Cўровнома: қайси блогерларни кузатиб борасиз?

Халқаро блогерлар куни бизнинг юртимизда ҳам бугунги кунда актуал бўлиб қолди. Сабаби кўз тегмасин йилдан йилга блогерлик фаолияти ривожланиб, уларнинг мақоми ва жамиятдаги ўрни сезиларли равишда ошиб бормоқда.

Шу ўринда каналимиз муштарийларига бир савол билан мурожаат қилмоқчиман. Сиз қайси блогерларни мунтазам кузатиб борасиз?

Имкон қадар шунчаки номларни айтмасдан, айнан қайси жиҳати учун кузатиб боришингизни ҳам ёзсангиз, янада қизиқроқ бўлар эди.

Барчага раҳмат!

P.S.: сўровнома каналим орқали ўтказилаётгани учун, изоҳларда мени айтишингиз шарт эмас. Бошқа блогерларни айтсангиз, мантиқан тўғри бўлар эди :)


👉 @xushnudbek 👈

2534 comments

Show 100 more comments
Isomov Ziyodjon TVL-736
Faqat Xushnudbek akani
Dehqonboy Dadayev
Nozim Safari va Xushnudbek Xudoyberdiyevlarni kuzatib boraman. Safarining o'ziga xos fikrlash uslubi va tanqidiy mulohazalari uchun, Xushnudbekni biron voqea borasida mas'ullardan izoh talab qilmasdan qo'ymasligi uchun. Barcha blogerlarga sog'liq tilayman.
Xushnudbek Xudoyquliv men boladigan yaxshi bloger.
Tanqidlarni o'z o'rnida va me'yorida olib boradi.
O‘zimdan boshqa hechkimni
O'ktam Xazratqulov
Men uchun eng ishonchli bloger Xushnudbek . Doim kuzatib boraman eng ishonchlisi O'zinggiz Xushnudbek.
Zafarbek Solijonov
Shaha Dolimov , Murad Nazarov-Zamon bilan hamnafas, iqtidorli insonlar👍👍👍
Хушнудбек хамда Нозим сафар
1-o'rinda. Otabek Bakirov, Nurbek Alimov, Zafar Solijonov, 2-o'rin. Xushnudbek, Qahramon Aslanov(agar o'zini blogger deb hisoblasa), Davletov.uz,
Men Shuhrat Musayevni muntazam kuzatib boraman
TARIX
Xushnudbek.eng so'ngi yangiliklar berib boradi va asosiysi aniq ma'lumotlar bor
Xushnudbek
Shu kunlardagi ishlar yani andijonda qiynoqqa solinishi natijasida vafot etgan fuqaro xaqida xam video orqali fikirlaringizni bildirsangiz
Нигора Худойбердиева
Факат Хушнудбек. Сабаби жуда маданиятли расмий исломий фикрлар бн хамнафас. Омад тилайман.
Iroda Bakirova
So'rovnoma natijalaridan ko'rinib turibdiki obunachilarning ko'pchiligi "paxtachi".Yashasin "Paxtakorlar".
Bu yerda paxtachilik qilishga na asos va na motiv bor.Hech kim bu yerda paxta qóyib naf ololmaydi.Shunday ekan har kim dilidagini yozyapti.
Biloljon Mahmudov
Kõproq sizni kuzatib boraman ishlarizga omad tileman
Эзоза
Menga yoqadigan eng yaxshi bloger Xushnudnek chunki teskor xabarlarni birinchi yetkazishga harakat qiladi.
Will Smith
@najotnuruz bloglarini kuzataman
Menga bu kanal muallifning qiziqarli kitoblarning audio shaklda o'zlarining yoqimli ovozlari bilan taqdim etishlari yoqadi.
AMINOVA Q.SH.
Xushnudbek va "Zambarakni òqi" (F.Farhod) kanallarini kuzatib boraman. Siz Òzbekiston hayotini yoritsangiz ,ular chet el hayotini yoritadilar barcha sohada. "Zambarakni òqi" kanalini yaxshi kòraman holis , ochiqchasiga fikr bildirganlari uchun. Inson harakat qilsa hamma joyda ham òz òrniga ega bòlishi, mavqeyga erishishi va qonun ustuvorligi haqida kòp gapirilgani uchun...
Troll.uz( Umid G'ofurov)
Show next 100 comments