❓Талабаларга ижарасининг бир қисмини давлат тўлайдими?

✅ ЖАВОБ:
Ҳа, талабаларнинг ижара харажатларининг бир қисми давлат бюджетидан қопланади.

Президент фармонига кўра, 2021 йил 1 майдан бошлаб:

➖ётоқхона билан қамраб олинмаган ва ўзига, шу жумладан ота-онаси (қонуний вакиллари)га тегишли бўлмаган уйда ижара ҳуқуқи асосида яшайдиган давлат ОТМлари талабаларининг 60 фоизига улар томонидан тўланадиган ойлик ижара тўловининг 50 фоизи Давлат бюджети ҳисобидан қоплаб берилади.

❗️Бунда ижара тўловининг қоплаб бериладиган қисми:

➖ Тошкент шаҳрида – базавий ҳисоблаш миқдорининг 1 бараваридан (270 минг сўм);

➖ қолган ҳудудларда – базавий ҳисоблаш миқдорининг 0,5 бараваридан (135 минг сўм) ошмаслиги керак.

➖Ижара тўловининг қоплаб бериладиган қисми биринчи навбатда эҳтиёжманд оила фарзандлари, ўрнак кўрсатган ва фаол талабалар учун қўлланилади.

❓Шу пайтгача кимгадир тўлаб берилдими?

Олий ва ўрта махсус таълими вазирлигидан олган маълумотимизга кўра, ўтган ўқув йилининг охирида 43 та ОТМдан келиб тушган эҳтиёжларга мувофиқ май-июнь ойлари учун 3 минг 163 нафар талабага 920,8 млн.сўм маблағлар Давлат бюджети томонидан тўлаб берилган. Ўша пайтда кўплаб ОТМлар онлайн ўқишда бўлгани учун талабгорлар кам бўлган.

❓Ижара пулининг бир қисмини олиш учун нима қилиш керак?

Ҳозирча бунинг батафсил тартиби бўйича Вазирлар Маҳкамаси қарори қабул қилинмади, лекин яқин кунларда имзоланиши кутилмоқда. Шунда тартиби аниқроқ бўлар эди. Лекин битта нарса аниқ: уй эгаси ва талаба ўртасида имзоланган расмий ижара шартномаси бўлиши керак. Шунчаки оғзаки келишув бўлса, тўлаб берилмайди.

ℹ️ Тез кунларда каналимизда айнан талабалар турар жойлари ва ижара тўловлари мавзусида овозли чат ташкил қилишни режалаштиряпмиз. Ўшанда талабалар ўзларини қизиқтирган саволларга мутасаддилардан жавоб олишлари мумкин бўлади.


👉 @xushnudbek 👈

295 comments

Show 100 more comments
Assalom alaykum menda ichki perevod boyicha savol Bor edi 25 dan chiqishi kerak edi Lekin hech qanday javob chiqmayapti bu ketishda otkan yilgidek oktiyabr ga qolib ketadimi
Assalom alaykum menda ichki perevod boyicha savol Bor edi 25 dan chiqishi kerak edi Lekin hech qanday javob chiqmayapti bu ketishda otkan yilgidek oktiyabr ga qolib ketadimi
Malokhat
O'g'lim grantda o'qiydi,o'zim o'qituvchiman,lekin yotoqxonaga muhtojman,o'tgan o'quv yilida ikki joyda ishlab ham qiynaldim Toshkent qimmat shahar ekan
💥💥💥💥💥💥💥Assalomu aleykum Xushnudbek aka.Ichki perevot javoblari qachon chiqishi haqida bilib bering.💫💫💫💫💫25 avgustda chiqadi deyishgandi
Mana bugun 27 avgust hali hamon ko'rib chiqishmadi.Agar arizalar ko'rib chiqishi cho'ziladigan bo'lsa biz o'zimizga kvartira toposhimizga to'g'ri keladi.🔺️🔺️🔺️🔺️Iltimos Xushnudbek aka shu masalani aniqlik kiritib bering.Talabalar sarson sargardon .Kimga murojaat qilishini bilmaydi.💥💥💥💥💥Xushnudbek aka iltimos sizdan javoblari qachon chiqishini bilib bering1💥💥💥💥💥💥💥💥💥💥💥💥💥💥💥💥
阿里
Bu tulovni 1 baravirini har oy tulaydimi OTM .
Yoki 1 marta mi.
Assalomu Alaykum,men bu masala bo"yicha fikr bildirmoqchi emasman,uzr. Xushnudbek aka, iltimos shundan keyin tashlagan postizgayam comments joylasa bo'ladigan qilsangiz yaxshi bo"lardi.Bu bo'yicha ham fikr-mulohaza qilsak to'g'ri bo'ladi. Garchi chiqarilgan qaror o'zgartirilmasa ham.
@xushnudbek ichki perevodlar qachon elin qilinishi haqida post chiqaring
Assallomu alleykum Xushnudbek aka xorijdan perevod qilgan edim lekin menga 2.8 bal yetmadi, u esa 2.5 baravari bólayabdi meni uncha pulga sharoitim tóğri kelmayabdi
Yoki super kontraktni bólib tólasa bóladimi
Yoki yana óqib 1-sessiyani yopib óqishini kóchirsa bóladimi
Assalomu alaykum, Prezident farmoni chiqqandan boshlab juda ko'pchilikdan so'rab surishtirib yuraman, yani nima haqidaki uyini talabalarga ijaraga beruvchilarning deyarli 95 foizi talaba bilan ijara shartnomasini tuzishni xohlamaydi va talabalar shartnomasiz turishga majbur bo'lishadi. Ijara shartnomasi yo'qmi demak davlat yordam bermaydi. Shunday holatda talabalarga davlat tomonidan ajaratiladigan pulning nima ma'nosi bor. Bu xalqni pulini o'zlashtirishning ustalari (kalamushlar) uchun yana bir yo'nalishga o'xshab ko'rinayapti.
Bu bo'yicha so'rovnoma o'tkazilib, takliflar o'rganilib chiqilsa, balki davlat yordami haqiqatdan ham talabalarga yetib borarmidi.
Bitta oiladan 2ta farzand kontraktda o'qishsa ham to'lanadimi?
Assalomu aleykum,men ham bu masala buyicha fikr bildirmoqchi emasdm.Kanalga kommentariy yoziladigan qilsangiz...
Mondat haqida kuproq ma'lumot bera olaszmi,qachon chiqadi,kutaverib qiynalb ketdik😁
Saidahmadxon Luqmonov
Iltimos murojatimni etiborsiz qoldirmang
Elmurod Turdimurodov
Assalomualekum
Xushnidbek aka men granda uqiman menga ham ijarani 50% to'lab beriladimi
Bu gap qaģozda qoladi shunchaki
Yuragim to'xtovsz urmoqda ❤️
Ko'nglim bexuzur bo'lmoqda🤭
DTM bir nishon bermoqda 😩
Mandatga nmadur bo'ldimi😒

Yomg'ir bo'lib yig'layabman🌧
Ko'ksim mushtlab tig'laybmn🩺
Ne qilarim bilmayabman DTM

Kunlarim o'tmay qoldi🕰
Tunlarim o'tmay qoldi⌛️
Bardoshim yetmay qoldi📅
Mandatga nmadur bo'ldimi🖐



Ohlarim bir bayt DTM☹️
Mandatni chiqar DTM👊
Hastamisan ayt DTM🤧
DTM ga nmadur bo'ldimi😿

Abuturentlar kormasn talofat🥺
Mandat ko'rsatsin sahovat🤩
Hudoga topshirdim hammasini omonaaattt😣😢

Kunlarim o'tmay qoldi 😔
Tunlarim o'tmay qoldi 😓
Bardoshim yetmay qoldi😶
Mandatga nimadur bo'ldimi📝



©Toshniyozova Dildora ✍

Botir Qodirovdan qoshig'ini buzganim uchun uzur so'rayman🤪🤪

Hurmat bilan uzim😌
Assalomu alaykum
Xushnudbek Xudoyberdiyev
Bu qaror haqidagi batafsil ma'lumotni sentabr oyigacha aniqlab bering iltimos chunki 6- sentabrdan dars boshlansa talabalar shunga qarab harakatini qiladi
Qolaversa o'rnak bo'lgan va faol talabalar deganda aynan qaysi qatlam yoki kimlar nazarda tutilgan bunga ham to'xtalib o'tsangiz oldindan rahmat
Assalomu alaykum Xorijdan oqishni ko'chirishda super kantraktlar yana oshishi mumkinmi? Agar yana oshadigan bo'lsa ular qayerga murojat qilsa boladi? Turar joy masalasiga kelsak sizlardan shuni sorab qolamanki,albatta bunga sorovnoma otkazishingizni sorayman. Oilada 2 yoki 3ta kantrakt oqitadigan ota -onamga yordam ham bormi?
Mahliyo Muhammadiyeva
Hech kim uchun bir tin ham tòlanmaydi na ehtiyojmand oilani farzandiga na boshqaga 😊😊😊
Show next 94 comments