачон таъминлай олмайди. Хушнудбек, неча йиллардан бери ўтказилаётган Халқаро имтиҳонларни қаранг, шу пайтгача ҳеч ким эътироз билдирмаган.Нега биз ээндигина бошлаган Миллий тестимиз дарровгина айрим иймонсизларга ҳаромдан пул топиш манбайига айланиб қолди. Аслида, керак эмас шу тизим. Билими бор абитуриент 1-август куни кириб ишлаб чиқаверсин тестни.
Make a Wish
Assalomu alaykum.
Ertangi ta'lim haqidagi video selektrda Xorijiy OTM lardan ham perevod qilib kelmoqchi bo'lganlarga nechta fandan test bo'lishi va nechi ball to'plash kerakligi ham aytib o'tilsin iltimos.
Har yili nima bo'lsa ximiya biologiya fani bo'yicha bo'lyapti bu fan bo'yicha mas'ullarni jazolash shart
Sanjar Nordavlatov
yurideskiy litseysi suhbat asosida qabul qilinishi bunaqa sertifikatlar faqat millat oyogiga bolta uriw degani chunki daladagi chupon ham biladi bunaqa holatda adolat bulmaydi
Ilyos Texnika
Shaxsan man boshqa yul tutgan bulardim oliy talimni yigishtirish kerak ishga diploni borlarni emas aqli borlarni olish kerak hatto davlat ishlariga ham
Qancha urta maxsus xodimlar oliy malumotlilardan yaxshi biladi ishini
Javlonbek
Barchasi yaxshilikka bolsin
Buni isbotlab chora korish kerak
Hujjattopshirishboshlanyapdi!!!
Sertifikatni bekor qilish kerak, sertifikat yangi korrupsiyaga yo'l ochdi! Hech narsani bilmaydigan o'quvchi ham sertifikatdan 90-100% lik natija olib chiqyapti, buni qanday izohlash mumkin
Saparniyazov Inomjan
Maktabda o‘qiganiga qarab OTM ga imtihonsiz kirishni amalga oshirish kerak
Show next 100 comments