Миллий сертификат атрофидаги можаролар юзасидан муҳокама

Сўнгги кунларда ижтимоий тармоқларда Миллий тест тизими бўйича бериладиган сертификатлар кўплаб муҳокамаларга сабаб бўлмоқда. Тест саволларининг X-вариант сифатида тарқаб кетгани, айрим ўқув марказлари ва репетитор ўқитувчилар маълум ҳақ эвазига жавобларни пуллаётгани, натижада тестга кириб чиққанлар 90-100 фоиз натижа кўрсатаётгани ҳақида маълумотлар эълон қилинди.

Ўзим шу кунларда Тошкентда эмаслигим, интернетдан бироз узилиб қолганим (Edge чиқавериб жонга тегди) учун ушбу мавзуни батафсил ўрганишга имконим бўлмади. Бугун барча постларни диққат билан ўқиб чиқдим, менга келган хабарлар билан танишдим ва айрим мутахассислар билан суҳбатлашдим.

Ушбу мавзу моҳиятан жуда муҳимлиги, бунинг остида миллат келажаги масаласи ётганлиги учун бугун каналимизда овозли чат кўринишида суҳбат қиладиган бўлдик.

Овозли чатда ДТМ директори ўринбосари Сардор Ражабов ҳам иштирок этади.

Саволлар, эътирозлар, факт ва далилларни изоҳларда қолдиришингиз мумкин.

Овозли чат бугун соат 18:00 да бошланади.


👉 @xushnudbek 👈

736 comments

Show 70 more comments
Ertaga qabulning birinchi kuni lekin qabul bayonnomasi aniqmas . Masalan, men ertaga hujjat topshirmoqchi bo‘lsam nima qilaman . Qabul komissiyasini sudga bersammikan deb turibman.
Ertaga hukumat ishtirokida videoselektor bo‘lar ekan shu masalada. Ertaroq qilish kerak edi. 4-5 kun oldin. Ertaga hujjat topshirish kuni boshlanadiku. Hamma narsa qonun-qoida bo‘yicha bo‘lishi kerak-da , Xushnudbek aka!
ABDULLA
Assalomu Alaykum.Men matematika fanidan molloy sertifikat javoblari 500$ dan sotilyapyti deb eshitdim
Nigora
Мен шу миллий тест тизимида воз кечиш таклифини киритаман. Бизникилар бунақа тизимни шаффофлигини ҳеч қачон таъминлай олмайди. Хушнудбек, неча йиллардан бери ўтказилаётган Халқаро имтиҳонларни қаранг, шу пайтгача ҳеч ким эътироз билдирмаган.Нега биз ээндигина бошлаган Миллий тестимиз дарровгина айрим иймонсизларга ҳаромдан пул топиш манбайига айланиб қолди. Аслида, керак эмас шу тизим. Билими бор абитуриент 1-август куни кириб ишлаб чиқаверсин тестни.
Make a Wish
Assalomu alaykum.
Ertangi ta'lim haqidagi video selektrda Xorijiy OTM lardan ham perevod qilib kelmoqchi bo'lganlarga nechta fandan test bo'lishi va nechi ball to'plash kerakligi ham aytib o'tilsin iltimos.
Har yili nima bo'lsa ximiya biologiya fani bo'yicha bo'lyapti bu fan bo'yicha mas'ullarni jazolash shart
Sanjar Nordavlatov
yurideskiy litseysi suhbat asosida qabul qilinishi bunaqa sertifikatlar faqat millat oyogiga bolta uriw degani chunki daladagi chupon ham biladi bunaqa holatda adolat bulmaydi
Ilyos Texnika
Shaxsan man boshqa yul tutgan bulardim oliy talimni yigishtirish kerak ishga diploni borlarni emas aqli borlarni olish kerak hatto davlat ishlariga ham
Qancha urta maxsus xodimlar oliy malumotlilardan yaxshi biladi ishini
Javlonbek
Barchasi yaxshilikka bolsin
Buni isbotlab chora korish kerak
Hujjattopshirishboshlanyapdi!!!
Sertifikatni bekor qilish kerak, sertifikat yangi korrupsiyaga yo'l ochdi! Hech narsani bilmaydigan o'quvchi ham sertifikatdan 90-100% lik natija olib chiqyapti, buni qanday izohlash mumkin
Saparniyazov Inomjan
Maktabda o‘qiganiga qarab OTM ga imtihonsiz kirishni amalga oshirish kerak
Бизнинг халк коррупциясиз зерикиб колишади...
Suyarov Ziyodulla
Xushnudbekni bugun Tentakmindsda tanqid qilgandik. Yaxshi bo'ldi aralashganingiz. Chunki siz katta "figura" ga egasiz.
Faktlar hammasi tentakda.
Sizlarga kuch-quvvat nima bo'lsa ham sertifikat sinovlari javoblar chiqqandan keyin qayta o'tkazilsin. Shunda hamma narsa aniq bo'lardi.
Saparniyazov Inomjan
Maktabda o‘qiganiga qarab OTM ga imtihonsiz kirishni amalga oshirish kerak
Unda qaytanga korruptsiya kuchayadi maktablarda. Maktab tugab bo'lgan yaxshi ham repititorlar bor yo'qsa bilimlilar yo'q bo'lardi
Saparniyazov Inomjan
Maktabda o‘qiganiga qarab OTM ga imtihonsiz kirishni amalga oshirish kerak
Bu ham bo'lmaydi, bunda yanayam korrupsiya avj oladi. Bizda buni joriy qilish qiyin masala.
Sanjar Nordavlatov
yurideskiy litseysi suhbat asosida qabul qilinishi bunaqa sertifikatlar faqat millat oyogiga bolta uriw degani chunki daladagi chupon ham biladi bunaqa holatda adolat bulmaydi
Shunaqa u litseyga okaxonlani bolalari kieadi,oddiy xalqdan bir ikkita kiradi,lekn qizig tomoni universitetga suhbat bolyotganda okaxonlarni ikkichi bolasi oqishga kiradi,oddiy xalqni bilimli bolasi suhbatdan yiqiladi😂😂
Saparniyazov Inomjan
Maktabda o‘qiganiga qarab OTM ga imtihonsiz kirishni amalga oshirish kerak
Бу тугри фикр емас. Кейин мактабда бошланади енг катта коррупсия
Show next 100 comments