Дедилар дунёда асли ким азиз?
Айтдилар: устоздир, устоз бегумон.
Тағин айтдиларки: азиз шубҳасиз
Устозин қадрига етолган инсон!

Нега шеър ёзмайин, юракдан ёниб,
Нега таъзим қилмай, Сизга бу маҳал.
Нега хизматингиз қилмай қувониб,
Эй азиз муаллим, устози аввал.

Сизнинг таълимингиз олмаган ким бор,
Сизки юракларда илк зиё ёққан.
Олимми, шоирми ёки санъаткор,
Илк бор сизга томон устоз деб боққан.

Бугунги касб байрамлари билан юртимизда фаолият юритаётган барча устоз ва мураббийларни, шу жумладан, менга таълим берган, тарбия берган, ҳаёт сабоқларини ўргатган ва бугун ҳам ўргатаётган жондан азиз устозларимни чин қалбимдан табриклайман.

Азиз устозларим, олдингизда бир умр қарздорман, Сизлар учун бошим ерга теккунча таъзимдаман!

308 comments

Show 100 more comments
!!!!!! ????
Ustozlarimizni tabriklaymiz
ㅤㅤㅤㅤㅤشَبْنَمْㅤㅤㅤㅤㅤ ㅤㅤ ㅤㅤㅤ
Assalomu alaykum, qadrli ustozlar!!!

Sizni bugungi kasb bayramingiz bilan samimiy muborakbod etaman. Doimo chehrangizdan kulgu arimasin. Ilm nurini kelajak avlodga ulashishdan aslo charchamang. Ilm o'rgatishdek, sharafli va mashaqqatli yo'lda xormang, tolmang. Biz -shogirdlaringiz kamolini ko'rib, baxtimizga hamisha sog'-omon bo'linglar! Alloh sharafli kasbingizga ajrlar yog'dirib, ikki dunyo saodatini ato etsin.

©Hamidaxon Muhammadiminova
Табрик
Салом, устоз ва мураббийлар! Байрамларингиз муборак булсин
Tabriklaganla uchun rahmat... Özim ham barchani tabriklayman!!!
Bu dunyo ustuni bo'lgan ustozlar bayramlar muborak bo'lsin
Aziz ustozlar bayramingiz muborak bo'lsin
Табрик учун рахмат жуда хурсанд булдим
Aziz ustozlarim ! Bayramingiz muborak bo'lsin . Baxtimizga doimo sog'-omon bo'ling .
Сабоатхон
Самими табриклари учун каттакон рахмат жуда хурсанд булдим.
Hamma ustozlar I tabriklayman hammalari ga omad xsuhnud aka sizga ham omad yor bulsin siz ham ustozdek inson siz hamma uqituvchiga Rimga rahmat aytmoqchiman
Ustozlarga tabrik uchun barchaga rahmat.
Iymon qayda edi, ustoz bo'lmasa,
Urfon qayda edi, ustoz bo'lmasa,
Sohibqiron qayda, Navoiy qayda,
Cho'lpon qayda edi, ustoz bo'lmasa
دلداره ایماماوا
Yurtimizdagi barcha o'qituvchi va murabbiylarga sihat salomatlik tilayman. Bayramingiz muborak bo'lsin !!!!!
Oliy talimdagi ustozlarni domlalarni tabrikliman
Barcha ustozlarni bugungi ayyom bilan tabriklayman.!
Dilobar
Gijduvon tumanidagi 18 -maktab oqituvchilarini bugungi ayyom bilan tabriklayman illohim oquvchilar baxtiga sog bolishsin hurmat bilan Dilfuza
Show next 100 comments