Сизнинг таълимингиз олмаган ким бор, Сизки юракларда илк зиё ёққан. Олимми, шоирми ёки санъаткор, Илк бор сизга томон устоз деб боққан.
Бугунги касб байрамлари билан юртимизда фаолият юритаётган барча устоз ва мураббийларни, шу жумладан, менга таълим берган, тарбия берган, ҳаёт сабоқларини ўргатган ва бугун ҳам ўргатаётган жондан азиз устозларимни чин қалбимдан табриклайман.
Азиз устозларим, олдингизда бир умр қарздорман, Сизлар учун бошим ерга теккунча таъзимдаман!
308 comments
Show 100 more comments
Otaboyeva Dilorom Nasriddinovna
Barcha o‘qituvchilarni tabriklayman. doimo salomat bo‘lsinlar!
Sizni bugungi kasb bayramingiz bilan samimiy muborakbod etaman. Doimo chehrangizdan kulgu arimasin. Ilm nurini kelajak avlodga ulashishdan aslo charchamang. Ilm o'rgatishdek, sharafli va mashaqqatli yo'lda xormang, tolmang. Biz -shogirdlaringiz kamolini ko'rib, baxtimizga hamisha sog'-omon bo'linglar! Alloh sharafli kasbingizga ajrlar yog'dirib, ikki dunyo saodatini ato etsin.

©Hamidaxon Muhammadiminova