Cўровнома: қайси блогерларни кузатиб борасиз?

Халқаро блогерлар куни бизнинг юртимизда ҳам бугунги кунда актуал бўлиб қолди. Сабаби кўз тегмасин йилдан йилга блогерлик фаолияти ривожланиб, уларнинг мақоми ва жамиятдаги ўрни сезиларли равишда ошиб бормоқда.

Шу ўринда каналимиз муштарийларига бир савол билан мурожаат қилмоқчиман. Сиз қайси блогерларни мунтазам кузатиб борасиз?

Имкон қадар шунчаки номларни айтмасдан, айнан қайси жиҳати учун кузатиб боришингизни ҳам ёзсангиз, янада қизиқроқ бўлар эди.

Барчага раҳмат!

P.S.: сўровнома каналим орқали ўтказилаётгани учун, изоҳларда мени айтишингиз шарт эмас. Бошқа блогерларни айтсангиз, мантиқан тўғри бўлар эди :)


👉 @xushnudbek 👈

2534 comments

Show 100 more comments
Шавкат Рахимов
Темур Малик файзбог мухрим Хушнудбек
Xushnud aka Xudoyberdiyev ham katta ishlar qilishdiku , nega bunchalik qatʼiy fikr bildirayapsizlar ?
Ming bor uzur : men sizdan boshqasini kuzatmayman sababi sizda aniq maʼlumotlar keladi...
Мунира Файзуллаевна
Хушнудбек. Менда факат унинг канали бор хозирча. Лекин яхши, укиса булади. Кузатишимча, корона вирус сони, маьлумотлар аник факт биринчиси Хушнудбек каналида кузатдик. Бошка каналлар ундан кейин ташаяпти, 1, 2 минут фарки билан.
Alimoff, bakiroo, Fayzbog', sanjarxo'ja va albatta takrorlanmas raisbuva!
Birinchi navbatda @zafarbeksolijonov ni qo'yaman. Sababi voqealarga haqiqiy baho bera oladi. Tanqidiy chiqishlari bilan menimcha hammadan oldinda.

Fayzbog'uz
Xushnudbek ham xalq dardi bilan yashashadi
Telegramda 80 % vaqtimni o’zbek blogerlarning kanallariga sarflayman. Xushnudbek Laziz hamidov davletov safari bakiro allayev Davron Fayziyev
Muhammadaziz Qudratov
Men ham wu gapga quwilaman. XUSHNUDBEK akani hamma malumotlari aniq. Nima sababdan ulaga nisbatan bunaqa salbiy fikr bildiryapszlar? Yoki isbotinla bomi? Agar bolsa bizaga ham etila
Бакирро, Файзбог, Платформа
Ibragimov Sadulla
Davletov.uz - Iqtisod va boshqa sohalarda yozgan postlari yoqadi. Mavzularni yaxshi ochib beradilar.
Bakiro - Bank sohasi bo'yicha kuchli mutaxassis deb o'ylayman. Dolzarb mavzularni ko'p ko'taradilar.
Zafar Solijonov - Kuchli jurnalist. Muammolarga yechimni xalq orasiga kirib qidirish tomonlari yoqadi.
Trolluz - Kulgu va dolzarb mavzularni bir qolipga solishlari yoqadi.
Aziza Umarova - Ayollar va jamiyatdagi boshqa og'riqli joylarni yaxshi yoritib beradilar.
@Troll.uz
Zamonaviy yumoristik tanqid bilan postlarbilan ishlaydi. Yangiliklar, qonun va normalar haqida, ijtimoiy muammolar haqida yozadi.
@Raisbuva_uz
Ajoyib klassik yondashuv bilan ishlaydi. Rasmlariga gap yoʻq deyman. Asosan xalq ichidagi masalalarni yoritib boradi.
Yaqinda @Sanjar_xoja ni kuzatib boshladim. Uning postlari siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy maslalar haqida.
U muammo va masalalarga juda mantiqiy va holisona yondashadi, juda izlanuvchan desam ham boʻladi.
Ularning barchasi juda dolzarb va ogʻriqli muammolarni yoritib kelishmoqda, bazilarining postidan kulgimiz kelib, kayfiyatimiz koʻtarilsada, aslida yigʻlatadigan, odamlarni alamini keltiradigan muammolar aslida. Barcha blogerlarni tabriklayman, ularga omad, sogʻ salomat boʻlib charchashmasin, sizga ham gap yoʻq Xushnudbek👏
Eng hurmat qiladiganim Mubashshir Ahmad. Bundan tashqari Shokirjonov, Zafar Solijonov, Alimov, Umid G'afurov, Hamza Jumayev, Fayzbog'ni va Nozim Safarini doimiy kuzatib boraman, hammalariga Alloh kuch-quvvat bersin ezgu ishlarida. Sizni ham alohida aytmoqchiman. Faqat yurakdagi olovingiz biroz pasaygandek. Shu olov xalq dardi uchun yana alangalanishini xohlardim.
Д.Ашурова
Муносабат: Албатта биринчи ўринда Хушнудбекни кейин Шухрат Мусаевни ва ҳ.золарни мунтазам кузатиб бораман. Кеч бўлса ҳам "Блогерлар куни" билан чин қалбимдан Сизларни табриклайман.Тўғри, бу йўналишнинг масъулияти жуда оғир. Кимларгадир ( раҳбар, уламолар, тўрахонлар, бойваччалар, мутасаддилар ва х.зо) ёмон кўриниш, адолатни юзага чиқариш, илмоқли гапларни вазминлик билан ютиш, гапирадиган гапини топиб жойига қўйиб гапириш ҳаммага эмас. Айрим "Тўғон" ларга бас келиш учун, инсонда ҳуқуқий саводхонлик ўта кучли, исботловчи даллилар асосли бўлиши керак.Бу эса катта меҳнатни талаб қилади. Ушбу фаолиятингизда Хушнудбек омад тилаб қоламан. Термиз шаҳрига ташрифингизни кутиб қоламан. Ҳурмат билан,
Xushnudbek, Jahongir Ostonov, Davletovuz, troll uz
Ahror
Uz.joku ijodiysida bu yil qanaqa sinov bolarkin degan savol barcha bolajak jurnalistlarni qiynamoqda.Hurmatli blogirlar shu savolga ham aniqroq malumot bilan tez kunlarda javob yollashingizni kutib qolamiz
Men Shaha Dolimov . Davron Alijonov (teazel). Davletov . Va yana beznesmin akalarimizni yutubda kuzatib boraman bular Murod Nazarov . Jaxongir Pulatov bu insonlarni menga yoqqan jixati xar doim pazetiv kayfiyatda yurishadi va mativatsiya ulashishdan charchamaydilar.
UZBEKISTAN
Boshqa bloger desangiz ham baribir sizni aytuvramiz.Olloh mehnatingizni barokatli qisin Xushnud aka.
Зафарбек Солижонов ва Жахонгир Ахмедов .Мана шулар ни кузатаман ,фикрларини кутаман,чунки улар халк тарафида халк дардини хис килади.
Show next 100 comments