Мавзу очилгани учун пахтага оид хотираларим билан ўртоқлашгим келди.

5-синфда - 10 ёшлигимда илк марта пахта теришга чиққанимдан тортиб токи мажбурий меҳнатга қарши курашиш кампаниясида 5 йил ишлагунимгача бўлган воқеаларни ёдга олдим.

Охиридаги фикрларимни эшитиб кўрсангиз, бу мавзуни нима учун кўтарганимни, асосий айтмоқчи бўлган фикрларимни тушуниб оласиз, деган умиддаман.

❓Сизни пахта билан боғлиқ қандай хотираларингиз бор? Изоҳларда биз билан баҳам кўринг.


👉 @xushnudbek 👈

620 comments

Show 70 more comments
Bizni ilk bor 3-sinfdan ob chiqishgan paxtaga
Umuman oganda paxta dalasiga borib 1 qo'yin paxta tergandan keyin g'o'zani soyasida bepoyon paxta dalasida o'zim tergan paxtani ustiga yotib tuygan zavqni boshqa joydan olmaganman
Boshqa narsalarni ham zavqi o'ziga yarashaku lekin buniyam o'z o'rni bor
Blya institutda endi1-kursligimizda paxtaga borib kiloni (70kg) bajaromasek kechpayt shtabda rosa urishardi nozik nozik domlalar ularga bir nimayam deyolmasdik😀
Abdumo'min Abduvohidov
Assalomu alaykum.paxta haqidamas boshqa masala so'ramoqchi edim.Men 4-kursman SamDU da bu yil topshirib imtihon jarayonlarini ko'rmoqchi edim,lekin moboda grantga yetarli ball to'plasam keyin o'qimasligim aniq shunda grantga ajratilgan bitta joy bo'sh qolib ketmaydimi ya'ni kimnidir kontraktga tushirib yubormasmidim
1983 yilda student edim 8 sentabrda ketib 28 dekabrda otboy bo‘lgan
Farrux Mamurov
''Studentlikni oltin davri'' deb paxta davrini eslaymiz kursdoshlar bilan birgalikda, kimni kimligini xarakterini kim yaxshiyu kim yomon hammasi paxtaga yotoq bilan borganda aniq bo'lardi
Утесин
Бул кунлери мектепти тислап Тахтакопир районында пахта терип жур едик
Bizni 1-sinfdan paxtaga chiqarishgan. Esimda o‘sha payti 1 kilo, 1 yarim kilo tersam juda xursand bo‘lib ketardim. Birinchi ishlagan pulim ham o‘sha 1 kilo paxtadan bo‘lgan ekan.
Манзура Каримова
Пахта даврининг хам узгача гашти бор эди. 1993-1997 йилларда студент булганман. Узига яраша кийинчилик даври хам бор эди. Лекин, кизик хотираларга бой давр булган. Куп ёдимга оламан уша даврларни............
Shuni ayting aka.
O‘zimizni tilimizga erk bersak bir kun boshimizga balo bo‘ladi. Bu til suyaksizda shu uchun qaysi tomonga qayrilsak aylanib ketaveradi. Ozgina o‘zimizni hurmatimizni saqlaylik. Bu kanalda opa singillarimiz bor. Shuni o‘ylashimiz kerak.
Super k narxi qachon chiqarkan kimdir biladimi
DUNYO QIROLICHASI 0072
ASSALOMU ALEYKUM YAXSHIMISIZ SIZGA BIR SAVOLIM BOR EDI PEREVOD HAQIDA EDI. PREVODDA YETARLI 66.1 BALDAN KAM BALL TUPLAGAN YOKI BIRON BIR SABABLARGA KURA IMTIHONDA USHTIROK ETOLMAGAN XORIJIY TALABALAR BULAR AVGUST OYIDA IMTIHONGA QATNASHAOLMAGAN YOKI YETAR BALLNI TUPLA OLMAGAN TALABALARGA BIRINCHI SMESTR OXIRIDA YANI QISHDA XAM YANA PEREVOD BULADIMI YOKI PEREVODDA BALI YETMAGAN LARGA QANDAYDIR IMTIYOZLAR BULSAXAM AYTIB UTSANGIZ ILTIMOS.
Baribiram har terimda bir kun bo'lsa ham hashar qilishsa kunduzi yigilishib borib yordam bersak bizayam paxta terimi nima ekanligini bilarmidik☺️
Эльмира Ахмедова
Жуда ёмон кўрардим, пахта мавсумини. Чунки беролмасдим. Талабаликнинг пахта мавсумида жуда қийналардим. Омон омон замонлар келаркан ку мана ўқувчилар ва талабалар учун.
Alisher Yusupov
O'qituvchilar 1 oktabrni dalada kutishardi yana bayram deb nomlanardi. Butun respublika ularni bayramida dam olishsa ular dalada. Paxta orqasidan qancha poraxo'rlik ichkilikbozlik va boshqa illatlar avj olardi. Minglab talabalar paxtadan bir umrlik biror kasallik bilan qaytishgan.
Meni xotiramda eng alamli jihati paxtachi qizlar zo‘r maqtalardiyu a‘lochilar qolib ketardi
Nigora Muhammadjonovna
Men birinchi sinfdan yaʼni1980 yildan boshlab paxtaga chiqqanman
Qator qilib dalaga olib borishar edi.Bir sinfdoshim paxta dalasida uxlab qolgan.Barchamiz uni to tungacha qidirganmiz.Oʻshanda 7 yosh ekanmiz.Hozir eslab yigʻlagim keldi
Nozima Davlatova
Litseyda 1-kurs paytimizda paxtaga olib chiqishgan. O‘shanda bir kursdoshimiz boshqa kursdoshimizga otgan paxta ko‘sagi meni peshonamga tegib yaxshigina ko‘kartirgan. Keyin esa u kursdoshimiz guruh rahbarimizdan kaltak yegan
Paxta davridagi eng qiziq va esda qolarli voqea shu bo‘lgan menda
Shaxnoza
Biza yosh edik Adam nochka ishga ketardila. Onam maktabda o'qituvchi bo'lib ishlaridila. Quyichirchiqqa paxta tergani maktabdan onam ni olib ketishardi.Bolalarim yolgiz qolmasin deb yarim kechasi yetib kelardilar. Tamom
Muxlisa Boyboyeva
Мен хам пахтага борган вактларимни эслагим келмайди. Чунки мактаб бошланиши Билан Бир хафта укиб мажбурий пахтага чикардик хаттоки журналларни хам пахта даласида дам олиш вактида ёзганмиз кечалари кеч колиб кайнонамиздан гап эшитганларим болаларимни богчада колиб кетганлари кеч колганим учун кайнонам овкат килиб еб бизга колдирмай козонни бушатиб куйганлари йиглаб йиглаб курук нон еб ётганларимиз бирортасини эслагим келмайди. Балки миллий бойлигимиз булгандир лекин Ман ёмон кураман. Нафакат манда бу холат жуда куп аёл укитувчиларимиз хаётида булган. Хурматли президентимиздан жуда миннатдорман. Шу кунларга бархам берганлари учун.
Show next 100 comments