Cўровнома: қайси блогерларни кузатиб борасиз?

Халқаро блогерлар куни бизнинг юртимизда ҳам бугунги кунда актуал бўлиб қолди. Сабаби кўз тегмасин йилдан йилга блогерлик фаолияти ривожланиб, уларнинг мақоми ва жамиятдаги ўрни сезиларли равишда ошиб бормоқда.

Шу ўринда каналимиз муштарийларига бир савол билан мурожаат қилмоқчиман. Сиз қайси блогерларни мунтазам кузатиб борасиз?

Имкон қадар шунчаки номларни айтмасдан, айнан қайси жиҳати учун кузатиб боришингизни ҳам ёзсангиз, янада қизиқроқ бўлар эди.

Барчага раҳмат!

P.S.: сўровнома каналим орқали ўтказилаётгани учун, изоҳларда мени айтишингиз шарт эмас. Бошқа блогерларни айтсангиз, мантиқан тўғри бўлар эди :)


👉 @xushnudbek 👈

2534 comments

Show 100 more comments
Assalomu aleykum Xushnudbek aka sizni blogerlar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman men sizning saytingizda ko‘plab ma‘lumotlarni kurib turaman
Hammaga assalomu alaykum
Man rus bloggerlaridan
A4
Glent
Kobyakov
Egorik larni
Va òzimning dòstim Xorazmcha TV kanalini tomosha qilaman
Va shu òrinda hamma bloggerlarni, xususan, Xushnudbek akani bayram bilan tabriklayman
Bloggerlar vaqtimizni mazmunli tawkil etishimiz uchun harakat qilishadi. Ularning mehnatini qadrlaymiz
Хозирда ЭНГ танкидий хатто керагидан ортик танкидий маколалар езиб борадиган узимизини Бухоролик учлик (АЛИ Каххоров, Сафари, Трол.уз) ва кушимчасига албатта Давлетов.уз
Risolat Salayeva
Assalomu alaykum Xushnudbekni kuzatib boraman👍👍👍👍
Assalomu aleykum
Bugungi Blogerlar kuni bilan barcha blogerlarni tabriklayman. Xushnudbek, Safari, Shuhrat Musayevlarni kuzatib boraman
Xushnudbek bayram muborak bo'lsin.Biz ham oilaviy sizni kuzatamiz ,kerakli ma'lumotlarni olamiz.Rahmat.Ishlarizga rivoj tilaymiz.
Oxunjon Murodinov Abdumannonivich
Xushnudbek albatda
O’zbekistonda bo’lmasa ham o’zbekistonlik biologlarga yordam berayotgan Baxtiyor Sheraliyev Hujayru.uz kanali blogeri. Malumotlar qisqa va aniqligi bilan manimcha boshqa kanallardan farq qiladi. Nima bo’lganda ham hamma blogerlarni bugungi kun bilan tabriklayman. Hammalarini ishlariga omad. Har holda hammalari xalqqa xizmat qilishyapti.
Furqat Ergashev
Xushnudbek, bakiroo, davletov, alimoff, fayzbog', bahodir ahmedov, shokirjonov, rais buca, ro'zioxunov
Shoxrux
Xushnudbekni chunki bu sizni kanaliz ucunligidamas siz aniq dalil isbotlar bilan keltirishiz yoqadi sizde insonlar kopaysa edi. Undan kyn blogerlardan bir polvon aka bor shuxratmidi ismi owa yaxwi narsala obcqadi kyn temirtirnoq laqabli bir akayam bor rossiyada quriliwda iwlab blogerli qiladigan owa ham yaxwi
Assalom Alekum blogerlar orasida Nurbek Alimov alohida ajralip turipti
Жахангир
Ассалому аллайкум, бошка блогерларни деярли кузатмайман, Сабаб колган хамкасбларингизнинг каналида хам шунга ухшаш фикрлар. Сизда вокеага муносабат уларга нисбатан кучлирок. Абитуриентлар хакида жон куйдиришингиз тахсинга сазавор.
Farrukh S
Fayzbog', Ali Kaxxorov( qattiq tanqid qiladi) , Zafarbek Solijonov, Otabek Maxkamov
Mirabbos Sharopov
Otabek Mahkamov va Xushnudbek Xudayberdiyevni chunki ikkalasi ham aniq malumotlarni berib boradi deb uylayman va ikkalasi ham kuproq talim sohasini rivojlantirishga harakat qiladi. Ikkalasidan ham doim foydali malumotlar joylashadi
Troll.uz davletov.uz rais buva va zafarbek solijonov davletov.uz koproq qonun va qarorlarga sharh beradi ijodlariga oma qolgan trio yurtimizde kamchiliklarni yozishadi va tanqid qilishadi ishlaringizga omad bundan keyinam charchame kamchilik va xatolardi ko'tarib ciqishlaringa tilakdoshman
🇺🇿 𝓘. 𝓑. 𝓑. ✍.
Nozim Safari, Fayzbogʻni kuzataman kerakli mavzularni tahlil qila olasilar har kimni ham haddi (духи) sigʻmaydi . Haqiqatni gapira oladigan yoshlar koʻpaeysin.
Choriev Azizjon
1. Хушнудбек: ҳар бир вазиятга аниқ ҳуқуқий меъёрий ҳужжатларга асосланган ҳолда ёндашиб, ўзининг ўткир фикрларини бериб боради.
2. Раис бува: халқнинг дардини сатирик жанрда кўтариб чиқади, карикатураларни ҳам қойил қилади.
3. Нурбек Алимов (alimoff). Ҳам мозийга назар солиб, ҳам яқин ўтмиш ва ҳозирги реал воқеаларга таяниб танқидий-таҳлилий чиқишлар қилади.
4. Тағо Тайм (Ҳамза Жумаев).
5. Ҳаби ака (habikatura). Ҳар бир карикатурада халқ дарди яширинган.
6. Qovoqvoy. Қовоқ бўлсаям логикаси ишлайди. Айрим "ақлли"ларнинг туширган қовунларинг сатира ёрдамида танқид қилади.
7. O'tkir fikrlar. Таҳлил ва танқид борасида ҳеч кимни аямайди.
8. Qo'ysangchi. Маддоҳликка ва маддоҳ амалдорларга тиш-тирноғи билан қарши туради.
Асосан шулар. Байрамлар муборак бўлсин.
Файзбог
Хушнудбек
Сафари
Келес лайф
Мухрим
Бакироо
Мухбир Далиев
Зафарбек Солижонов
Фреман клиникаси
Assalomu alekum,albatta faqat va faqat Xushnudbekni chunki ular barcha xabarlarni aniq dalillar bilan joylaydilar,xalq uchun foydali takliflar bilan murojaat qiladilar(Masalan DTMga murojaatlari)
Salohiddin Valiyev
Alimov shubhasiz, u blogerlar ichida Joze Mourinyo desam to‘g‘riroq bo‘ladi. Unda hamma narsa bor: kritika, sarkazm, analitka. Eng muhimi u odatiy qoliplarga tushmaydi, original yozadi. Qobil akaniyam boshida fikrlari yoqardi. Lekin oxirgi paytda "klaviaturasi o‘tmaslashib" qolganga o‘zshaydi
Show next 100 comments