❗️Боғча ва ўқув марказларига ҳозирча рухсат йўқ

Республика Махсус комиссиясининг жорий йил 8 майдаги айрим ҳудудларда карантин чораларини юмшатиш ҳақидаги қарорига қарамай, хавфсизликни таъминлаш мақсадида таълим муассасалари ва ўқув курслари, шу жумладан давлат, хусусий, оилавий, давлат-хусусий шериклик асосидаги мактабгача таълим муассасалари фаолиятига чеклов ўз кучида қолади.

Ушбу чеклов чораларини узайтиришдан мақсад — болалар хавфсизлигини таъминлаш ва уларнинг саломатлигини коронавирус инфекциясини юқтириб олиш хавфидан ҳимоя қилишдир.

Инфекция хавфи бартараф бўлгач, таълим муассасаларига ҳам рухсат берилади ва бу ҳақда қўшимча хабар қилинади.


👉 @xushnudbek 👈

214 comments

Show 36 more comments
O'quv markazi lariga ehtyot choralarni qollab ruxsat berish kerak
No name
Bozorlardan xavsizroq oquv markazlar agarda sanitariya talaablar javob bergan holda ochilsa
baribir hozirgi vaqtda bozordagi oziq ovqatlar birinchi o'rindagi mahsulotlar. o'quv markazlariga qaraganda. shuning uchun ham bozorni to'liq yopib qo'yolmaydi
Ulug'bek Jurabayev
Xushnudbek sizdan bir surash bor edi. Kechagi qarorga kora o'zini o'zi band qilish sohasiga mustaqil faoliyat olib boruvchi Repititorlar ham kiradimi. Iltimos shunga aniqlik kiritishda yordam bering...Oldindan rahmat
LEYLA
Abituriyentlarga juda qiyin bolyapti. Online dars o'tiw hali beri bizning yurtimizda rivojlanmagan.
Адилжанова_Хулкарой
Oliy ta'limda ham yakuniy sinovlarni ham bekor qilish kerak. Ovoragarchilikdan bowqa narsa emas, ko'zbomayagarchilik holos. Oraliq nazoratlar ham wunday bòldi bitta talaba sharoyiti yòq 4ta 5ta dugonasini òrniga ham test topshirdi. U bechora dugonasi ham nima qilsin yo antenasi yòq, yo bolmasa mb yòq. Iloji yòq òrniga bowqa sharoiti bor talaba topwiradida. Yakuniy nazoratlar ham shunday bòlishi kimga kerak. Aziyat chekkan talabalar bo'ladi yana. Darslar a'lo darajada olib borilmayotgan bòlsa, baribir internetdan topilsa. Kimga kerak wu ko'zboyamagarchilik????????
Faqat Abiturientlar uchun o'quv markazlarini qat'iy tartib asosida ochishga ruxsat beishlari kerak.Bu yiligi abiturientlarga o'zi ikkilanish yili bo'ldi.5 ta fan,2 ta fan,3 ta fan,virus.. karantin...sust internet...chala online dars .. ikkilanishlar serob...
Doston Sa'dullayev
Ayrim joylarda umuman internet yoq(yaxshimas). Shu un o'quv markazlarini tezroq ochish kerak.1-iyundan bolalar bog'chasi ochiladimi.shu savolga javob bersangiz
Tezroq oquv markazlari ochilsa yaxshi bolar edi
Assalomu alaykum Xushnudbek aka sizdan bir narsani suramoqchi edim. Tushunturish xati olishgan bir tanishimdan qo'rqma hech qanaqa jarima qullanilmaydi deb lekin kecha sesdan hat kelibdi usha tushunturish xati yuzasidan (223000) to'lab quyin deb. Inspektrga borsa bilmiman diydi ses xodimiga borsa bilmayman diydi. G'irrom uyin bulyapti qiynalgan yan XALQ XALQ
Otmla tezro ochilaqosin 😥😥😥universitetni sog'indm
O'quv markazlariga sanitariya talablarini qo'yib ruxsat berish kerak! O'zi O'zbekistonimizda bittagina ta'limni normal beradigan tizim bor edi. U ham yopiq!
Адилжанова_Хулкарой
Òquv markazlarini ham kam abituriyentlarga moslashtirib gigiena tartiblarini joriy qilib ochiw kerak online darslar qoniqali darajada emas
Bir tarafdan ochilmagani yaxshi, lekin ikkinchi tarafdan davlat tasartufidagi xususiy bog'cha yoki nodavlat ta'lim muassasalari ishchilariga oylik berilmayotgani yomon. Davlat yurmayotgan bog'chalatini yurgizib berishlari uchun xususiy bog'cha rahbarlariga taklif bildirib, ish boshladi va endi hozirgi vaziyatda shunchaki o'yindan chiqdi, qoldi. Davlat tasarrufidagi hususiy bog'cha hodimlarini davlat bog'chalari hodimlaridan nima kam joyi bor. Ularni ham oilasi, bola chaqasi bor. Ular ham el qatori inson. Ularga oyliklarini to'lab berish adolatdan bo'lardi manincha. Shu mavzuda muammoga duch kelganlar bo'lsa imkon qilib ko'tarelik hamyurtlar
Show next 100 comments