Cўровнома: қайси блогерларни кузатиб борасиз?

Халқаро блогерлар куни бизнинг юртимизда ҳам бугунги кунда актуал бўлиб қолди. Сабаби кўз тегмасин йилдан йилга блогерлик фаолияти ривожланиб, уларнинг мақоми ва жамиятдаги ўрни сезиларли равишда ошиб бормоқда.

Шу ўринда каналимиз муштарийларига бир савол билан мурожаат қилмоқчиман. Сиз қайси блогерларни мунтазам кузатиб борасиз?

Имкон қадар шунчаки номларни айтмасдан, айнан қайси жиҳати учун кузатиб боришингизни ҳам ёзсангиз, янада қизиқроқ бўлар эди.

Барчага раҳмат!

P.S.: сўровнома каналим орқали ўтказилаётгани учун, изоҳларда мени айтишингиз шарт эмас. Бошқа блогерларни айтсангиз, мантиқан тўғри бўлар эди :)


👉 @xushnudbek 👈

2534 comments

Show 100 more comments
Ahror
Assalomu alaykum Xushnudbek bir taklif bor edi Jurnalistika ijodiysi haqida aniq malumotlar bolsa kopchilik xursand bo'lgan bolar edi
Suxrob Xayitmurodov
Shuxrat Musayev, Shaxboz Dolimov, Otabek Mahkamov hamda albatta ingliz blogerlardan biri Developer Ed ni kuzatib boraman !
Ochilova Dilorom
Хушнудбекни кузатиб бораман.Ахборотларни уз вактида етказиб беради барака топсин.
Санам
жуда расмий деган болардим, яни давлат тилидан😏 нимадир озгаргани аник
Xa endi manimcha faqat qabul 2020 ga kòproq urģu bersa kerak. Endi u ham inson. Postlar òzgarayotgani aniq. Yaxshilikka bòlsin.
Asosan Xushnudbek.uz, Qalampir.uz, Namanganliklar kanallarini kuzatib boraman.
Xushnudbek.uz - ushbu kanalda siyosiy yangiliklar, abituriyentlar uchun kerakli maʼlumotlar, iqtiboslar-(shunisi koʻproq yoqadi), mavzusumiy oʻzhargan tipdagi ajoyib lavhalarni;
Qalampir.uz - ushbu kanalda kunning birinchi yangiliklari aniq va oshkora holda, siyosiy yangiliklarni;
Namanganliklar - ushbu kanalda siyosiy yangiliklardan tashqari biz uchun qulaylik yaratubchi reklamalar, viloyatimizning barcha hududlaridagi vaziyatlarni kuzatib boraman.
Ushbu kanallar bloggerlariga alohida rahmat aytaman. Xizmatingizdan xalq mamnun. Hukumatimizdan sizlar uchun yanada ochiq erkinliklar yaratilishini soʻragan holda ishlatingizga muvaffaqiyat tilab qolaman.
Talaba- Xasaboy Xoldorov (@HASANBOY_XOLDOROV)
Ahror
Men doimiy Xushnudbekni kuzatib boraman undagi xabarlar aniqligi bilan doimo ozini oqlagan
Muhammadaziz Qudratov
Xushnudbek va Nurbek Alimovni kuzataman
Fazik
Ixtiyor Abdullayev
Tòppa tòģri Xushnudbek ham yuzaki yozishni boshladi.
Xa albatta xushnudbekxam zakazga ishlasa k.k menimch bulmasa shovshuvli xabarlardan biri bo'lgan

Мирзиëев Ғаниев ҳақида: Вилоят ҳокимига баҳони ман бераман¸бошқа ҳеч ким баҳо беришга ҳаққи йўқ Ўзбекистонда!

Manshu xabarni ko'tarib chiqish k.k edi
Шавкат Рахимов
Темур Малик файзбог мухрим Хушнудбек
Xushnud aka Xudoyberdiyev ham katta ishlar qilishdiku , nega bunchalik qatʼiy fikr bildirayapsizlar ?
Ming bor uzur : men sizdan boshqasini kuzatmayman sababi sizda aniq maʼlumotlar keladi...
Мунира Файзуллаевна
Хушнудбек. Менда факат унинг канали бор хозирча. Лекин яхши, укиса булади. Кузатишимча, корона вирус сони, маьлумотлар аник факт биринчиси Хушнудбек каналида кузатдик. Бошка каналлар ундан кейин ташаяпти, 1, 2 минут фарки билан.
Alimoff, bakiroo, Fayzbog', sanjarxo'ja va albatta takrorlanmas raisbuva!
Birinchi navbatda @zafarbeksolijonov ni qo'yaman. Sababi voqealarga haqiqiy baho bera oladi. Tanqidiy chiqishlari bilan menimcha hammadan oldinda.

Fayzbog'uz
Xushnudbek ham xalq dardi bilan yashashadi
Telegramda 80 % vaqtimni o’zbek blogerlarning kanallariga sarflayman. Xushnudbek Laziz hamidov davletov safari bakiro allayev Davron Fayziyev
Muhammadaziz Qudratov
Men ham wu gapga quwilaman. XUSHNUDBEK akani hamma malumotlari aniq. Nima sababdan ulaga nisbatan bunaqa salbiy fikr bildiryapszlar? Yoki isbotinla bomi? Agar bolsa bizaga ham etila
Бакирро, Файзбог, Платформа
Ibragimov Sadulla
Davletov.uz - Iqtisod va boshqa sohalarda yozgan postlari yoqadi. Mavzularni yaxshi ochib beradilar.
Bakiro - Bank sohasi bo'yicha kuchli mutaxassis deb o'ylayman. Dolzarb mavzularni ko'p ko'taradilar.
Zafar Solijonov - Kuchli jurnalist. Muammolarga yechimni xalq orasiga kirib qidirish tomonlari yoqadi.
Trolluz - Kulgu va dolzarb mavzularni bir qolipga solishlari yoqadi.
Aziza Umarova - Ayollar va jamiyatdagi boshqa og'riqli joylarni yaxshi yoritib beradilar.
Show next 100 comments