Қабул жараёнларига оз қолди. Яна эски хатони такрорлаймизми?

15 кундан кейин бутун республика бўйлаб ОТМларга қабул жараёнлари бошланиши керак.

Аммо шундай бўлса-да, жорий йилдаги қабул жараёнлари бўйича деярли ҳеч нарса аниқ эмас. На қабул квоталари тасдиқланди, на имтиҳон тартиблари маълум бўлди. Ҳаттоки энг элементар нарса - нечта фандан тест бўлиши ҳам аниқ эмас.

Менинг хавотирим, жорий йилда ҳам худди ўтган йилгидек барчаси кечикиб, шошилинчда, ўлда-жўлда бўладигандек.

Хабарингиз бор, ўтган йили қабулга оид ҳужжатларнинг кечикиб тасдиқланиши бўйича ўзига хос салбий рекорд янгиланган эди. Шу даражада кечикканки, ҳатто қабул квоталарисиз қабулни тахминан бошлаб туришди, натижада бошида таваккал ҳужжат топшириб қўйганлар билан кўплаб муаммолар чиқди.

Наҳотки бу йил ҳам ўша ҳассамизни яна йўқотсак? Ўтган йилги хатолар дарс бўлмаганмиди?

Бу саволларимиз кўпроқ Вазирлар Маҳкамасига, янада аниқроғи Давлат қабул комиссиясига қаратилган. Фаолияти ўта сирли ва ёпиқ бўлган ушбу комиссия таълимда жуда кўп нарсани ортга тортиши билан машҳур. Кўпчилик аҳоли бундай комиссия борлигини билмайди ва одамлар таълимга оид баҳсли қарорларда асосан вазирликларни ёки ДТМни айблаб юришади.

Аслида эса бу комиссияга жуда катта ваколатлар берилган, шунга яраша очиқ ва шаффоф ишламайди ҳам. Комиссиянинг бирорта мажлисига журналистлар ва жамоатчилик вакиллари чақирилмайди. Барча қарорлар ёпиқ эшиклар ортида қабул қилинади. Қарорлари ҳеч қаерда расман эълон қилинмайди ва ҳ.к.

Мисол учун, 30 апрелда Президент Шавкат Мирзиёев карантин муносабати билан имтиҳонларни соддароқ шаклда ўтказиш бўйича топшириқ берган эди. Шундан кейин ДТМ директори тегишли таклифларни тайёрлаб, Давлат қабул комиссиясига юборганини маълум қилди. Аммо мана орадан 1 ой вақт ўтди, лекин ҳалигача тартиб тасдиқланмади.

Абитуриентлар Давлат қабул комиссияси қарорини яна қанча кутиши керак? Қачон бирор нарса аниқ бўлади? Нега яна тестга саноқли кунлар қолганда янгиликларни эълон қилиб, абитуриентлар ва уларнинг ота-оналарини шошириб қўймоқчимиз?

Сўзим сўнггида Ҳукуматда ижтимоий комплекс раҳбарлигига тайинланган янги Бош вазир ўринбосари Беҳзод Мусаевдан ушбу масалага жиддийроқ эътибор қаратиб, ўтган йиллардаги тарих такрорланишига йўл қўймаслигини илтимос қилиб қоламан.


👉 @xushnudbek 👈

618 comments

Show 100 more comments
“Qarorlarni tezroq ishlab chiqing” degan qaror kerak bularga
Davlatning kichgina xatolari to'g'irlanmasa davlat orqaga qarab yuriydi.
To‘g‘risi bizga qog‘ozbozlikni keragi yo‘q ko‘p ishlarga taklif kiritilyabdi lekin qog‘ozda qolib ketyabdi. O‘zbekistonda TA‘LIM sohasini ozroq emas butunlay almashtirish kerak. Shundagina kelajakka ishonch uyg‘onadi. E‘tibor berib qarasak yurtimizda juda qobiliyatli aqlli yoshlar ko‘p LEKIN hech qaysisi O‘zbekiston OTM larida o‘qishni niyat qilmaydi hammasi CHET el universitetlariga ketadi va o‘sha yerda qoladi. BUNAQA DAVOM ETAVERSA O‘ZBEKISTON QACHON "BUYUK KELAJAK" KA ERISHADI !!!
Shahnozaxon
Qachon e'lon qilasizlar axir. Abiturent ham odamku . Bu yil kòpchilik yaxshi tayyorgarlik qilolmadi. Har yili bizga osonlik qilamiz deb aldaysizlar
Juda ham o'rinli mavzu ko'tarilgan hali haligacha hech narsa aniq emas bir qaralsa 5ta fan bir qarada 2ta fan aslida 5ta fan deb o'ylab sentyabridan beri 5ta fanini o'qiyotgan abituriyentlarga rahmim keladi ular ko'nikib fanlarini joylashtirib hammasiga tayyor bo'lishganda esa 2ta fan deb aytib qolishdi vaholanki ular sentyabridan beri hamma tayyorlov kursiga oz muncha harakat qilishdimi(pul vaqt mehnat vaho kazo) endi esa 2ta fan deyishyapti hali bu ham aniq emas abituriyentlarga sal bo'lsa ham ertaroq yetkazsa bo'lardiku hamma yilni boshidan o'shanga qarab tayyorlanardik
Nostrifikatsiya haqida ham ma‘lumotlar berib o‘tsangjz, Iltimos.
Xaydarov Sardor
Juda ham o'rinli va dolzarb mavzu ayrim "ichidagi" tashkilot rahbarlari Oliy ta'limdagi beznislarni davom ettirishar ekan
Mahammatova N
Hushnudbek, rahmat sizga.Mening ham oʻgʻlim bu yil abituriyent.Unga qarab rahmim keladi.Oz vaqt qoldi,lekin hech narsa aniq emas.Beshta fanmi,nechta boʻlsa ham ertaroq eʼlon qilinishi kerak edi.Qiyinmi,osonmi,barcha teng-ku,nega rahbarlar oʻzgartiraveradi,hayronman.
Hulkar Hazratova
Kattakon raxmat sizga judayam to'g'ri
Assalomu alaykum Xushnudbek aka. Sizdan bir narsa iltimos qilmoqchi edim. DTM dan minglab abiturientlar (IELTS chilar) nomidan hujjat topshirish muddatini uzaytirishni so‘rab murojaat qila olasizmi❓❗️❗️❗️ Chunki biz o‘qish kirishda imtiyoz beriladigan Ielts sertifikati olish ucun topshirmoqchi edik. Karantin tufayli hamma imtihon kunlari qoldirildi, jumladan 6, 13 va 18 iyunda topshiradigan men va menga o‘xshagan abiturientlarning imtihoni ham, va natijada iyun oyida yagona topshirsa boladigan 20 iyun (uni ham hali bolishi aniqmas va afsuski u ham topib bolga 😔😢) sanasi qolgan. Yana bir yomon tarafi bu "IELTS" imtihonining javobi 14 kundan so‘ng chiqadi. Agarda hujjat topshirish muddati o‘tgan yilgidek saqlanib qoladigan bo‘lsa va biz iyul oyida ieltsdan imtihon topshiradigan bo‘lsak (boshqa ilojimiz ham yo‘q) sertifikat olishga ulgurmay qolamiz.
Kvotalar tezro elon qilinsa yaxwi bòlardi qaysi OTMni tanlawga odamni bowi qotyaptiku
Bu dtm ni prezidentimiz qattiq siquvga olmasa bo'lmaydi, nega biz sentabrda aytilishi kerak bo'lgan qonunni iyun-iyul qilib eshitishimiz kerak, abituriyent ekan deb xo'rlayvermanglar iltimos , bilamiz silarni bollaring yo'q , siqilmisilar , bu yerda ota onasi bolam bizni kambag'allikdan qutqaradi deb o'tirganlar bor , ishingizni suistemol qilmanglar , uvoli tegib qolmasin.
Hayot
Shunchali alamli gaplar. Ilgarigi sistemaham shundaymidi, kup narsa uzgarganday buluvdi shekilli? !
Sulaymonova Nafisa
5 ta yoki 2 ta fandan imtihon bo'lishi DTMga boq'liq emas. Bu qarorni hal qiladigan tashkilot bulardan yuqori tashkilot. DTM shunchaki ijrochi organ ekan. Iltimos Xushnudbek, siz shu qonuniy qaror chiqaradigan organni bilasiz. Ularga xalqning fikrini yetkazing. Xudo har birimizning mushkulimizni oson qilsin.
Bularni nimadandir ta'sirlantirmasa har yili shu zayilda ketaveradi. Yozilgan taklif va talablar yozuvligicha qolib ketaveradi. Mana masalan yaqinda amerikada qora tanlini behosdan o'ldirib qo'ydi deb xalq ko'tarildi, endi politsiya xodimlari tovbasiga tayandi. Bizlarda esa osmon musaffo
Ü Ľ K Ë Ñ Ď Ü Ň Ý Ë
Dr.Shahzod Sabirovich
Bu dtm ni prezidentimiz qattiq siquvga olmasa bo'lmaydi, nega biz sentabrda aytilishi kerak bo'lgan qonunni iyun-iyul qilib eshitishimiz kerak, abituriyent ekan deb xo'rlayvermanglar iltimos , bilamiz silarni bollaring yo'q , siqilmisilar , bu yerda ota onasi bolam bizni kambag'allikdan qutqaradi deb o'tirganlar bor , ishingizni suistemol qilmanglar , uvoli tegib qolmasin.
Ichidagi gaplar chiqyapti rostdan xam sentabr yoki oktabrda aytilishi kerak bo'lgan narsala imtihon kuni ham undan keyin ham malum qilinaveradi shu un hamma abuturentlar chetga topshirishni afzal bilishadi bizada qonun zo'r ln amal qilish 00000000
Tõğri fikrlar!!!! Men 100% qõshilaman!!!!!!!
Show next 100 comments