Cўровнома: қайси блогерларни кузатиб борасиз?
Халқаро блогерлар куни бизнинг юртимизда ҳам бугунги кунда актуал бўлиб қолди. Сабаби кўз тегмасин йилдан йилга блогерлик фаолияти ривожланиб, уларнинг мақоми ва жамиятдаги ўрни сезиларли равишда ошиб бормоқда.
Шу ўринда каналимиз муштарийларига бир савол билан мурожаат қилмоқчиман.
Сиз қайси блогерларни мунтазам кузатиб борасиз?
Имкон қадар шунчаки номларни айтмасдан, айнан қайси жиҳати учун кузатиб боришингизни ҳам ёзсангиз, янада қизиқроқ бўлар эди.
Барчага раҳмат!
P.S.: сўровнома каналим орқали ўтказилаётгани учун, изоҳларда мени айтишингиз шарт эмас. Бошқа блогерларни айтсангиз, мантиқан тўғри бўлар эди :)
👉 @xushnudbek 👈
ZAMBARAKNING ÒQI.
Mn: sizni va yana boshqa blogerlarni
Zafarbek Solijonovdagi dux(o'zbekchasini bilmadim)ga qoyil qolaman. To'g'risini aytsam telegramga kirib birinchi shu blogerni kanalini ochaman. Jurnalistik surishtiruvda izquvar "Puaro" 😀
Rustam Ashurov - bizni brat)) Mashxur familiya egasi. Ko'rishmagan bo'lsamda bir-ikki maslahatlashganman telegram orqali. Ilm-fan olamida "one of my role model" kumerlarimdan biri😎
Alimoff - Bu insonni yaxshi tanimayman lekin yoshligidagi bo'lgan voqealarni nuqta verguligacha eslab postlar yozib turishiga, tekinga yoshlar uchun juda kerakli kitob va videoroliklar tarjimasini ulashishiga va eng kreativ hayolparastlardan ekanligiga qoyil qolish kerak))
Eldar Asanov - til shaydosi. Manga qo'yib bersa O'zbek tilini rivojlantirish vazirligi ochib shu insonni vazir etib tayinlagan bo'lar edim🤪
Safari - biror nimani o'zicha to'g'ri deb bilsa qarshi tomonni eshitmaslik uchun quloqlarini kar ko'zi ko'rga aylanib qoladi)). Ma'naviyatchilar va Alisher Qodirov kushandasi, shoshqaloq va qiziqqon). Aytgancha oliy ta'limda ma'naviyat fanlari nimolyapti? hali ham o'tilyaptimi? 🤠
Oops!! Muhrim esdan chiqibdiku - qalami o'tkir akaxonlardan)). Turib turib hich kim o'ylamagan mavzularda yozib kopchilikni shoshirib qo'yadi). Ayniqsa Toshkent shahar Jek, transport, avtomobil yo'llari, metropoliten va temir yo'l quruvchi amaldorlar uni tunu kun kuzatib borsa kerak😅
Xushnudbek - mavsumiy blogerlardan. Yozda abiturientlarning ishongan tog'i, saylov mavsumida prokuror, mavzu kamayib qolganda propiska esiga tushib, chiqmagan jondan umid shiori ostida yana o'tkir postlarni yozib, "Sening fikring bizga bir tiyin jamoatchilik portali"ga loyiha tashlab turar va yana natijadan hafsalasi pir bo'lib turuvchi optimist🤓Lekin tan berish ham mardlik propiska bo'yicha shuncha ijobiy o'zgarishlarda uni o'rni juda katta. Yomon taraf deyolmaymanku lekin manga uncha yoqmagan taraflaridan biri - oxirgi paytlarda kanal ko'proq yangiliklar kanaliga aylanib qolgan. O'tgan va undan oldingi yillardagi o'tkir tanqidlar juda kamaygan. To'g'ri, tushunaman, balki kanalni kattakonlarimiz ham kuzatib borayotgan bo'lsa inson ancha ehtiyotkor bo'lib qoladi lekin hech bo'lmasa jiijcha minderoo mavzularda tanqidlarni ko'paytirib, hamma kanalda beriladigan yangiliklarni sonini kamaytirishni tavsiya qilgan bo'lardim.🙄
Yaxshi yomon xazillar uchun uzr omale🤤
Hammangizni tabriklayman.
https://www.instagram.com/peynofficial/
Tanqidlarni o'z o'rnida va me'yorida olib boradi.