❓Талабаларга ижарасининг бир қисмини давлат тўлайдими?

✅ ЖАВОБ:
Ҳа, талабаларнинг ижара харажатларининг бир қисми давлат бюджетидан қопланади.

Президент фармонига кўра, 2021 йил 1 майдан бошлаб:

➖ётоқхона билан қамраб олинмаган ва ўзига, шу жумладан ота-онаси (қонуний вакиллари)га тегишли бўлмаган уйда ижара ҳуқуқи асосида яшайдиган давлат ОТМлари талабаларининг 60 фоизига улар томонидан тўланадиган ойлик ижара тўловининг 50 фоизи Давлат бюджети ҳисобидан қоплаб берилади.

❗️Бунда ижара тўловининг қоплаб бериладиган қисми:

➖ Тошкент шаҳрида – базавий ҳисоблаш миқдорининг 1 бараваридан (270 минг сўм);

➖ қолган ҳудудларда – базавий ҳисоблаш миқдорининг 0,5 бараваридан (135 минг сўм) ошмаслиги керак.

➖Ижара тўловининг қоплаб бериладиган қисми биринчи навбатда эҳтиёжманд оила фарзандлари, ўрнак кўрсатган ва фаол талабалар учун қўлланилади.

❓Шу пайтгача кимгадир тўлаб берилдими?

Олий ва ўрта махсус таълими вазирлигидан олган маълумотимизга кўра, ўтган ўқув йилининг охирида 43 та ОТМдан келиб тушган эҳтиёжларга мувофиқ май-июнь ойлари учун 3 минг 163 нафар талабага 920,8 млн.сўм маблағлар Давлат бюджети томонидан тўлаб берилган. Ўша пайтда кўплаб ОТМлар онлайн ўқишда бўлгани учун талабгорлар кам бўлган.

❓Ижара пулининг бир қисмини олиш учун нима қилиш керак?

Ҳозирча бунинг батафсил тартиби бўйича Вазирлар Маҳкамаси қарори қабул қилинмади, лекин яқин кунларда имзоланиши кутилмоқда. Шунда тартиби аниқроқ бўлар эди. Лекин битта нарса аниқ: уй эгаси ва талаба ўртасида имзоланган расмий ижара шартномаси бўлиши керак. Шунчаки оғзаки келишув бўлса, тўлаб берилмайди.

ℹ️ Тез кунларда каналимизда айнан талабалар турар жойлари ва ижара тўловлари мавзусида овозли чат ташкил қилишни режалаштиряпмиз. Ўшанда талабалар ўзларини қизиқтирган саволларга мутасаддилардан жавоб олишлари мумкин бўлади.


👉 @xushnudbek 👈

295 comments

Show 100 more comments
Bitta oiladan 2ta farzand kontraktda o'qishsa ham to'lanadimi?
Assalomu aleykum,men ham bu masala buyicha fikr bildirmoqchi emasdm.Kanalga kommentariy yoziladigan qilsangiz...
Mondat haqida kuproq ma'lumot bera olaszmi,qachon chiqadi,kutaverib qiynalb ketdik😁
Saidahmadxon Luqmonov
Iltimos murojatimni etiborsiz qoldirmang
Elmurod Turdimurodov
Assalomualekum
Xushnidbek aka men granda uqiman menga ham ijarani 50% to'lab beriladimi
Bu gap qaģozda qoladi shunchaki
Yuragim to'xtovsz urmoqda ❤️
Ko'nglim bexuzur bo'lmoqda🤭
DTM bir nishon bermoqda 😩
Mandatga nmadur bo'ldimi😒

Yomg'ir bo'lib yig'layabman🌧
Ko'ksim mushtlab tig'laybmn🩺
Ne qilarim bilmayabman DTM

Kunlarim o'tmay qoldi🕰
Tunlarim o'tmay qoldi⌛️
Bardoshim yetmay qoldi📅
Mandatga nmadur bo'ldimi🖐



Ohlarim bir bayt DTM☹️
Mandatni chiqar DTM👊
Hastamisan ayt DTM🤧
DTM ga nmadur bo'ldimi😿

Abuturentlar kormasn talofat🥺
Mandat ko'rsatsin sahovat🤩
Hudoga topshirdim hammasini omonaaattt😣😢

Kunlarim o'tmay qoldi 😔
Tunlarim o'tmay qoldi 😓
Bardoshim yetmay qoldi😶
Mandatga nimadur bo'ldimi📝



©Toshniyozova Dildora ✍

Botir Qodirovdan qoshig'ini buzganim uchun uzur so'rayman🤪🤪

Hurmat bilan uzim😌
Assalomu alaykum
Xushnudbek Xudoyberdiyev
Bu qaror haqidagi batafsil ma'lumotni sentabr oyigacha aniqlab bering iltimos chunki 6- sentabrdan dars boshlansa talabalar shunga qarab harakatini qiladi
Qolaversa o'rnak bo'lgan va faol talabalar deganda aynan qaysi qatlam yoki kimlar nazarda tutilgan bunga ham to'xtalib o'tsangiz oldindan rahmat
Assalomu alaykum Xorijdan oqishni ko'chirishda super kantraktlar yana oshishi mumkinmi? Agar yana oshadigan bo'lsa ular qayerga murojat qilsa boladi? Turar joy masalasiga kelsak sizlardan shuni sorab qolamanki,albatta bunga sorovnoma otkazishingizni sorayman. Oilada 2 yoki 3ta kantrakt oqitadigan ota -onamga yordam ham bormi?
Mahliyo Muhammadiyeva
Hech kim uchun bir tin ham tòlanmaydi na ehtiyojmand oilani farzandiga na boshqaga 😊😊😊
Mandat qachon chiqadi?.Aniqlay olmayapmiz
E Xushnud aka boshqasi bekor mandat qachon chiqadi shundan gapiring
Surayyo Qurbonova
Chirchiq pedagogika institutida uqiyman otam-onam ishlamaydilar.O'qishimni Toshkentdagi NIZOMAT pedagogika institutida perivod qulishi uchun aziza topshirgan edim hali javob kelmadi.Toshkentdagi yaqin qarindoshimiznikiga turmoqchiman chunki kuchuk tadbirkorligi uchun kantragimail ishlab tulamoqchiman
OʻQISHNI MANDATI QACHON CHIQADI ENDI?????🙄
Oʻzi oʻqiydimi biz yozganni
Собиржон
Ассалому алайкум Хушнудбек 2фарзанди кантракт укийдиган ота оналарнинг фарзандлари учун хам бу карорни бирор фойдали томони буладими
Ahmadova Zarina
Arizani javoblari qachon chiqar ekan bu bizga armon bolib qoladimi nima ensi
920,8 mln pulga mas'ullar nimalar sotib oldi ekan? Men hali hech kimdan eshitmadim to‘lab bergani haqda. 🤦🏻‍♂️. O‘sha gap "Osmoni musaffo bo‘lgan qora O‘zbekiston" .
Ahmadova Zarina
Arizani javoblari qachon chiqar ekan bu bizga armon bolib qoladimi nima ensi
Assalomu alaykum togri aytasz chunki,oqish boshlanishiga ham oz voqt qoldi Viloyatdan borib oqiydiganlar bor Ular keyin kvartirani nima qilishladi hozirdan anniq narsa bolgani yuq
Show next 84 comments