❗️Боғча ва ўқув марказларига ҳозирча рухсат йўқ

Республика Махсус комиссиясининг жорий йил 8 майдаги айрим ҳудудларда карантин чораларини юмшатиш ҳақидаги қарорига қарамай, хавфсизликни таъминлаш мақсадида таълим муассасалари ва ўқув курслари, шу жумладан давлат, хусусий, оилавий, давлат-хусусий шериклик асосидаги мактабгача таълим муассасалари фаолиятига чеклов ўз кучида қолади.

Ушбу чеклов чораларини узайтиришдан мақсад — болалар хавфсизлигини таъминлаш ва уларнинг саломатлигини коронавирус инфекциясини юқтириб олиш хавфидан ҳимоя қилишдир.

Инфекция хавфи бартараф бўлгач, таълим муассасаларига ҳам рухсат берилади ва бу ҳақда қўшимча хабар қилинади.


👉 @xushnudbek 👈

214 comments

Show 45 more comments
Doston Sa'dullayev
Ayrim joylarda umuman internet yoq(yaxshimas). Shu un o'quv markazlarini tezroq ochish kerak.1-iyundan bolalar bog'chasi ochiladimi.shu savolga javob bersangiz
Tezroq oquv markazlari ochilsa yaxshi bolar edi
Assalomu alaykum Xushnudbek aka sizdan bir narsani suramoqchi edim. Tushunturish xati olishgan bir tanishimdan qo'rqma hech qanaqa jarima qullanilmaydi deb lekin kecha sesdan hat kelibdi usha tushunturish xati yuzasidan (223000) to'lab quyin deb. Inspektrga borsa bilmiman diydi ses xodimiga borsa bilmayman diydi. G'irrom uyin bulyapti qiynalgan yan XALQ XALQ
Otmla tezro ochilaqosin 😥😥😥universitetni sog'indm
O'quv markazlariga sanitariya talablarini qo'yib ruxsat berish kerak! O'zi O'zbekistonimizda bittagina ta'limni normal beradigan tizim bor edi. U ham yopiq!
Адилжанова_Хулкарой
Òquv markazlarini ham kam abituriyentlarga moslashtirib gigiena tartiblarini joriy qilib ochiw kerak online darslar qoniqali darajada emas
Bir tarafdan ochilmagani yaxshi, lekin ikkinchi tarafdan davlat tasartufidagi xususiy bog'cha yoki nodavlat ta'lim muassasalari ishchilariga oylik berilmayotgani yomon. Davlat yurmayotgan bog'chalatini yurgizib berishlari uchun xususiy bog'cha rahbarlariga taklif bildirib, ish boshladi va endi hozirgi vaziyatda shunchaki o'yindan chiqdi, qoldi. Davlat tasarrufidagi hususiy bog'cha hodimlarini davlat bog'chalari hodimlaridan nima kam joyi bor. Ularni ham oilasi, bola chaqasi bor. Ular ham el qatori inson. Ularga oyliklarini to'lab berish adolatdan bo'lardi manincha. Shu mavzuda muammoga duch kelganlar bo'lsa imkon qilib ko'tarelik hamyurtlar
https://lex.uz/pdfs/4815556 shungayam bitta izoh bering Xushnud aka
Endi sekin astalik bilan O'quv markazlar faoliyatiga uncha ko'p abituriyentni to'plamasdan ixcham guruhlar ko'rinishida ruxsat berish kerak deb o'ylayman. Chunki abituriyentlar o'qishga kirishlari va bilimlarini yanada yuksaltirishlari uchun bu juda ham kerakli. Onlayn darslarga esa bazi abituriyentlar keraksizdek qarashmoqda bu esa o'z-o'zidan bilim olishlariga jiddiy ta'sir o'tkazadi.
(Bu yuqorida bildirilmagan fikrlar deb o'ylayman. Va yuqorida asosli fikrlarga qo'shilaman)
Nima qilsak ham Baribir Bu Davlatni siyosati Hozircha Kutganimiz Yaxshi
Assalamu aleykum. O'quv markazlari faoliyatini tiklash kerak. Maximum 5 kishilik guruhlar tashkil qilib gigiеna talablariga mos ravishda o'tishini ta'minlagan holda. Juda ko'plab o'qituvchilar ishsiz qoldi. Jumladan erkak o'qituvchilar. Abituryentlar uchun ham to'laqonli o'quv tizimi kerak.
Абитуриентлар у холда нима килади. Ёки имтихонлар янада соддалаштирадими? Абитуриентлар узи бир неча йил ютказган болса.
Xushnud aka bitta iltimos Xalq ta'limi vazirining 2020-yil 20maydagi 130 -sonli qarorini dexqonchasiga tushuntiring.Buyruqqa umuman tushunmadim.
Qat'iy gigienaga amal qilgan holda O'quv markazlarini faoliyatiga ruhsat berish kerak!
Show next 100 comments