Мавзу очилгани учун пахтага оид хотираларим билан ўртоқлашгим келди.

5-синфда - 10 ёшлигимда илк марта пахта теришга чиққанимдан тортиб токи мажбурий меҳнатга қарши курашиш кампаниясида 5 йил ишлагунимгача бўлган воқеаларни ёдга олдим.

Охиридаги фикрларимни эшитиб кўрсангиз, бу мавзуни нима учун кўтарганимни, асосий айтмоқчи бўлган фикрларимни тушуниб оласиз, деган умиддаман.

❓Сизни пахта билан боғлиқ қандай хотираларингиз бор? Изоҳларда биз билан баҳам кўринг.


👉 @xushnudbek 👈

620 comments

Show 100 more comments
Menda eng esda qolgan xotira talabaligimda bir talabani paxta shtabida vafot etgani boʻlgan. Qurib ketsin devdovshina va qurib ketsin majburiy mehnat.
Bir kun keladi, har bir zarrasigacha shu ishni ustida turganlar jazosini oladi.
Ўқувчилик пайтим кузда-пахта,талабалик пайтим кузда -пахта, илк иш фаолиятим - пахта ва у билан боғлиқ машмашалар
Men Sardoba tumanida yashayman. Biz 5-sinfdan 9-sinfgacha paxta terganmiz. Soʻng kollejga oʻqishga kirganimda, maktab oʻquvchilarni paxtaga chiqishi toʻxtatildi. Yana uch yil kollejdan paxtaga chiqdik. Kollejni bitirib, oʻsha yili oliygohga oʻqishga kirdim. Soʻng kollej talabalari paxtaga chiqishi toʻxtatildi. Yana 4 yil paxta terdik. Oliygohni tugatib ishga kirdim. Oʻsha yili oliy talabalari ham paxta terimiga chiqishi toʻxtatildi.
Hozirda 5 yilda buyon maktabda ishlayman. Nihoyat, ollohga ming bora shukur aytaman, shu vaqtgacha hech kim, biror marta paxtaga chiq demadi.
Majburiy mehnatga bosqichma bosqich chek qoʻyilayotganidan hursandman.🙏👍
Yulduz Umrzoqova
Tuflilarda paxta tergan kunlarim ....xayriyat o'tib kettiya lekin yaxshi xotiralar xam booor yo'q emas
Tурдиев Жасур
ишонасилами ман ишхонадан пахта теримига 15 кун бориб бел огригидан кутулганман . уйда эриниб нари борса 10-15 минут машк киласиз пахта теримида 1000мартами 2000мартами мажбуран эгилиб турасиз.шахсан фойдаси шу булган.
MAHBUBA SHOMAMEDOVA
Пахтани чопик килсаларинг Самаркандга айлангани олиб кетаман деб фермер накд 6 гектар ерини чопик килдириб алдаб кетган вактлар булган
Sunnat Amonov
Bizning davrda, dekanimiz bir qiz bola talabaning mazasi qochuvdi. Lekin dekanimiz yaxshi bolasan shu yerda qol degandi. Bir ikki kundan keyin vafot etgandi, bilsak u rahmatlik appenditsid bo'lgan ekan. Mana shunaqa xotoralarimiz bor. Yurganmiz sar son bo'lib, maqsadsiz... Shuning uchun bo'lsa kerak ushandan beri talim sifati past. QS yoki Times Higher Education da na 100 taligida na 500 taligida O'zbekiston oliy talim muassalari bor.
Barachasi ortda qoldi Allohga shukur.
Dilafruz Abdurahimova
Òqishda óqib yurgan paytlarimizdagi atigi 1kun paxtaga chiqqanmiz lekin òsha kun esda qolarli kun bólgan😊😚
Super kantrakt haqida nega ma'lumot yuq haliyam
Hidoyat
Сизларнинг кетингиздан 2000йилдан тугилганларнинг копи пахтага чикган эмас. Рахмат мехнатингиз учун
Gulbahor Rahmonova
Мен ўқувчилигимдан пахта терганман. Мукофотлар ҳам олардим. 1989-йил Наманган пед.институтни тамомлаганман. Ҳозир курсдошларимиз бн тез тез тўпланиб, учрашиб турамиз. Студентликдаги кўп хотираларимиз дала ишлари бн боғлик. Пахтадан декабрь ойи охирида ҳам қайтганмиз пахтадан. Лекин ўша ишларга жалб этилмаганимизда биз курсдошлар шу даражада оқибатли, қадрдон бўлмасдик. Нормадан кўп терган пахтамизни пахтани энди кўриб турган, кам терадиган дугонамизга берардик. Штабга кириб гап эшитмасин, дердик. Уғил болаларимиз пахталаримизни кўтариб тарозига обчиқиб беришарди.
Ҳозир фарзандларим учтаси ОТМларни битиргаг, Қизим талаба. Мен ва курсдошларимиздаги оқибатни кўриб ҳавас қилишади. Айниқса, қизим айрим группадошларини исминиям билмайман, дейди. Жамоа бўлиб меҳнат қилишнинг қандайдир фойдали, креатив усулини топиш керак. Ёшларни меҳнатга ўргатиш керак. Япония ўқувчиларига ўргатилгандек.
Yulduz Umrzoqova
Endi ko'chama ko'cha boģchaga bola tòplashdan ozod bòlsak zora inshaallox umid qilib qolamiz
Лайло Каримовна
Биринчи марта 1994 йилларда 2- синфда укиётган пайтимизда румолга пахта терардик мактабдан чикиб жуда ёш эдик. Мактабни битиргунимизча укитувчилар уйма уй укувчиларни кувиб юрарди чикинглар нормани бажаринглар деб. 2005 йилларда институтда укиб юрган пайтларимиз мазза давр эди
Mexmanov Akmal
Men ham birinchi marta 5-sinfda chiqqandim, hoxishim bilan 😉
😊Gulmira
Eng qizig‘i 1-oktabr o‘qtuvchilar kuni dam olish kuniligini, paxtaga bormaydigan bo‘lgandan so‘ng bildi
Takabaligimda borganman.Mazza edi.Kimni qandayligini bilasan.Kollejda ishlaganimda o'quvchi olib chiqqanman.Mazza edi.To'g'ri o'qituvchiniko'p qiynadi,biroq dalaga ham chiqibo‘turish kerak.Ayniqsa aqliy mehnat bilan shug'ullanuvchilar.Miya dam oladi.
Assalomu aleykum. Paxta muammosi haligacha bor. Masalan zavod fabrikalarda ishlaydigan oddiy ishchilardan majburiy ravishda (oʻz hohishim bilan paxta terish ishlariga roziman) shunday maʼnoda tilxat yozdirib olib agar bormasa har xil bonuslardan maxrum qilish haqida ogohlantirib paxtaga olib ketgan korhonalarham bor edi. Endi mavsum yaqin. Koʻramiz qanday holatlar boʻlar ekan...
Men uchun paxta xayotning senga bogʻliq boʻlmagan mangqurt davri xisoblanadi na maktab na litsey va na oliy taʼlim davridaham, akademik litseyda paxtaga borganman ,ertalabga buxonkani beshdan birini berishardi bir qoshiq shakar bilan qaynab ulgurmagan bir ikki piyola choy,Abetda bir chinikosa ovqat plus buxonkani beshdan biri kechgaham bir chinkosa ovqat plus buxonkaning beshdan biri qismi Jami bir kun davomida bir dona butun buxonka berishmasdi,kamiga shiypon uzoq terim dalasidan 7km yoki undan uzoq 8km bulsa suv yuq bulsa latokdan yoki zovurdan suv tuldirib olib kelishardi chunki taʼmidan va ichidagi oʻtlaridan bilinardi,men uchun manqurtlik sarqiti davrdir!!!!!!!!!!!! Voqealar 2009 va 2010yillarda boʻlgan edi,kamiga Muborakda kupchilikni afgʻon pashshasi yoki pashshaxurda deb ataladigan pashsha chaqgandi kimlardur bir oyga bormay tuzalsa kimlardur 6oylab davolangan,tanada chandiqli asorat qoldiradi
Dilso'z Davletova
1996 yil edi 1kurs edim. Guzapoyalar yigʻib olingandi. Juda sovuq edi. Qor yogʻardi. Qachon tepadan buyruq bulsa uyga ruxsat beramiz deyishgan. Bu Xorazm Yangibozor tumaniga paxta terishga borgandik. Paxtadan nafratlanaman
Show next 100 comments