Қабул жараёнларига оз қолди. Яна эски хатони такрорлаймизми?

15 кундан кейин бутун республика бўйлаб ОТМларга қабул жараёнлари бошланиши керак.

Аммо шундай бўлса-да, жорий йилдаги қабул жараёнлари бўйича деярли ҳеч нарса аниқ эмас. На қабул квоталари тасдиқланди, на имтиҳон тартиблари маълум бўлди. Ҳаттоки энг элементар нарса - нечта фандан тест бўлиши ҳам аниқ эмас.

Менинг хавотирим, жорий йилда ҳам худди ўтган йилгидек барчаси кечикиб, шошилинчда, ўлда-жўлда бўладигандек.

Хабарингиз бор, ўтган йили қабулга оид ҳужжатларнинг кечикиб тасдиқланиши бўйича ўзига хос салбий рекорд янгиланган эди. Шу даражада кечикканки, ҳатто қабул квоталарисиз қабулни тахминан бошлаб туришди, натижада бошида таваккал ҳужжат топшириб қўйганлар билан кўплаб муаммолар чиқди.

Наҳотки бу йил ҳам ўша ҳассамизни яна йўқотсак? Ўтган йилги хатолар дарс бўлмаганмиди?

Бу саволларимиз кўпроқ Вазирлар Маҳкамасига, янада аниқроғи Давлат қабул комиссиясига қаратилган. Фаолияти ўта сирли ва ёпиқ бўлган ушбу комиссия таълимда жуда кўп нарсани ортга тортиши билан машҳур. Кўпчилик аҳоли бундай комиссия борлигини билмайди ва одамлар таълимга оид баҳсли қарорларда асосан вазирликларни ёки ДТМни айблаб юришади.

Аслида эса бу комиссияга жуда катта ваколатлар берилган, шунга яраша очиқ ва шаффоф ишламайди ҳам. Комиссиянинг бирорта мажлисига журналистлар ва жамоатчилик вакиллари чақирилмайди. Барча қарорлар ёпиқ эшиклар ортида қабул қилинади. Қарорлари ҳеч қаерда расман эълон қилинмайди ва ҳ.к.

Мисол учун, 30 апрелда Президент Шавкат Мирзиёев карантин муносабати билан имтиҳонларни соддароқ шаклда ўтказиш бўйича топшириқ берган эди. Шундан кейин ДТМ директори тегишли таклифларни тайёрлаб, Давлат қабул комиссиясига юборганини маълум қилди. Аммо мана орадан 1 ой вақт ўтди, лекин ҳалигача тартиб тасдиқланмади.

Абитуриентлар Давлат қабул комиссияси қарорини яна қанча кутиши керак? Қачон бирор нарса аниқ бўлади? Нега яна тестга саноқли кунлар қолганда янгиликларни эълон қилиб, абитуриентлар ва уларнинг ота-оналарини шошириб қўймоқчимиз?

Сўзим сўнггида Ҳукуматда ижтимоий комплекс раҳбарлигига тайинланган янги Бош вазир ўринбосари Беҳзод Мусаевдан ушбу масалага жиддийроқ эътибор қаратиб, ўтган йиллардаги тарих такрорланишига йўл қўймаслигини илтимос қилиб қоламан.


👉 @xushnudbek 👈

618 comments

Show 100 more comments
Xaydarov Sardor
Juda ham o'rinli va dolzarb mavzu ayrim "ichidagi" tashkilot rahbarlari Oliy ta'limdagi beznislarni davom ettirishar ekan
Mahammatova N
Hushnudbek, rahmat sizga.Mening ham oʻgʻlim bu yil abituriyent.Unga qarab rahmim keladi.Oz vaqt qoldi,lekin hech narsa aniq emas.Beshta fanmi,nechta boʻlsa ham ertaroq eʼlon qilinishi kerak edi.Qiyinmi,osonmi,barcha teng-ku,nega rahbarlar oʻzgartiraveradi,hayronman.
Hulkar Hazratova
Kattakon raxmat sizga judayam to'g'ri
Assalomu alaykum Xushnudbek aka. Sizdan bir narsa iltimos qilmoqchi edim. DTM dan minglab abiturientlar (IELTS chilar) nomidan hujjat topshirish muddatini uzaytirishni so‘rab murojaat qila olasizmi❓❗️❗️❗️ Chunki biz o‘qish kirishda imtiyoz beriladigan Ielts sertifikati olish ucun topshirmoqchi edik. Karantin tufayli hamma imtihon kunlari qoldirildi, jumladan 6, 13 va 18 iyunda topshiradigan men va menga o‘xshagan abiturientlarning imtihoni ham, va natijada iyun oyida yagona topshirsa boladigan 20 iyun (uni ham hali bolishi aniqmas va afsuski u ham topib bolga 😔😢) sanasi qolgan. Yana bir yomon tarafi bu "IELTS" imtihonining javobi 14 kundan so‘ng chiqadi. Agarda hujjat topshirish muddati o‘tgan yilgidek saqlanib qoladigan bo‘lsa va biz iyul oyida ieltsdan imtihon topshiradigan bo‘lsak (boshqa ilojimiz ham yo‘q) sertifikat olishga ulgurmay qolamiz.
Kvotalar tezro elon qilinsa yaxwi bòlardi qaysi OTMni tanlawga odamni bowi qotyaptiku
Bu dtm ni prezidentimiz qattiq siquvga olmasa bo'lmaydi, nega biz sentabrda aytilishi kerak bo'lgan qonunni iyun-iyul qilib eshitishimiz kerak, abituriyent ekan deb xo'rlayvermanglar iltimos , bilamiz silarni bollaring yo'q , siqilmisilar , bu yerda ota onasi bolam bizni kambag'allikdan qutqaradi deb o'tirganlar bor , ishingizni suistemol qilmanglar , uvoli tegib qolmasin.
Hayot
Shunchali alamli gaplar. Ilgarigi sistemaham shundaymidi, kup narsa uzgarganday buluvdi shekilli? !
Sulaymonova Nafisa
5 ta yoki 2 ta fandan imtihon bo'lishi DTMga boq'liq emas. Bu qarorni hal qiladigan tashkilot bulardan yuqori tashkilot. DTM shunchaki ijrochi organ ekan. Iltimos Xushnudbek, siz shu qonuniy qaror chiqaradigan organni bilasiz. Ularga xalqning fikrini yetkazing. Xudo har birimizning mushkulimizni oson qilsin.
Bularni nimadandir ta'sirlantirmasa har yili shu zayilda ketaveradi. Yozilgan taklif va talablar yozuvligicha qolib ketaveradi. Mana masalan yaqinda amerikada qora tanlini behosdan o'ldirib qo'ydi deb xalq ko'tarildi, endi politsiya xodimlari tovbasiga tayandi. Bizlarda esa osmon musaffo
Ü Ľ K Ë Ñ Ď Ü Ň Ý Ë
Dr.Shahzod Sabirovich
Bu dtm ni prezidentimiz qattiq siquvga olmasa bo'lmaydi, nega biz sentabrda aytilishi kerak bo'lgan qonunni iyun-iyul qilib eshitishimiz kerak, abituriyent ekan deb xo'rlayvermanglar iltimos , bilamiz silarni bollaring yo'q , siqilmisilar , bu yerda ota onasi bolam bizni kambag'allikdan qutqaradi deb o'tirganlar bor , ishingizni suistemol qilmanglar , uvoli tegib qolmasin.
Ichidagi gaplar chiqyapti rostdan xam sentabr yoki oktabrda aytilishi kerak bo'lgan narsala imtihon kuni ham undan keyin ham malum qilinaveradi shu un hamma abuturentlar chetga topshirishni afzal bilishadi bizada qonun zo'r ln amal qilish 00000000
Tõğri fikrlar!!!! Men 100% qõshilaman!!!!!!!
Lobar Abduxoliqova
Assalom alaykum Xushnudbek Xudoyberdiyev sizdan iltimos bu yilgi magstiraturaga topshirish haqida ham ma'lumot bersangiz. Bu yil ham turdosh yo'nalishlar bo'ladimi?
Хушнуд ака шу ўринда бир савол. Контракт масаласини хам эътиборга олинг. Биздан деканат сўрайвериб, жонга тегди. Курсдан-курсга қолдирамиз, ёки ўқишдан четлаштириласан деб айтишяпти. Ахир хозир карантин баъзи одамлар кунини зўрға кўраётганини тушунмайдими улар. Илтимос шу ҳақда ёзинг.
Salom Hushnudbek aka.Abiturientlarga qanchalik qiyinligini bula qayodanam bilsin!!!Bitta honaga kirvolib qaror chiqarishdan boshqasiga yaramaydi bula!!!Nima biz bulani yana qanaqa qaror chiqararkin deb qarab ôtirmaymizku.Imtihonga 2 oy vaqt qoldi hali qabul kvotasi aniq bômasa!!!!Qizig'i hali qaysi fandan imtihon bo'lishi anig'mas!!!To'g'risi O'zbekistonga topshirgimam kemay qoldi.yahshisi Rassiyaga topshirib ôshag'da ôqigan yahshi bu mani fikrim kim qanaqa ôylaydi bilmadim lekin,bekorga kôp abiturien chetga ketib qomayatida shulani masulyatsizligidan!!!!Uzur lekin hamma abituriendni dardida bu to'g'risi!!
Qozogʻiston shu virus tufayli shundayligicja qabul qilishini eʼlon qildi. Bizda esa hujjat topshirish ham toʻlovli. Hech boʻlmasa shu yil uchun tayyorlana olmagan oʻrtoqlarim uchun super kantrakt arzon boʻladi deyish ham yoʻq. Boshqa chet davlatlarda ligotalar berilayotgani mayli, bizda berilmayotgani ham mmmmmmmaylllli aksincha bizda yanayam qimmatroq qilib qoʻyishadi. Kvotani hatto eʼlon qilishmaydi vaqtiga. Xullas hammasi man aytayotganlatim pulga borib, "inson"larni manfaatiga borib taqaladi.
Hayot
Men uchun eng xursand qilgani bu sirttan uqish hamda yosh chegarasi olib tashlangani buldi, abituriyent bulish imkoni paydo buldi. Lekin bir tomondan bugungiga uxshagan muammolarda post egasiday uz ishini kuchli mutaxassisi dalda bulib turmasa abituriyentlarga qiyin bulishi aniq.
Man agarda davlat tashkilotida ishlaganimda sirtqini kvotasini oshirgan boʻlardim. Chunki davlatga eng foyda keltiradigani shu. Nimagadir shu haqda oʻylab koʻrishmayapti.
Bizda aksincha sirtqi kam. Kulgili va achinarli holat
Xushnudbek akani oborib direktor qilib tayinlash kerak😁
Kvotalar eʼlon qilinganida aniqlashtirib olardik. Qaysiga topshirishni
Show next 100 comments